Quyonsuyak
Quyonsuyak — dukkakdoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxt. Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoda, Gʻarbiy Sibirning jan.-gʻarbida va Xitoyda tarqalgan. Oʻzbekistonda Qizilqum choʻlida, Buxoro viloyatida, Qoraqalpogʻistonning qumli yerlarida oʻsadi. Ildizi oʻqildiz. Boʻyi 0,5–3 m. Daraxtining boʻyi 8 m ga yetadi. Novdalari ingichka, osilib turadi. Barglari yaltiroq-kumushrang, mayin, uz. 2 — 3 sm. Gullari havorang, xushboʻy, shingillarga yigʻilgan. mevasi 2—3 dukkak. Yogʻochidan har xil buyumlar tayyorlanadi, ildizidan boʻyoq olinadi va koʻchma qumlarni mustahkamlash maqsadida ekiladi. Oʻtin sifatida foydalaniladi. Ildizidan koʻpayadi. 25—30 yil yashaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |