Qatagʻon (qabila)
Qatagʻon — oʻzbeklar tarkibidagi yirik qabila. Afgʻoniston shimolida (Qunduz va Toshqoʻrgʻon), Tojikiston (Koʻhitang togʻining sharqiy yon bagʻirlarida, Vaxsh, Surxon, Panj va Yaxsu daryolarining boʻylarida), Oʻzbekiston hududida, asosan, Qashqadaryoning Shahrisabz vohasi (Yakkabogʻ daryosining yuqori oqimi), Buxoro vohasi (Navoiy va Kattaqoʻrgʻon tumanlari), Xorazm, Fargʻona vodiysi va Toshkent vohasida yashashgan. 1924-yilda Oʻzbekiston va Tojikistonda yashovchi qatagʻonlarning umumiy soni 27,2 ming kishi boʻlgan. Fargʻona vodiysi hamda Toshkent vohasida yashagan qatagʻonlar XVIII—XIX asrlarda batamom oʻtroqlashgan. Qatagʻonlar bir necha urugʻlarga boʻlingan. Oʻtmishda chorvachilik bilan shugʻullanishgan, asrlar davomida oʻtroqlashib, dehqonchilik qilganlar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |