Pavel Nedvěd (chexcha talaffuzi: [ˈpavɛl ˈnɛdvjɛt]; 1972-yil 30-avgustda tugʻilgan) – chexiyalik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U oʻz avlodining eng buyuk yarim himoyachilaridan biri va Chexiyada yetishib chiqqan eng muvaffaqiyatli oʻyinchilardan biri sifatida tan olinadi[3]. Italiyaning „SS Lazio“ va „Juventus“ klublari bilan ichki va Yevropada sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Pavel 1999-yilgi Kubok egalari kubogida chempionlikka erishilishida va 2003-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finaliga jamoasini chiqishida katta ishni bajargan.

Pavel Nedvěd
Nedvěd wearing the red shirt, blue shorts and blue socks of the Czech Republic
Nedvěd Chexiya terma jamoasi safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Nedvěd[1]
Tavallud sanasi 30-avgust 1972-yil (1972-08-30) (52 yosh)
Tavallud joyi Cheb, Chexoslovakiya
Boʻyi 1.78 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1977—1985 TJ Skalná
1985-1986 RH Cheb
1986—1990 Škoda Plzeň
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1992 Škoda Plzeň 0 (0)
1990—1992   Dukla Prague 19 (3)
1992—1996 Sparta Prague 97 (23)
1996—2001 Lazio 138 (33)
2001—2009 Juventus 247 (51)
Total 501 (110)
Milliy terma jamoa
1992—1993 Chexoslovakiya U21 7 (0)
1994—2006 Chexiya 91 (18)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Nedvěd Chexiya terma jamoasining asosiy aʼzosi sifatida 1996-yilgi Yevro chempionati finaliga qadar etib borgan. Nedvěd shuningdek, UEFA Yevro-2004 musoboqasida milliy terma jamoa sardori boʻlgan. Nedvěd turnir yakunida musoboqaning ramziy jamoasiga kiritilgan. Bundan tashqari, Nedvěd oʻz jamoasiga Chexoslovakiya davlati parchalanganidan keyin birinchi marta 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatiga chiqishida yordam bergan.

2003-yilda Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritgan Nedvěd Chexoslovakiya parchalanganidan keyin bu sharafni qoʻlga kiritgan ikkinchi chex futbolchisi boʻlgan. Faoliyati davomida Nedvěd boshqa bir qator shaxsiy mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan 2004-yilda Oltin oyoq mukofoti, Chexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (toʻrt marta) va Chexiya oltin toʻpi (olti marta) sohibi boʻlgan. Nedvěd shuningdek, Pele tomonidan eng yaxshi futbolchilar uchun tanlangan FIFA 100 aʼzolaridan biri deb atalgan va 2003, 2004 va 2005-yilgi mavsumlarda UEFA yilning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan. 19 yillik professional faoliyatidan soʻng Nedvěd klublar miqyosida 501 ta oʻyin oʻtkazgan (110 ta gol urgan) va Chexiya terma jamoasi safida 91 marta maydonga tushgan (18 ta gol urgan).

Futbolchilikdan keyingi faoliyati

tahrir
 
Nedvěd 2014-yil xayriya oʻyinida

Direktorlik

tahrir

2010-yil 12-oktyabrda Exor kompaniyasi (Agnelli oilasining sarmoyaviy kompaniyasi) Nedvedni „Juventus“ direktorlar kengashiga nomzod qilib koʻrsatdi[4]. Direktorlar kengashida 2018/2019-yilgi mavsumgacha direktor boʻlib ishlagan[5]. 2015-yil 23-oktyabrda Nedvěd direktorlar kengashi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan[6][7][8].

2022-yil 28-noyabrda „Juventus“ning butun direktorlar kengashi, shu jumladan Nedved ham janjal tufayli oʻz lavozimlaridan isteʼfoga chiqqan[9]. 2023-yil 20-yanvarda Nedvěd Plusvalenza mojarosining bir qismi sifatida kapital daromadlarini buzganligi uchun jazo sifatida Italiya futbolidagi har qanday faoliyatdan sakkiz oyga chetlatilgan[10][11].

Faoliyat statistikasi

tahrir
Manbalar: Liga oʻyinlari, „Yuventus“da Italiya kubogi statistikasi,[12] Yevropa musobaqalari statistikasi[13]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Jamoa Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Dukla Prague 1991-92 Chexoslovakiya birinchi ligasi 19 3 19 3
Sparta Prague 1992-93 Chexoslovakiya birinchi ligasi 17 0 5[lower-alpha 1] 0 22 0
1993-94 Chexiya birinchi ligasi 23 3 4[lower-alpha 2] 0 27 3
1994-95 Chexiya birinchi ligasi 27 6 2[lower-alpha 2] 0 29 6
1995-96 Chexiya birinchi ligasi 30 14 8[lower-alpha 3] 4 38 19
Umumiy 97 23 19 5 0 0 116 28
Lazio 1996-97 Serie A 32 7 3 1 3[lower-alpha 3] 2 38 10
1997-98 Serie A 26 11 6 2 11[lower-alpha 3] 2 43 15
1998-99 Serie A 21 1 4 0 8[lower-alpha 1] 4 1[lower-alpha 4] 1 34 6
1999-2000 Serie A 28 5 6 1 12[lower-alpha 2] 1 1[lower-alpha 5] 0 47 7
2000-01 Serie A 31 9 3 1 10[lower-alpha 2] 3 1[lower-alpha 4] 0 45 13
Umumiy 138 33 22 5 44 12 3 1 207 51
Juventus 2001-02 Serie A 32 4 4 0 7[lower-alpha 2] 0 38 10
2002-03 Serie A 29 9 1 0 15[lower-alpha 2] 5 1[lower-alpha 4] 0 43 15
2003-04 Serie A 30 6 4 0 6[lower-alpha 2] 2 1[lower-alpha 4] 0 34 6
2004-05 Serie A 27 7 1 0 10[lower-alpha 2] 3 47 7
2005-06 Serie A 33 5 4 0 8[lower-alpha 2] 2 1[lower-alpha 4] 0 45 13
2006-07 Serie B 33 11 3 1 36 12
2007-08 Serie A 31 2 2 1 33 3
2008-09 Serie A 32 7 3 0 9[lower-alpha 2] 0 44 7
Umumiy 247 51 22 2 55 12 3 0 327 65
Umumiy faoliyati 501 110 44 7 118 29 6 1 669 147
  1. 1,0 1,1 UEFA Kubogi Gʻoliblari Kubogidagi barcha oʻyin(lar).
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 UEFA Chempionlar Ligasidagi barcha oʻtkazgan oʻyin(lar).
  3. 3,0 3,1 3,2 UEFA kubogidagi barcha oʻtkagan oʻyin(lar).
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Italiya Superkubogidagi ishtiroki
  5. UEFA Superkubogidagi ishtiroki

Xalqaro

tahrir
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollari[14]
Terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Chexiya 1994 1 0
1995 4 0
1996 12 2
1997 10 2
1998 3 1
1999 9 2
2000 10 4
2001 11 4
2002 6 0
2003 8 2
2004 9 0
2005 2 0
2006 6 1
Umumiy 91 18
Hisob va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Chexiyaning gollari soni, hisoblar ustuni Nedvědning har bir golidan keyin natijani koʻrsatadi.
Pavel Nedvěd tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati[14]
Sana Stadion va joy Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 1996-yil 14-iyun Anfield, Liverpool, Angliya   Italiya 1-0 2-1 UEFA Yevro-1996
2 1996-yil 18-sentyabr Na Stínadlech, Teplice, Chexiya   Malta 2-0 6-0 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
3 1997-yil 17-dekabr Qirol Fahd stadioni, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni   Birlashgan Arab Amirliklari 2-0 6-1 1997-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi
4 3-0
5 1998-yil 14-oktyabr Na Stínadlech, Teplice, Chexiya   Estoniya 1-0 4-1 UEFA Yevro-2000 saralashi
6 1999-yil 4-sentyabr Žalgiris Stadium, Vilnyus, Litva   Litva 1-0 4-0 UEFA Yevro-2000 saralashi
7 2-0
8 2000-yil 26-mart Generali Arena, Praga, Chexiya   Isroil 1-0 4-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
9 3-0
10 2000-yil 7-oktyabr Na Stínadlech, Teplice, Chexiya   Islandiya 3-0 4-0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
11 4-0
12 2001-yil 24-mart Windsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya   Shimoliy Irlandiya 1-0 1-0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
13 2001-yil 15-avgust Sportovní areál, Drnovice, Chexiya   Janubiy Koreya 1-0 5-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
14 2001-yil 6-oktyabr Generali Arena, Praga, Chexiya   Bolgariya 2-0 6-0 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
15 6-0
16 2003-yil 2-aprel Toyota Arena, Praga, Chexiya   Avstriya 1-0 4-0 UEFA Yevro-2004 saralashi
17 2003-yil 6-sentyabr Dinamo Stadium, Minsk, Belarus   Belarus 1-1 3-1 UEFA Yevro-2004 saralashi
18 2006-yil 6-iyun Toyota Arena, Praga, Chexiya   Trinidad va Tobago 2-0 3-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar

tahrir
 
Nedvedning Golden Foot mukofotida oyoq izlari tushirilgan sovrini.

Sparta Prague

  • Chexoslovakiya birinchi ligasi gʻolibi: 1992-93
  • Chexiya futbol ligasi gʻolibi: 1993-94, 1994-95
  • Chexiya kubogi sohibi: 1995-96

Lazio[15]

Juventus

Chexiya Respublikasi

Shaxsiy yutuqlar

  • Oltin toʻp (Chexiya): 1998, 2000, 2001, 2003, 2004, 2009[16]
  • Chexiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 1998, 2000, 2003, 2004[16]
  • ESMning yilning eng yaxshi jamoasiga kiritilgan: 2000-01, 2002-03[17]
  • Yilning eng yaxshi sportchisi (Chexiya): 2003
  • Serie Ada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003[18]
  • Serie Ada yilning eng yaxshi chet ellik futbolchisi: 2003[18]
  • Guerin d’Oro: 2003[18]
  • UEFA tasnifi boʻyicha yilning eng yaxshi klubi yarim himoyachisi: 2002-03[19]
  • World Soccer Awards tasnifi boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003[20]
  • Oltin toʻp sohibi: 2003[21]
  • RSSSF tasnifi boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003[22]
  • UEFA tasnifi boʻyicha yilning enga yxshi jamoasi tarkibiga kiritilgan: 2003, 2004, 2005[19]
  • UEFA Evropa chempionatida turnirining eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoaga kiritilgan: 2004
  • Golden Foot sohibi: 2004 [23]
  • FIFA 100 kiritilgan: 2004[24]
  • FAI xalqaro futbol mukofoti – Xalqaro shaxsiyat mukofoti sohibi: 2012
  • Juventus jamoasning barcha davrlarning eng zoʻr oʻntaligiga kiritilgan: 2017[25]

Adabiyotlar

tahrir
  • Nedvěd, Pavel. La mia vita normale: di corsa tra rivoluzione, Europa, e pallone d'oro (it). Torino: ADD Editore, 2010. ISBN 978-8896873090. 
  • Nedvěd, Pavel; Dalai, Michele. Můj obyčejný život: běh od revoluce do Evropy a ke Zlatému míči (cs). Prague: Argo, 2011. ISBN 978-80-257-0401-1. 

Manbalar

tahrir
  1. „Comunicato Ufficiale N. 131“ [Official Statement No. 131] (it). Lega Serie A (2019-yil 23-dekabr). 2021-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr.
  2. „Pavel Nedvěd“. Juventus. 2008-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  3. „Pavel Nedved“. Qaraldi: 2014-yil 21-sentyabr.
  4. „Nedvěd se stal členem představenstva Juventusu Turín“ (cs). Mladá fronta DNES (2010-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 4-yanvar.
  5. „Board of Directors and Control Bodies – Profile: Pavel Nedved“. Juventus F.C.. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  6. Digby, Adam. „Commitment, Passion, Brilliance: The Reasons Pavel Nedved Is so Loved at Juve“. Bleacher Report (2016-yil 30-dekabr).
  7. „Company Profile: Juventus Football Club S.p.A.“. Borsa Italiana (2016-yil 16-iyun). 2019-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  8. „Nedved named Juventus vice president“. Juventus F.C. (2015-yil 23-oktyabr).
  9. „Juventus board members resign in massive shock; Andrea Agnelli and Pavel Nedved out at storied Serie A side“. CBS Sports (2022-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  10. „Inchiesta Plusvalenze: accolto il ricorso della Procura, 15 punti di penalizzazione alla Juventus“ (it). Italian Football Federation (2023-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  11. „Juventus penalized 15 points from Serie A standings; 11 execs banned for mishandling transfer finances“. cbssports.com (2023-yil 20-yanvar).
  12. „Pavel Nedvěd“. myjuve.it (2024-yil 25-noyabr). 2011-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
  13. Haisma, Marcel „Pavel Nedved – Matches in European Cups“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2013-yil 4-iyun.
  14. 14,0 14,1 „Pavel Nedved – International Appearances“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2013-yil 4-mart.
  15. Pavel Nedvěd Soccerway saytida. Retrieved 4 June 2013.
  16. 16,0 16,1 „Nedved wins Czech award“. UEFA.com (2003-yil 13-iyun). Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
  17. Karel Stokkermans. „ESM XI“. RSSSF (2007-yil 14-mart). Qaraldi: 2015-yil 29-noyabr.
  18. 18,0 18,1 18,2 „Italy - Footballer of the Year“. RSSSF. Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  19. 19,0 19,1 „Pavel Nedved“. UEFA.com. Qaraldi: 2015-yil 30-dekabr.
  20. Jamie Rainbow. „World Soccer Awards – previous winners“. World Soccer (2012-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.
  21. Rob Moore; Karel Stokkermans „European Footballer of the Year ("Ballon d'Or")“. RSSSF (2011-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 22-dekabr.
  22. „Rec.sport.soccer Player of the Year 2003“. RSSSF. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  23. „Winners - Golden Foot“. goldenfoot.com. Qaraldi: 2017-yil 14-dekabr.
  24. „Pele's list of the greatest“. BBC Sport (2004-yil 4-mart). Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  25. „#JUVE120 team announced“. juventus.com (2017-yil 24-noyabr). 2018-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-may.

Havolalar

tahrir