Ochil Qodirov

Sovet Ittifoqi Qahramoni

Ochil Qodirov (1910-yil, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR1945-yil 13-mart, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi[1], oddiy askar, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945-yil 24-mart)[2].

Ochil Qodirov
Tavalludi 1940-yil
Sebiston qishlogʻi, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 13-mart 1945-yil
Sebiston qishlogʻi, Qoʻshrabot tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari Piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 19411945
Unvoni qizil askar
Harbiy  qism 1348-oʻqchi polki (399-oʻqchi diviziyasi)
Lavozimi pulemyotchi
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Ochil Qodirov 1910-yilda Qoʻshrabot tumanidagi Sebiston qishlogʻida dehqon[3] yoki choʻpon[4] oilasida tavallud topgan[1][2]. Ota-onasidan erta yetim qolgani tufayli akasi Toʻlak Qodirov qaramogʻida katta boʻlgan[4]. 1941-yilda Samarqand viloyati, Mitan tumani harbiy komissariati tomonidan harbiy xizmatga safarbar etilgan[4]. Janubiy, Markaziy, Belorus frontlaridagi janglarda ishtirok etgan. 1-Belorussiya fronti, 48-armiyaning 399-oʻqchi diviziyasi 1348-oʻqchi polki pulemyotchisi. 1944-yil 29-iyunda Mogilyov viloyati, Bobruysk shahri uchun boʻlgan jangda birinchilardan boʻlib, Berezina daryosini kechib oʻtib, askarlar guruhi bilan dushman transheyasiga hujum qilgan. Ushbu jangda shaxsan oʻzi 5 nafar gitlerchini yoʻq qilgan, koʻrsatgan jasorati uchun Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 1944-yil 19-iyulda Belostok (hozirgi Grodno) viloyati, Volkovisskiy tumanidagi Koltuvka qishlogʻi uchun boʻlgan jangda Ochil Qodirov yana birinchilardan boʻlib qishloqqa kirib borgan. Jangda oʻzining avtomati bilan 19 nafar fashist ofitser va askarlarini yoʻq qilib, qishloqni egallashda koʻrsatgan jasorati uchun ikkinchi marotaba Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan[3][4]. 1944-yil 26-avgustda Polshaning Belostok voyevodligi, Ostruv-Mazovetska uyezdidagi (hozirgi Mazovetska voyevodligi, Ostruv poviati) Stok qishlogʻi uchun boʻlgan jangda rotaning chap falangasida joylashgan Qodirov oʻzining pulemyotini orqali piyoda qoʻshinning hujumiga yordam koʻrsatdi. Jangda 15 nafar fashist ofitser va askarlarini yoʻq qilgani uchun " Jasurlik uchun" medali bilan taqdirlanadi. 1944-yil 3-sentyabrda Polshaning Ostruv-Mazovetska uyezdi hududida boʻlib oʻtgan janglarda tank desanti tarkibidagi Qodirov oʻz pulemyoti bilan oʻqchilar rotasining hujumiga yordam bergan[3]. Guri qishlogʻi uchun boʻlgan jangda dushman qarshi hujumga oʻtadi, Qodirov esa toshdan qurilgan omborxonada oʻz pulemyoti bilan 100-150 metr atrofida yaqinlashib kelayotgan oʻziyurar artilleriya moslamalariga qarshi oʻt ochdi. Natijada dushman chekinishga majbur boʻlgan[3][4]. 1944-yil 4-sentyabrda Polshani ozod etishda ishtirok etgan, yaʼni Drozdovo qishlogʻi (Rujan shahrining janubida) yaqinidagi Narev daryosini asosiy qoʻshin kechib oʻtishda Qodirov daryoning gʻarbiy qirgʻogʻida oʻz pulemyoti bilan qoʻshin muhofaza qilib, daryodan kechib oʻtishiga koʻmaklashgan. Qirgʻoqqa yetmasdanoq dushman transheyalariga qarata oʻq uzgan. Ushbu jangda Ochil Qodirov ogʻir jarohat oladi. Yarador boʻlganligi sababli armiya safidan boʻshatilib, oʻz yurtiga joʻnatib yuboriladi[1][3][4].

Vafoti

tahrir

1945-yil 13-martda oʻz qishlogʻi Sebistonda vafot etgan[3][4].

Xotira

tahrir

Oʻzi tugʻilgan qishlogʻida byusti oʻrnatilgan va oʻrta maktabga nomi berilgan[3].

Mukofotlari

tahrir

Ikki marotaba Qizil Yulduz ordeni (1944-yil 23-iyul, 1944-yil 27-iyul), „Jasurlik uchun“ medali (1944-yil 11-sentyabr), Lenin ordeni (1945-yil 24-mart), Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni[5] (1945-yil 24-mart) bilan taqdirlangan[2][3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2   Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 11-jild (Qizilqumit — Hoʻrmuz). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 608-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2   Oʻzbek sovet ensiklopediyasi: 14-jild (Qavchin — Huquq). Toshkent: „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh redaksiyasi, 1980 — 648-bet. 
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 „Кадыров Очил“ (rus tilida). 2022-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 Zinur Bozorov. „Qahramon oʻzbek oʻgloni“. Vatanparvar gazetasi, №9. 13-bet (4-mart 2022-yil). 2022-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.
  5. „Кадыров Очил“ (rus tilida). 2017-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 1-sentyabr.