Rivojlangan mamlakat

rivojlangan sanoat va yetakchi infratuzilmaga ega mamlakat

Rivojlangan mamlakat (yoki yuqori daromadli mamlakat[3][4]) — nisbatan kam rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirilganda iqtisodiy hayot darajasining ancha yaxshiligi, yuksak taraqqiy qilgan iqtisodiyot sohibi ekanligi va texnologik jihatdan ilgʻor infratuzilmaga egaligi bilan ajralib turadigan suveren davlat. Odatda, iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash mezonlari yalpi ichki mahsulot (YaIM), aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad, sanoatlashuv darajasi, infratuzilmaning yaxshi yoʻlga qoʻyilgani va umumiy turmush darajasiga koʻra belgilanadi[5]. Shunga qaramay, rivojlanganlik darajasini belgilashda qaysi mezonlar qoʻllanishi va qaysi mamlakatlarni sanoatlashgan deb tasniflash mumkinligi borasidagi bahslar hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning turli taʼriflari Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki tomonidan eʼtirof etiladi, bundan tashqari, Inson taraqqiyoti indeksi reytingi oʻzida oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi, taʼlim va aholi jon boshiga daromadning umumiy indeksini aks ettirgani uchun rivojlangan davlatlarga baho berishda asosan shu kriteriyalar hisobga olinadi. Rivojlangan mamlakatning yana bir keng tarqalgan oʻlchovi bu aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning eng kamida 22 000 AQSh dollari boʻlishi kerakligidir. 2023-yil hisob-kitoblariga koʻra 37 ta mamlakat asosiy toʻrtta mezon talablariga toʻgʻri kelgan boʻlsa, qolgan 16 ta davlat toʻrt mezondan uchtasiga mos kelgan.

  Rivojlangan mamlakatlar yoki shaharlar (XVJ)
  Maʼlumot mavjud emas

XVJ[1] va BMT[2] maʼlumotlari boʻyicha mamlakatlar tasnifi koʻrsatilgan jahon xaritasi (oxirgi yangilangan sanasi: 2023-yil aprel). Ushbu tasnif sxemasiga koʻra, „rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlar“ koʻk rangda koʻrsatilgan. Xaritada Jahon banki tasniflari mavjud emas.

Odatda rivojlangan mamlakatlarning postindustriyadan keyingi iqtisodiyotlari rivojlangan boʻladi. Bunda xizmat koʻrsatish sohasi yalpi ichki mahsulotga sanoat sektoriga qaraganda koʻproq daromad keltiradi. Rivojlangan mamlakatlar sanoatlashtirish jarayonida boʻlgan yoki sanoatlashtirishdan oldingi mamlakatlar bilan, baʼzilari eng kam rivojlangan mamlakatlar toifasiga kiritilishi mumkin boʻlgan, deyarli toʻliq agrar boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar bilan taqqoslanadi. 2023-yildagi XVJ maʼlumotlariga koʻra, rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti nominal qiymatlar boʻyicha jahon yalpi ichki mahsulotining 57,3 foizini va xarid qobiliyati pariteti (PPP) boʻyicha jahon yalpi ichki mahsulotining 41,1 foizini tashkil qilgan[6].

Taʼrifi va mezonlari

tahrir
 
UNCTAD aʼzolari klassifikatsiyasi:
  A roʻyxat
  B roʻyxat; Asosan rivojlangan mamlakatlardan iborat
  C roʻyxat
  D roʻyxat
  Nomaʼlum

Biror davlatning rivojlanganlik darajasini aniqlash jarayonida olib borilgan muhokamalar davomida ijtimoiy omillardan koʻra koʻproq aniq iqtisodiy mezonlar hisobga olinishi borasidagi qarashlar ustunlik qiladi. Bunday mezonlardan biri aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromaddir; aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsuloti (YaIM) yuqori boʻlgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlar sifatida qabul qilinadi. Yana bir iqtisodiy mezon — sanoatlashuv; iqtisodiyotida sanoatning uchinchi hamda toʻrtinchi tarmoqlari hukmron boʻlgan mamlakatlar odatda rivojlangan mamlakatlar sifatida qabul qilinadi. Yaqin vaqtlardan boshlab yana bir koʻrsatkich, yaʼni iqtisodiy koʻrsatkichlar, milliy daromad va boshqa koʻrsatkichlar, shuningdek, oʻrtacha umr koʻrish va taʼlim tizimi holatini umumlashtirgan Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) darajasi ham keng qoʻllanila boshlandi. Bu mezon rivojlangan mamlakatlarni juda yuqori inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan davlatlar sifatida belgilaydi. Biroq, indeks bir qancha omillarni, masalan, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sof boylik yoki mamlakatdagi tovarlarning nisbiy sifatini hisobga olmaydi. Bu holat G7 aʼzolari va boshqa shu kabi eng ilgʻor mamlakatlarning reytingini pasaytirib yuboradi[7][8].


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika boʻlimi maʼlumotlariga koʻra:

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga oid „rivojlangan“ va „rivojlanayotgan“ mamlakatlar yoki davlatlarning darajasini belgilash boʻyicha oʻrnatilgan biror konvensiya mavjud emas[9].

Va shu taʼkidlanadi:

Davlatlatlarni „Rivojlangan“ va „rivojlanayotgan“ tarzda ajratish faqatgina statistik darajadagi ahamiyatga ega boʻlib, rivojlanish jarayonida maʼlum bir mamlakat yoki hududga nisbatan hech qanday xulosani ifodalamaydi[10].

Shunga qaramay, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi ushbu tasnifni qoʻllashda davom etish mumkin deb hisoblaydi:

Rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlar qatoriga Shimoliy Amerika, Yevropa, Isroil, Yaponiya hamda Koreya Respublikasi, shuningdek, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiradi[11].

Shu kabi atamalar

tahrir

Rivojlangan mamlakat konsepsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan atamalar qatoriga „yetakchi mamlakat“, „sanoatlashgan mamlakat“, „ilgʻor mamlakat“ (MDC), „iqtisodiy jihatdan yuksak taraqqiy etgan mamlakat“ (MEDC), „Global Shimoliy mamlakat“, „birinchi dunyo mamlakati“ va „postindustrial mamlakat“ kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Sanoatlashgan mamlakat atamasi biroz mavhum atama sanaladi. Chunki sanoatlashuv tinimsiz davom etadigan jarayon boʻlib, uni aniqlash qiyin kechadi. Dastlabki sanoatlashgan mamlakat Buyuk Britaniya, keyingisi esa Belgiyadir. Keyinchalik sanoatlashuv Germaniya, AQSh, Fransiya va boshqa Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida davom etdi. Jeffrey Sachs kabi baʼzi iqtisodchilar fikriga koʻra, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat oʻrtasidagi mavjud tafovut asosan XX asrda yuz bergan hodisadir[12].

Mathis Wackernagel mamlakatlarni ikki toifaga ajratishni „na tavsiflovchi, na tushuntiruvchi“ deb ataydi. Haqiqatda ikki xil emas, balki 200 dan ortiq mamlakat mavjud boʻlib, ularning barchasi bir xil tabiat qonunlariga duch keladi, ammo har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega[13].

2021-yilgi tahlilga binoan rivojlanayotgan bozor maqomidan chiqib ketgan, ammo hali rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetmagan bozorlar, iqtisodiyotlar yoki mamlakatlarni tavsiflash uchun rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoʻshilayotgan atamasini qoʻllash taklif etildi[14]. Rivojlanayotgan mamlakatlarning bozorlaridagi transmilliy korporatsiyalari chet el bozorlarida ham faoliyat olib bormoqda va xorijiy mamlakatlardan bilim olishning o‘ziga xos noyob usullarini namoyon etmoqda.

Turli mezonlar boʻyicha roʻyxatlangan iqtisodiyotlar

tahrir

Inson taraqqiyoti indeksi (ITI)

tahrir
 
Inson taraqqiyoti indeksi toifalarini ifodalovchi dunyo xaritasi (2021-yil maʼlumotlari asosida, 2022-yilda nashr etilgan)
  Juda yuqori
  Yuqori
  Oʻrtacha
  Past
  Maʼlumot yoʻq
 
Inson taraqqiyoti indeksi ballari boʻyicha mamlakatlar yoki hududlarning jahon xaritasi (2021-yil maʼlumotlari asosida, 2022-yilda chop etilgan)
  ≥ 0.950
  0.900–0.950
  0.850–0.899
  0.800–0.849
  0.750–0.799
  0.700–0.749
  0.650–0.699
  0.600–0.649
  0.550–0.599
  0.500–0.549
  0.450–0.499
  0.400–0.449
  ≤ 0.399
  Maʼlumot yoʻq

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti indeksi iqtisodiyotning inson taraqqiyotiga taʼsiri darajasini oʻlchaydigan statistik koʻrsatkichdir. Inson taraqqiyoti indeksida yuqori ballga ega boʻlish va farovon iqtisodiyot oʻrtasida kuchli bogʻliqlik mavjud boʻlsa-da, BMTning taʼkidlashicha, mamlakatda Inson taraqqiyoti indeksi daromad yoki unumdorlikdan koʻra muhimroqdir. Aholi jon boshiga YaIM yoki aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromaddan farqli oʻlaroq, Inson taraqqiyoti indeksi daromadning „taʼlim va sogʻliqni saqlash imkoniyatlariga, shu bilan birga inson taraqqiyotining yuqori darajalariga“ qanday aylanishini hisobga oladi.

1990-yildan beri Norvegiya (2001—2006, 2009—2019), Yaponiya (1990—1991 va 1993), Kanada (1992 va 1994—2000) va Islandiya (2007—2008) Inson taraqqiyoti indeksi boʻyicha eng yuqori ballga ega boʻlgan mamlakatlar hisoblanadi.

2021-yilda 1 dan 66 gacha boʻlgan quyidagi mamlakatlar „inson taraqqiyoti juda yuqori“ mamlakatlar qatoriga kirgan[15]:

Inson taraqqiyoti indeksi boʻyicha mamlakatlar jadvali
Oʻrin Mamlakat/hudud ITI
2021-yil maʼlumotlari (2022-yil hisoboti)[15] 2015-yildan beri oʻzgarish[16] 2021-yil maʼlumotlari (2022-yil hisoboti)[15] Oʻrtacha yillik oʻsish (2010—2021)[16]
1    Shveysariya 0.962   0.19%
2   Norvegiya 0.961   0.19%
3   Islandiya 0.959   0.56%
4   (3)   Hong Kong 0.952   0.44%
5   (3)   Avstraliya 0.951   0.27%
6   Daniya 0.948   0.34%
7   (2)   Shvetsiya 0.947   0.36%
8   (6)   Irlandiya 0.945   0.40%
9   (5)   Germaniya 0.942   0.16%
10   (1)   Niderlandiya 0.941   0.24%
11   Finlandiya 0.940   0.29%
12   (1)   Singapur 0.939   0.29%
13   (2)   Belgiya 0.937   0.25%
  (3)   Yangi Zelandiya   0.15%
15   (2)   Kanada 0.936   0.25%
16   (1)   Lixtenshteyn 0.935   0.22%
17   (3)   Lyuksemburg 0.930   0.18%
18   (3)   Birlashgan Qirollik 0.929   0.17%
19   Yaponiya 0.925   0.27%
  (3)   Janubiy Koreya   0.35%
21   (3)   AQSh 0.921   0.10%
22   Isroil 0.919   0.25%
23   (4)   Malta 0.918   0.58%
  (1)   Sloveniya   0.28%
25   (4)   Avstriya 0.916   0.14%
26   (9)   Birlashgan Arab Amirliklari 0.911   0.80%
27   Ispaniya 0.905   0.38%
28   (3)   Fransiya 0.903   0.27%
29   (3)   Kipr 0.896   0.41%
30   (1)   Italiya 0.895   0.13%
31   (2)   Estoniya 0.890   0.30%
32   (6)   Chexiya 0.889   0.20%
33   (2)   Gretsiya 0.887   0.19%
34   (1)   Polsha 0.876   0.37%
35   (3)   Bahrayn 0.875   0.73%
  (1)   Litva   0.35%
  (2)   Saudiya Arabistoni   0.64%
38   (2)   Portugaliya 0.866   0.40%
39   (1)   Latviya 0.863   0.42%
40   (6)   Andorra 0.858   0.11%
  (5)   Xorvatiya   0.40%
42   (1)   Chili 0.855   0.46%
  (1)   Qatar   0.23%
44 NA   San Marino 0.853 NA
45   (5)   Slovakiya 0.848   0.09%
46   (1)   Vengriya 0.846   0.20%
47   (4)   Argentina 0.842   0.09%
48   (6)   Turkiya 0.838   1.03%
49   (3)   Montenegro 0.832   0.27%
50   (1)   Quvayt 0.831   0.20%
51   (3)   Bruney 0.829   0.01%
52   (2)   Rossiya 0.822   0.29%
53   (4)   Ruminiya 0.821   0.16%
54   (3)   Ummon 0.816   0.32%
55   (2)   Bagamalar 0.812   0.00%
56   (4)   Qozogʻiston 0.811   0.51%
57   (2)   Trinidad va Tobago 0.810   0.23%
58   (4)   Kosta Rika 0.809   0.43%
  Urugvay   0.25%
60   (3)   Belarus 0.808   0.21%
61   Panama 0.805   0.37%
62   (1)   Malayziya 0.803   0.39%
63   (7)   Gruziya 0.802   0.50%
  (2)   Mavrikiy   0.55%
  (4)   Serbiya   0.41%
66   (6)   Tailand 0.800   0.75%

Yuqori daromadli iqtisodiyotlar

tahrir

Rivojlangan mamlakatlar roʻyxatini tuzgan institutlar quyidagilardir: BMT (yuqorida koʻrsatilgan roʻyxat), Markaziy razvedka boshqarmasi[17] va fond bozori indekslarining baʼzi provayderlari (FTSE Group, MSCI, S&P, Dow Jones, STOXX va boshqalar)[18].

Biroq, boshqa koʻplab institutlar ham rivojlangan mamlakatlarni muhokama qilgan holda koʻplab umumiy roʻyxatlarni yaratdilar[19]. Masalan, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) 39 ta „yetakchi iqtisodiyotli mamlakatlar“ni aniqlagan[20]. OECDning 37 ta aʼzosi „rivojlangan mamlakatlar klubi“ sifatida tanilgan[21][22][23]. Jahon banki 81 ta „yuqori daromadli mamlakatlar“ni aniqlagan[24]. Yuqori darajada rivojlangan va nufuzli mamlakatlarni tasniflash uchun 30—50 Club (jon boshiga yalpi ichki mahsulot 30 000 dollardan va aholi soni 50 milliondan ortiq) kabi boshqa standartlar ham ishlab chiqilgan.

Jahon bankining yuqori daromadli iqtisodiyoti

tahrir
 
Jahon banki tomonidan tasniflangan dunyoning yuqori daromadli iqtisodiyotlarini ko'rsatadigan xarita (2023).

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, quyidagi 83 ta mamlakat va hududlarning iqtisodiyoti „yuqori daromadli iqtisodiyotlar“ deb tasniflangan. 2024-moliya yili holatiga koʻra, 2022-yilda aholi jon boshiga YaIM 13 845 AQSh dollari yoki undan koʻp boʻlgan mamlakatlar yuqori daromadli iqtisodiyotga ega hisoblanadi[25].

Yevropadagi 37 ta davlat va hududlar:

Amerikadagi 22 ta davlat va hududlar:

Osiyodagi 15 ta davlat va hududlar:

Okeaniyadagi 8 ta davlat va hududlar:

Afrikadagi 1 ta davlat:

8 ta sobiq yuqori daromadli iqtisodiyotli davlatlar[26]:

*1994 va 2009-yillar oraligʻida   Niderlandiya Antillarining bir qismi sifatida

#2010-yil 10-oktyabrda tarqatib yuborilgan, uning oʻrniga Kyurasao va Sen-Marten kelgan

Yuqori daromadli OECD aʼzolari

tahrir

Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, quyidagi 34 ta aʼzo „OECDning yuqori daromadli“ mamlakatlari deb tasniflanadi[27][28]:

Yevropadagi 26 ta davlat:

Amerikadagi 3 ta davlat:

Osiyodagi 3 ta davlat:

Okeaniyadagi 2 ta davlat:

Rivojlanishga koʻmaklashish qoʻmitasi aʼzolari

tahrir
 
Rivojlanishga koʻmaklashish qoʻmitasiga aʼzo davlatlar

Rivojlanishga koʻmaklashish qoʻmitasida (DAC) dunyoning yirik donor davlatlari guruhi hisoblanuvchi[29] 29 ta OECDga aʼzo davlatlar va Yevropa Ittifoqi rivojlanayotgan mamlakatlarda rivojlanishga yordam berish va qashshoqlikni kamaytirish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qiladi[30]. Quyidagi OECDga aʼzo davlatlar DACning ham aʼzolaridir:

Yevropadagi 23 ta davlat:

Amerikadagi 2 ta davlat:

Osiyodagi 2 ta davlat:

Okeaniyadagi 2 ta davlat:

XVJ maʼlumotlariga binoan yetakchi iqtisodiyotli mamlakatlar

tahrir
 
  XVJ tomonidan yetakchi iqtisodiyotiyotga ega deb tavsiflangan mamlakatlar

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining maʼlumotlariga koʻra, 41 ta mamlakat va hududlar rasman „yetakchi iqtisodiyotli mamlakatlar“ roʻyxatiga kiritilgan[1][31]. Bunga qo‘shimcha ravishda, Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan o‘zgartirilgan 7 ta mikrodavlat va qaram hududlar ham qo‘shilgan bo‘lib, ular XVJ versiyasidan tushirib qoldirilgan edi[17]:

XVJ tomonidan tasniflangan Yevropadagi 29 ta davlat va qaram hududlar, 6 tasi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qoʻshilgan:

Osiyodagi 7 ta davlat va hududlar:

XVJ tomonidan kiritilgan Amerikadagi 3 ta davlat va hududlar, 1 ta hudud Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qoʻshilgan:

Okeaniyadagi 2 ta davlat:

d Markaziy razvedka boshqarmasi XVJning 38 ta rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlar roʻyxatining eski versiyasini oʻzgartirib, XVJning rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlari roʻyxati „Andorra, Bermud orollari, Farer orollari, Gernsi, Holy See, Jersey, Lixtenshteyn, Monako va San-Marino[…]“ kabi 9 ta kichikroq mamlakatlarni ham qamrab olishi kerakligini taʼkidladi. Keyinchalik XVJ roʻyxatiga San Marino (2012) va Andorra (2021) ham kiritilgan[17].

Parij klubi aʼzolari

tahrir
 
Parij klubining doimiy aʼzolari

Parij klubining(fransuzcha: Club de Paris) 22 ta doimiy aʼzosi asosiy kreditor-mamlakatlarning mansabdorlar guruhi hisoblanib, ularning roli qarzdor mamlakatlar duch kelgan toʻlov qiyinchiliklariga muvofiqlashtirilgan va barqaror yechimlarni topishdir.

Yevropadagi 15 ta davlat:

Amerikadagi 3 ta davlat:

Osiyodagi 3 ta davlat:

Okeaniyadagi 1 ta davlat:

Qiyosiy jadval (2023)

tahrir

BMTTD maʼlumotlariga koʻra, inson rivojlanishi „juda yuqori“ (0,800 va undan yuqori) boʻlgan mamlakatlarning qiyosiy jadvali; XVJ maʼlumotlariga koʻra, „rivojlangan“ iqtisodiyotli mamlakatlar; Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, „yuqori daromadli“ iqtisodiyotga ega mamlakatlar; XVJ maʼlumotlariga koʻra, aholi jon boshiga daromad (xarid qobiliyati pariteti) 25 000 dollardan yuqori mamlakatlar:

Rivojlagan mamlakatlar
Mamlakatlar ITI[32] XVJ[33] JB[25] Xarid qobiliyati pariteti boʻyicha aholi jon boshiga daromad 2023[34]
2023
  Xorvatiya 2007-yildan beri 2023-yildan beri 2017-yildan beri 2016-yildan beri
2021
  San Marino 2021-yildan beri 2012-yildan beri 2000-yildan beri 2004-yilgacha
2020
  Andorra 2003-yildan beri 2020-yildan beri 1990-yildan beri 2010-yilgacha
2016
  Latviya 2005-yildan beri 2014-yildan beri 2012-yildan beri 2016-yildan beri
2015
  Litva 2005-yildan beri 2015-yildan beri 2012-yildan beri 2013-yildan beri
2013
  Gretsiya 2001-yildan beri 1989-yildan beri[35] 1996-yildan beri 2013-yildan beri
2012
  Estoniya 2003-yildan beri 2011-yildan beri 2006-yildan beri 2012-yildan beri
2011
  Slovakiya 2006-yildan beri 2009-yildan beri 2007-yildan beri 2011-yildan beri
2009
  Chexiya 2001-yildan beri 2009-yildan beri 2006-yildan beri 2006-yildan beri
2008
  Malta 2003-yildan beri 2008-yildan beri 2002-yildan beri 2007-yildan beri
  Lixtenshteyn 2000-yildan beri 2008-yildan beri 1990-yildan beri 1987-yildan beri[36]
  Monako 1990-yilgacha[37] 2008-yildan beri 1990-yilgacha 1987-yildan beri[38]
2007
  Sloveniya 1998-yildan beri 2007-yildan beri 1997-yildan beri 2006-yildan beri
  Portugaliya 2005-yildan beri 1989-yildan beri[35] 1994-yildan beri 2007-yildan beri
2006
  Isroil 1991-yildan beri 1997-yildan beri[39] 1987-yildan beri 2006-yildan beri
  Janubiy Koreya 1999-yildan beri 1997-yildan beri[40] 2001-yildan beri 2006-yildan beri
2003
  Yangi Zelandiya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 2003-yildan beri
2002
  Kipr 2001-yildan beri 2001-yildan beri 1988-yildan beri 2002-yildan beri
  Tayvan N/A 1997-yildan beri[40] 1987-yildan beri 2002-yildan beri
2001
  Ispaniya 1995-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 2001-yildan beri
1999
  Singapur 1999-yildan beri 1997-yildan beri[40] 1987-yildan beri 1991-yildan beri
  Finlandiya 1994-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1999-yildan beri
  Birlashgan Qirollik 1992-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1999-yildan beri
1998
  Irlandiya 1996-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1998-yildan beri
  Islandiya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1998-yildan beri
  Shvetsiya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1998-yildan beri
  Fransiya 1993-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1998-yildan beri
1997
  Avstraliya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1997-yildan beri
  Belgiya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1997-yildan beri
  Kanada 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1997-yildan beri
1996
  Italiya 1995-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1996-yildan beri
  Avstriya 1992-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1996-yildan beri
  Germaniya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1996-yildan beri
  Yaponiya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1996-yildan beri
1995
  Niderlandiya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1995-yildan beri
1994
  Daniya 1991-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1994-yildan beri
1992
  Lyuksemburg 1992-yildan beri 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1986-yildan beri
  AQSh 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1992-yildan beri
1988
  Norvegiya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1988-yildan beri
1987
   Shveysariya 1990-yilgacha 1945-yildan beri 1987-yildan beri 1986-yildan beri
Jarayonda
Mamlakatlar ITI[32] XVJ[33] JB[25] Xarid qobiliyati pariteti boʻyicha aholi jon boshiga daromad 2023[34]
  Urugvay 2014-yildan beri Yoʻq 2012-yildan beri 2022-yildan beri
  Chili 2007-yildan beri Yoʻq 2012-yildan beri 2021-yildan beri
  Trinidad va Tobago 2021-yildan beri Yoʻq 2006-yildan beri 2006-yildan beri
  Ruminiya 2013-yildan beri Yoʻq 2021-yildan beri 2017-yildan beri
  Panama 2019-yildan beri Yoʻq 2021-yildan beri 2015-yildan beri
  Bagamalar 2016-yildan beri Yoʻq 1987-yildan beri 1999-yildan beri
  Vengriya 2005-yildan beri Yoʻq 2014-yildan beri 2014-yildan beri
  Polsha 2003-yildan beri Yoʻq 2009-yildan beri 2014-yildan beri
  Quvayt 2014-yildan beri Yoʻq 1987-yildan beri 1992-yildan beri
  Bahrayn 2012-yildan beri Yoʻq 2001-yildan beri 1983-yildan beri
  Ummon 2012-yildan beri Yoʻq 2007-yildan beri 1990-yildan beri
  Saudiya Arabistoni 2010-yildan beri Yoʻq 2004-yildan beri 1980-yilgacha
  Birlashgan Arab Amirliklari 2004-yildan beri Yoʻq 1987-yildan beri 1980-yilgacha
  Bruney 1999-yildan beri Yoʻq 1990-yildan beri 1985-yilgacha
  Qatar 1996-yildan beri Yoʻq 1987-yildan beri 1980-yilgacha
Boshqa eslab oʻtilgan mamlakatlar
Mamlakatlar ITI[32] XVJ[33] JB[25] Xarid qobiliyati pariteti boʻyicha aholi jon boshiga daromad 2023[34]
  Serbiya 2019-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2023-yildan beri
  Kosta Rika 2019-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2022-yildan beri
  Mavrikiy 2019-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2022-yildan beri
  Argentina 2006-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2022-yildan beri
  Montenegro 2013-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2022-yildan beri
  Bolgariya 2015-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2021-yildan beri
  Qozogʻiston 2015-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2018-yildan beri
  Malayziya 2016-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2017-yildan beri
  Saint Kitts va Nevis Yoʻq Yoʻq 2012-yildan beri 2017-yildan beri
  Rossiya 2013-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2017-yildan beri
  Seyshell orollari Yoʻq Yoʻq 2014-yildan beri 2016-yildan beri
  Turkiya 2015-yildan beri Yoʻq Yoʻq 2015-yildan beri
  Barbados Yoʻq Yoʻq 2006-yildan beri Yoʻq
  Dominikan Respublikasi Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2023-yildan beri
  Gayana Yoʻq Yoʻq 2022-yildan beri 2022-yildan beri
  Tailand 2021-yildan beri Yoʻq Yoʻq Yoʻq
  Maldiv Yoʻq Yoʻq Yoʻq 2021-yildan beri
  Gruziya 2019-yildan beri Yoʻq Yoʻq Yoʻq
  Nauru Maʼlumot yoʻq Yoʻq 2019-yildan beri Yoʻq
  Antigua va Barbuda Yoʻq Yoʻq 2012-yildan beri Yoʻq
  Belarus 2012-yildan beri Yoʻq Yoʻq Yoʻq

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „World Economic and Financial Surveys World Economic Outlook Database—WEO Groups and Aggregates Information“. IMF.org. International Monetary Fund. 2023-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.
  2. Least Developed Countries (Wayback Machine saytida 2011-05-17 sanasida arxivlangan) (2018 list (Wayback Machine saytida 2019-12-21 sanasida arxivlangan))
  3. „Fiscal Policy and Inclusive Growth in Advanced Countries: Their Experience and Implications for Asia“. adb.org. Asian Development Bank (2014-yil dekabr). 2021-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  4. „Advanced Countries Will Benefit Most from Progress in Technology, with Lesser Benefits to Other Nations“. rand.org. RAND Corporation (2006-yil 1-iyun). 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  5. Developed Economy Definition (Wayback Machine saytida 2016-03-22 sanasida arxivlangan) Investopedia (16-aprel 2010). Qaraldi: 12-iyul 2013.
  6. International Monetary Fund. „World Economic Outlook Database, April 2023“. International Monetary Fund. 2023-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
  7. The Courier (en). Commission of the European Communities, 1994. Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar. 
  8. „Human development index“ (en-GB). Economics Help. 2020-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-sentyabr.
  9. „Millennium Development Indicators: World and regional groupings“. United Nations Statistics Division (2003). 2005-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  10. „Standard Country and Area Codes Classifications (M49): Developed Regions“. United Nations Statistics Division. 2017-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-may.
  11. „UNCTADstat - Classifications“. 2022-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
  12. Sachs, Jeffrey. The End of Poverty. New York, New York: The Penguin Press, 2005. ISBN 1-59420-045-9. 
  13. Wackernagel, Mathis. Ecological Footprint: Managing Our Biocapacity Budget. Gabriola Island, BC, Canada: New Society Publishers, 2019 — 132-bet. ISBN 978-0-86571-911-8. Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar. 
  14. Lee, Eun Su; Liu, Wei; Yang, Jing Yu (23 September 2021). "Neither developed nor emerging: Dual paths for outward FDI and home country innovation in emerged market MNCs" (en). International Business Review: 101925. doi:10.1016/j.ibusrev.2021.101925. ISSN 0969-5931. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0969593121001438. 
  15. 15,0 15,1 15,2 Human Development Report 2021-22: Uncertain Times, Unsettled Lives: Shaping our Future in a Transforming World. United Nations Development Programme, 8 September 2022 — 272–276-bet. ISBN 978-9-211-26451-7. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr. 
  16. 17,0 17,1 17,2 CIA. „Appendix B. International Organizations and Groups.“. World Factbook. (2008). 2008-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-aprel.
  17. „The Developed Countries Glossary“.
  18. „IMF Advanced Economies List. World Economic Outlook, April 2016, p. 148“. 2016-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  19. World Economic Outlook (Wayback Machine saytida 2016-04-21 sanasida arxivlangan), International Monetary Fund, September 2011, p. 165.
  20. „The Hungarian Quarterly, VOLUME XLI * No. 160 * Winter 2000“. 2009-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-yanvar.
  21. „Indian Express“. 2010-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  22. Minutes of Forum #26:Global Strategy Series 2 — Japan as It Should Be (Outline) | Economic and Social Research Institute, Cabinet Office, Government of Japan (Wayback Machine saytida 2007-10-30 sanasida arxivlangan). Esri.go.jp. Retrieved 12 July 2013.
  23. https://datahelpdesk.worldbank.org/knowledgebase/articles/906519-world-bank-country-and-lending-groups (Wayback Machine saytida 2019-10-28 sanasida arxivlangan), World Bank. Accessed on 15 July 2023.
  24. 25,0 25,1 25,2 25,3 „World Bank Country and Lending Groups – World Bank Data Help Desk“. datahelpdesk.worldbank.org. 2019-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
  25. https://datatopics.worldbank.org/world-development-indicators/the-world-by-income-and-region.html (Wayback Machine saytida 2021-07-12 sanasida arxivlangan), The World by Income and Region, World Bank. Accessed on 8 July 2021.
  26. „Doing Business 2019 Fact Sheet: OECD High-Income“. World Bank. 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-oktyabr.
  27. „Doing Business 2019 Regional Profile: OECD High Income“. World Bank. 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-oktyabr.
  28. Peer reviews of DAC members — Organisation for Economic Co-operation and Development (Wayback Machine saytida 2013-05-27 sanasida arxivlangan). Oecd.org. Retrieved 22 October 2013.
  29. DAC website >> „The DAC in Dates“ (Wayback Machine saytida 2010-02-15 sanasida arxivlangan), On the DAC’s self-description, see the introductory letter. On other events, refer to the relevant section by date.
  30. „World Economic and Financial Surveys World Economic Outlook Database—All countries/Advanced economies (40 countries)“. IMF.org. International Monetary Fund. 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
  31. 32,0 32,1 32,2 Human Development Report 2020 The Next Frontier: Human Development and the Anthropocene. United Nations Development Programme, 15 December 2020 — 343–346-bet. ISBN 978-9-211-26442-5. Qaraldi: 2020-yil 15-dekabr. 
  32. 33,0 33,1 33,2 „World Economic Outlook Database – Changes to the Database“. www.imf.org. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.
  33. 34,0 34,1 34,2 „World Economic Outlook Database, October 2019“. www.imf.org. International Monetary Fund. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-mart.
  34. 35,0 35,1 „World Economic Outlook, October 1989“. International Monetary Fund. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  35. „GDP per capita (current US$) - Liechtenstein“. International Monetary Fund. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  36. „MONACO HAS THE WORLD’S HIGHEST SCORE ON THE U.N. HUMAN DEVELOPMENT INDEX“. MONACO ESTATE. 2023-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  37. „GDP per capita (current US$) - Monaco“. International Monetary Fund. 2023-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  38. „International Monetary Fund Annual Report 1997“. International Monetary Fund. 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
  39. 40,0 40,1 40,2 International Monetary Fund Annual Report 1997. International Monetary Fund, October 1997. ISBN 9781451945102. Qaraldi: 2020-yil 8-may. 

Havolalar

tahrir