Plzen (chex. Plzeň, nem. va ingl. Pilsen) – Chexiyadagi shahar, Bero-unka daryosi boʻyida. Aholisi 171 356 kishi (atrofidagi tumanlar bilan 225 000 ga yaqin). Chexiyaning 4-yirik shahri (Praga, Brno va Ostravadan keyin). Mamlakatning yirik transport yoʻllari tuguni va muhim sanoat markazi. Ogir mashinasozlik rivojlangan. AES uchun jihozlar ishlab chiqarish, elektrotexnika, lokomotiv va vagonsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Badiiy galereya bor. Plzenga 1292-yilda asos solingan. 14— 15-asrlarda yirik hunarmandchilik va savdo shahri boʻlgan. 14—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Plzen shahri
Plzen shahri gerbi

Plzen oʻzining "Škoda Holding" avtomobilsozlik sanoati va pivosi (Pilsner Urquell, Gambrinus) bilan tanilgan. Shuningdek, koʻp tarixiy bino va inshootlar mavjud.

Tarixi

tahrir

Tarixiy yodgorliklari

tahrir
  • Shahar markazidagi gotik uslubda 1292-yilga qurilgan Bartolomney cherkovi. Balandligi 102 metr boʻlib, gʻarbiy Chexiyadagi eng baland cherkovdir.
  • 1300-yilda barbo etilgan Frantishkan monastiri
  • Jozef Tyl teatri
  • 1893-yilda qurib bitkazilgan Yahudiy Sinagogasi. Kattaligi boʻyicha dunyoda 3-oʻrinda (Nyu-York va Budapesht sinagogalaridan keyin) turadi.
  • Uzunligi 17,5 km boʻlgan Plzen tarixiy yer osti yoʻllari
  • Gʻarbiy Chexiya muzeyi

Transport tizimi

tahrir

Shaharda markaziy temir yoʻl vokzali bor. Shuningdek, shahar yoʻlovchi tashish transport turlaridan avtobus, trolleybus va tramvay mavjud.

Plzenning mashhur shaxslari

tahrir

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil