Qutbiddin Burxonov

oʻzbekistonlik senator va general

Qutbiddin Nukriddinovich Burxonov (1947-yil 14-dekabr, Andijon) – oʻzbekistonlik yurist, pedagog va davlat arbobi, general-mayor. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi[1].

Qutbiddin Nukriddinovich Burxonov
Кутбидин Нукритдинович Бурхонов
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi
Mansab davri
2020-yil 20-yanvardan – hozirgacha
Oʻtmishdoshi Qodir Joʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-dekabr 1947-yil (1947-12-14) (76 yosh)
Andijon
Siyosiy partiyasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni
Vebsayti senat.uz/senators/30
Unvoni General-mayor

Biografiyasi

tahrir

1965—1969 – Andijon shahridagi 162-sonli qurilish tresti ishchisi, uchastka mexanigi.

1969—1973 – Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi[2].

1973-yildan 1992-yilgacha Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida tergov boʻlimi tergovchisi lavozimidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – tergov boʻlimi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlagan[3].

1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshligʻi[4].

1993—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.

1997-yil sentyabrda nomaʼlum sabablarga koʻra egallab turgan lavozimidan boʻshatilgan. Keyinchalik, 20 yil davomida oliy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyatini olib borgan.

2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi etib tayinlandi[5].

2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga oʻtib, bir yil davomida yuristlar malakasini oshirish instituti direktori boʻlgan.

2020-yil 20-yanvar kuni Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Senatning mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi etib saylangan.

2023-yilda Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha komissiya aʼzosi boʻlgan[6].

2023-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashining aʼzosi[7]

1992-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan.

2020-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[8].

Manbalar

tahrir