Pyotr Andreyevich Sevastyanov (1887-yil 31-dekabr – 1942-yil 6-may) – sovet harbiy rahbari, Birinchi jahon urushi, fuqarolar urushi (Sharqiy front, Moʻgʻuliston ekspeditsiyasi) va Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. Tank kuchlari general-mayori (1940).

Pyotr Sevastyanov
Tavalludi 31-dekabr 1887-yil
Tula viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 6-may 1942-yil
Toshkent, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari

Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi 19091918

SSSR bayrogʻi SSSR 19181942

Biografiyasi

tahrir

Pyotr Andreyevich 1887-yil 31-dekabrda Tula viloyati, Krapivenskiy tumani, Doljanskiy viloyatining Dolgoye qishlogʻida tavallud topgan (Kireyevskiy tumani, Tula viloyati)[1].

Pyotr 1903-yil Tula shahar maktabining 4 sinfini, 1908-yil Tula diniy seminariyasining 4 sinfini tugatgan[1].

Maʼlumoti: 1915-yilda Chuguyev harbiy bilim yurtini, KUVNAS qoshidagi M. V. Frunze nomidagi Harbiy akademiyani tamomlagan.

Qizil Armiyadagi xizmati

tahrir

Sevastyanov 1921-yil fevraldan 35-piyoda diviziyasining 312-piyoda polkida va 1922-yil oktyabrdan xuddi shu diviziyaning 104-piyoda polkida komandir boʻlib xizmat qilgan (Irkutsk). 1923-yil iyuldan 35-piyoda diviziyasi komandirining yordamchisi boʻlgan.

1923-yil sentyabrdan 81-piyoda diviziyasi (Kaluga) qoʻmondoni yordamchisi va 1924-yil dekabrdan 84-piyoda diviziyasi (Tula) komandirining yordamchisi boʻlib faoliyat olib borgan.

Pyotr Andreyevich 1925-yil sentyabrdan 1926-yil avgustgacha Oliy qoʻmondonlik kadrlari malakasini oshirish kursi tahsil olgan.

1926-yil avgustdan 84-piyoda diviziyasi (Tula) komandirining yordamchisi boʻlib xizmat qilgan[2].

Sevastyanov 1933-yil 29-martdan (va 1940-yil aprel) I. V. Stalin nomidagi Harbiy mexanizatsiya va motorizatsiya akademiyasida ABTV taktika kafedrasi oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[3].

Pyotr vafot etganida I. V. Stalin nomidagi Harbiy mexanizatsiya va motorizatsiya akademiyasi taktika kafedrasi mudiri edi[1]. 1942-yil 6-mayda Toshkentda tifdan vafot etgan.

Mukofotlari

tahrir

Sevastyanov Qizil Bayroq ordeni hamda 1938-yida „Ishxhi-Dehqon Qizil Armiyaning XX yilligi“ medali bilan taqdirlangan.

Xotirasi

tahrir

Pyotrning qabri ustiga qabr toshi oʻrnatilgan.

Jangchi nomi Rossiya Qurolli Kuchlarining Bosh ibodatxonasida abadiylashtirilgan va „Doroga pamyati“ yodgorligida abadiy muhrlangan[4].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Севастьянов Пётр Андреевич“. Танковый фронт: 1939—1945. 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  2. „Постановление СНК СССР № 945 от 04.06.1940“. 2015-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  3. „СЕВАСТЬЯНОВ Пётр Андреевич(1887-1942)“. 2023-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.
  4. „«Дорога памяти»“. 2023-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-yanvar.