Poʻlat Bobojonov
Bobojonov Poʻlat Razzoqovich (Бобожонов Пўлат Раззоқович, 1961-yil 1-yanvar, Bogʻot tumani, Xorazm viloyati) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2017-yil 4-sentyabrdan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri[4]. 2012—2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi[1].
Bobojonov Poʻlat Razzoqovich | |
---|---|
![]() | |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2017-yil 4-sentyabrdan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Abdusalom Azizov[1] |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2012-yil 24-yanvardan – 2017-yil 4-sentabrgacha[2] | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ollobergan Olloberganov |
Vorisi | Ilgizar Sobirov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1961-yil Bogʻot tumani, Xorazm viloyati |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Unvoni | General-leytenant[3] |
2023-yil 18-fevraldan Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi[5].
Biografiyasi
tahrirTaʼlim
tahrir1977-1982 yy. – Toshkent davlat universiteti yuridik fakulteti talabasi.
Mehnat faoliyati
tahrir1982-yilda Harbiy xizmat oʻtagan.
1982—1983-yillarda Gurlan tumani prokurorining yordamchisi vazifasida ish oʻrganuvchi.
1983—1985-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi prokurori.
1985—1991-yillarda Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat boʻlimi boshligʻi.
1991—1992-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumani prokurori.
1992—1996-yillarda Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimining birinchi oʻrinbosari.
1996—1999-yillarda Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari – nazorat inspeksiyasi boshligʻi.
1999—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashkiliy-kadrlar siyosati masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining yetakchi konsultanti.
2000-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashkiliy-kadrlar ishlari boʻyicha davlat maslahatchisi xizmatining hududiy organlar kadrlari bilan ishlash shoʻbasi bosh inspektori vazifasini bajaruvchi.
2000—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
2006—2011-yillarda Jizzax viloyati prokurori.
2011-yilda qisqa muddat Buxoro viloyati prokurori.
2011—2012-yillarda Xorazm viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari.
2012—2017-yillarda Xorazm viloyati hokimi vazifalarida faoliyat olib borgan.
2017-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlamoqda.
2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti[6].
2023-yil 18-fevraldan – Oʻzbekiston Voleybol Federatsiyasi raisi[5].
Vazir sifatidagi faoliyati
tahrirPoʻlat Bobojonov Ichki ishlar vaziri sifatida Oʻzbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratilganligini maʼlum qilgan[7]
Keyingi yillarda tizim faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Shuning barobarida bevosita ichki ishlar organlariga doir 4 ta qonun, 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyishlar, 150 dan ortiq hukumat va idoraviy hujjatlar qabul qilindiki, mazkur huquqiy hujjatlarda belgilangan asosiy norma va vazifalar bugun hayotda oʻz ifodasini topmoqda
— Poʻlat Bobojonov, [8]
2019-yilda Poʻlat Bobojonov Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba Jasliq qamoqxonasidagi mahkumlar soni haqida aniq maʼlumot bergan[9]. Vazirga koʻra, oʻsha vaqtda „Jasliq“ qamoqxonasida 395 nafar mahkum saqlangan.
2020-yil yakunlari boʻyicha hisobotida Poʻlat Bobojonov ichki ishlar tizimida jinoyatchilikka qarshi kurashda raqam ortidan quvish emas, jinoyatchilikning asl sabablarini bartaraf etish orqali fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga asosiy eʼtibor qaratilganligi haqida axborot bergan[10].
Tanqidlar
tahrirPoʻlat Bobojonov 2016-yildan keyin tayinlangan vazirlar orasida OAVdan „uzoq“ vazir sifatida tanqid qilingan[11].
Mukofotlari
tahrir2003-yil 28-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
2024-yil 25-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[12].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Xorazm viloyatiga yangi rahbar tayinlandi
- ↑ Viloyat hokimining biografiyasi
- ↑ Milliy gvardiya qoʻmondoni va Ichki ishlar vaziriga ham yangi harbiy unvonlar berildi
- ↑ „Шавкат Мирзиёев Халқ депутатлари Хоразм вилояти кенгашининг навбатдан ташқари сессиясида нутқ сўзлади“.
- ↑ 5,0 5,1 Poʻlat Bobojonov Voleybol federatsiyasi raisi, Bekmurod Abdullaev esa uning birinchi oʻrinbosari etib saylandi
- ↑ „Федерацию футбола возглавил Умид Ахмаджонов“.
- ↑ „Poʻlat Bobojonov: O‘zbekistonda aholiga yaqindan xizmat koʻrsatadigan tizim yaratildi“ (2019-yil 20-dekabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ https://xabardor.uz/uz/x/938269
- ↑ „Po‘lat Bobojonov «Jasliq»dagi mahkumlar sonini ochiqladi“ (2019-yil 5-avgust). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ilgari jinoyatchilik koʻlamiga raqamlarga qarab baho berar edik, buning ortida inson taqdiri yotganligini unutib qoʻyardik — Poʻlat Bobojonov“ (2021-yil 12-mart). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov nega OAV dan uzoqda?“ (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.