Qiyot
Qiyot — oʻzbek urugʻlaridan biri; XI—XII asrlarda Moʻgʻulistonda yashab koʻchmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.
XIII asrda qiyotlar Chingizxon yurishlarida ishtirok etganlar va XIII asr boshida Joʻjixon bilan Dashti Qipchoqqa keladilar. Oltin Oʻrda yemirilgach, XV asrda qiyotlar, Abdulxayrxon tuzgan Oʻzbek ulusi davlatiga kiradilar. Keyin qiyotlarni bir qismi Shayboniyxon bilan Movarounnahrga, qolgan qismi Elbarsxon bilan Xorazmga koʻchib oʻtishadi. Qiyotlar Buxoro va Xiva xonliklarida yuqori mansablarni egallashgan. Xorazmdagi qiyotlarni bir qismi qoraqalpoqlar tarkibiga kirganlar, Qiyotlar 3 ga boʻlingan: uch tamgʻali, taroqli, bolgʻali. Qashqadaryoning yuqori oqimi, Xorazm va Buxoro vohalari, shuningdek, Zarafshonning oʻrta oqimida qiyotlar XIX asr oxirlarida, XX asrning boshlarida, asosan, oʻtroqlashib, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Xorazmdagi qiyotlar XVII asr oxiri XVIII asr boshida Xorazmning gʻarbi-shimoli tomoniga chiqib yashaydi. Bu qiyotlar qoraqalpoq qiyotlari deyilgan. XVII asr oxirida Xorazm xonligining urush aslaha vaziri Qoraxon qiyot oʻgʻli Jolmatning qilmishi sababli Xorazmdan surigun qilinadi. Qoraxon qiyot oilasi va 3 oʻgli bilan Amudaryo orqali sharqqa tomon yoʻl oladi. Amudaryo shoxchasi Kofarnihon daryosi yoqasidagi Qabodiyon bekligiga kelib qolishadi.
Adabiyotlar
tahrir- Shoniyozov Karim, Oʻzbek xalqining shakllanishi jarayoni, T., 2001.