Qirgʻizistonlik oʻzbeklar
Oʻzbeklar Ўзбеклар | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
[[Fayl: | ||||||||||||||||||
Umumiy aholi soni | ||||||||||||||||||
999 300[1]. | ||||||||||||||||||
Katta aholiga ega mintaqalar | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Tillar | ||||||||||||||||||
Oʻzbek tili | ||||||||||||||||||
Dinlar | ||||||||||||||||||
islom[2] | ||||||||||||||||||
Qarindosh etnik guruhlar | ||||||||||||||||||
boshqa turkiy xalqlar |
Qirgʻiziston Oʻzbeklari
tahrirQirgʻiziston Oʻzbeklari aholining koʻpligi boʻyicha ikkinch oʻrnni egallaydi.
Tarixi
tahrirOʻzbeklar Qirgʻizistoning asosan janubiy qismlarida azaldan yashab kelgan. Tarixda janubiy qirgʻizistoning siyosiy iqtisodi, madaniy sohalarida oʻzbeklar katta oʻrin tutgan. Oʻshning 3000 yillik tarixini oladigan boʻlsak har bir davrda oʻz oʻrniga ega. Miloddan keyingi arablarni olamizmi yoki Temuriylar davlatini olamizmi, Qoraxoniylar davrini olamizmi Qoʻqon xonligini. Oʻzbeklarning bu yerdagi tarixiy meʼmoriy obidalari talaygina yaqin tarixdagi oʻzbek halqining qahramoni shox va shoir davlat arbobi Zahiriddin Muhamad Bobur Oʻsh shahri markazidagi sulaymon togʻining choqqisiga oʻzining hujrasini bunyod qilgan va Oʻsh shahriga tez-tez kelib turgan. Bu yerda ijod ham qilgan oʻzining „Boburnoma“ asarida shunday deydi Oʻsh shahri Andijondan 40 charirim uzoqlikda joylashgan shahar aholisi mehmon doʻst, savdogor, hunarmand deydi. Oʻsh aholisining milliy tarkibi haqida lom-lum demaydi chunki bunga hojad boʻlmagan Andijon aholisi singari hammasi oʻzbeklar boʻlgan negaki Boburni hechqanday toʻaqinliklarsiz kutib olgan va hechqanday ixtiloflar boʻlmagan. Bobur etti uhlab tushiga kirmagan hozirgi holatlar oʻzbeklarning boʻlinib ketishi.
Yaqin tarix
tahrir1924-yili ruslar hozirgi Qirgʻizistonni egalab olishgan u davrda janubiy Qirgʻiziston Qoʻqon xonligiga qarashli boʻlgan, ruslarning olib borgan statitikasiga qaraganda birgina Oʻsh shahrining aholisi 90 % oʻzbeklar, qolgani ruslar boʻlgan.
Hududiy bolinishi
tahrirHozirgi kunda Qirgʻizistonda 1 000 000 yaqin Oʻzbeklar yashaydi
- 1959 218,6 ming (10,6 %)[3]
- 1970 332,6 ming (11,3 %)[4]
- 1979 426,2 ming (12,1 %)[5]
- 1989 550,1 ming (12,9 %)[6]
- 1999 665,0 ming (13,8 %)[7]
- 2009 768,4 ming (14,3 %)[7]
- 2022 999,3 ming (14.4%)[8]
1-yanvar 2016-yil holatiga oʻzbeklar soni 878 ming 615 odamni tashkil etgan. Oʻzbeklar Qirgʻiziston aholisining 14,6 foizini tashkil etgan[9].
1-yanvar 2018-yil holatiga oʻzbeklar soni 918 ming 262 odamni tashkil etgan. Oʻzbeklar Qirgʻiziston aholisining 14,7 foizini tashkil etgan[10].
Madaniyati
tahrirQirgʻizistondagi oʻzbeklarning madaniyati oʻchogʻi bu 1914-yili Rahmonberdi Madazimov tomonidan tashkil etilgan Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatridir.
Qirgʻzistonda tavallud topgan taniqli oʻzbeklar
tahrir- Alihontoʻra Sogʻuniy — Sharqiy Turkistonning birinchi Prezidenti.
- Rahmonberdi Madazimov (1875—1933) — Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari, yozuvchi.
- Oʻrinboy Rahmonov (1910—1980) — Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi, artist va shoir
- Boltihoji Sultonov (1884-1919) — Qirgʻizistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Oʻsh uezdi rahbari oʻrinbosari (1918-1919), Janubiy Qirgʻizistonda sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash rahbarlaridan biri, Oʻsh shahar militsiyasining asoschisi va birinchi boshligʻi (5-fevral 1918-yil).
- Joʻraxon Rahmonov (1918—1977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Vatan urushi ordeni sohibi.
- Azizullo Izzatullayev (1925 — 1991) — Oʻzbekistonning davlat va jamoat аrbobi, Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1962-1983-yillar), „Vatan urushi“ va „Hurmat belgisi“ ordenlari sohibi.
- Davlatbek Rahmonov (1949 — 2006) — Oʻzbekiston prokuraturasi tizimi xodimi, Andijon viloyati prokurori yordamchisi va jamoat аrbobi, Andijon tumani Kengashi deputati, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash olib borgan va qurboni boʻlgan.
- Sultonov Muxtor Nasrullayevich (1926—1998) — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari (1979-1985), (1989-1991), militsiya general-mayori, 20 dan oshiq orden va medallar bilan taqdirlangan.
- Darvishbek Rahmonov (1952) — Toshkent viloyati "Qaldirgʻoch" namunali sirk truppasi asoschisi, tashkilotchisi, badiiy rahbari, Oʻzbekistonning taniqli sirk sanʼati аrbobi, Shuhrat medali sohibi.
- Alouddin Mansur — Qurʼonni oʻzbek tiliga izoh berib tarjima qilgan islomshunos.
- Solijon Sharipov — birinchi oʻzbek fazogiri.
- Orzubek Nazarov — bokser, 7 karra jahon chempioni.
- Dildorbek Rahmonov — (1941) — Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining artisti, jurnalist va shoir[11][12].
- Azimjon Asqarov — inson xuquqlari himoyachisi.
- Mavluda Asalxoʻjayeva — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼatkor
- Shavkat Rahmon — Oʻshlik Oʻzbek shoiri
- Tursunboy Adashboyev — Ozbek shoiri va tarjimon
- Mirsaid Mirrahimov — Oʻzbek qardiologi.
- Nasimiy Rahmonov — (1978) — „Aziya“ MChJ bosh direktori, Respublika Saxa (Yakutiya), Neryungri shahrining „Churapchi“ bozorining direktori, huquq himoyachisi, Neryungri tumani oʻzbek diasporasining rahbari[13].
- Alisher Soipov (1981—2007) — taniqli jurnalist, Ozodlik, BBC radiolarining muhbiri. Amerika Ovozi radiosining Markaziy Osiya boʻyicha yetakchi muxbiri. „Siyosat“ gazetasi hamda „Fargʻona“ informatsion saytining oʻzbek ximati bosh redaktori.
- Dostonbek G'aribiy (1994 - yil) – Qirg'izston o'zbeklari ichidagi qalami o'tkir yosh shoirlardan. Hozirda youtube tarmog'ida faoliyat yuritadi [[1]]
Adabiyotlar
tahrirQirgʻizistonlik oʻzbeklar — maqola Katta Sovet Ensiklopediyasidan.
- Большая советская энциклопедия v 30-ti tomax, 3 izdanie, gl. red. A.M. Proxorov, M.: Sovetskaya Ensiklopediya Москва, 1969—1978.
- „Geroi sotsialisticheskix poley“. — Москва, 1957
- „Geroi Sotsialisticheskogo Truda“: bibliogr. slov. T.1. — Москва, 2007.
- Muzalevskiy M.V. Geroi Sotsialisticheskogo Truda. Bibliograficheskiy slovar. — M.: RITs „Kavaler“, 2008. — T. 2. — 200 s.
- „Kirgizstan“ uluttuk ensiklopediyasi: Bashki red. Asanov Ү. A. K 97. B.: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, Бишкек.
- Borbugulov M., Osh oblasti ensiklopediyasi, Frunze, 1989.
- "Хлопкороб Алля Анаров". Москва: Сельхозгиз, 1959. (rus.)
- Герои социалистического труда Киргизстана. Ош: "Киргизстан", 1966. (rus.) i (qirgʻ.)
- Очерки языковой практики в Киргизии. Фрунзе: Илим, 1989 — 18, 20, 68-bet. (rus.)
- Языковая жизнь Киргизии: функциональная дистрибуция языков. Фрунзе: Илим, 1990 — 35-36, 62-bet. (rus.)
- Русский язык как этнокоммуникативный компонент дву- и многоязычия в Кыргызстане. Бишкек: КРСУ, 2003 — 12, 60-61-bet. (rus.)
- Ферганская долина: этничность, этнические процессы, этнические конфликты. Москва: "Наука", 2004 — 21, 46, 83-bet. (rus.)
- "Во имя процветания Кыргызстана" Энциклопедическое издание о выдающихся узбеках Кыргызстана. Ош: "Ризван", 2017. (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) UDK 351/354. BBK 66,3 (2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
- http://www.stat.kg/ru/opendata/category/312/
Manbalar
tahrir- ↑ [http:http://www.stat.kg/ru/opendata/category/312/ Национальный состав населения]
- ↑ MAPPING THE GLOBAL MUSLIM POPULATION, Page 17 (PDF), 19-may 2011-yilda asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 19-yanvar 2016-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1959 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po respublikam SSSR Демоскоп Weekly
- ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1970 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po respublikam SSSR Демоскоп Weekly
- ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1979 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po respublikam SSSR Демоскоп Weekly
- ↑ Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1989 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po respublikam SSSR Демоскоп Weekly
- ↑ 7,0 7,1 Natsionalniy sostav naseleniya Kirgizii po perepisyam 1999 i 2009 i po otsenke na nachalo 2010 i 2011 (Wayback Machine saytida 13-noyabr 2013-yil sanasida arxivlangan) Natsionalniy statisticheskiy komitet Kirgizskoy Respubliki
- ↑ „Национальный состав населения Кыргызстана“.
- ↑ Qirgʻiziston etnik tarkibi: ruslar kamaymoqda, oʻzbeklar koʻpaymoqda, 4-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 4-iyun 2016-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Chislennost postoyannogo naseleniya Kirgizskoy Respubliki po otdelnim natsionalnostyam v 2009-2018 gg.
- ↑ Aktyorskaya dinastiya, 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 3-fevral 2015-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Personi Tsentrazii
- ↑ Personi Tsentrazii
Havolalar
tahrir- Demograficheskie tendensii, formirovanie natsiy i mejetnicheskie otnosheniya v Kirgizii
- Alla Anarov
- Natsionalniy sostav naseleniya Kirgizstana 2012-2016 godi
- Uzbeki Kirgizstana
- Etnicheskiy sostav Kirgizstana: russkix stanovitsya menshe, uzbekov — bolshe
- Kratkiy statisticheskiy spravochnik „Kirgizstan“