Robert Langlands
Robert Langlands (talaffuzi: Robert Lenglends) (1936-yil 6-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik[1] matematik. Langlends Langlands dasturi asoschisi oʻlaroq tanilgan[2][3]. 1996-yil Wolf mukofoti, 2018-yili Abel mukofoti bilan taqdirlangan[4].
Robert Langlands | |
---|---|
Tavalludi |
6-oktyabr 1936-yil Yangi Westminster, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada |
Fuqaroligi | Kanada/AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Princeton universiteti, Yale universiteti, Perspektiv tadqiqotlar instituti |
Akademik rahbarlari | Cassius Ionescu-Tulcea |
Mashhur shogirdlari |
James Arthur Thomas Callister Hales Diana Shelstad |
Mukofotlari |
Jeffery–Williams mukofoti (1980) Cole mukofoti (1982) Wolf mukofoti (1995—1996) Steele mukofoti (2005) Nemmers mukofoti (2006) Shaw mukofoti (2007) Abel mukofoti (2018) Order of Canada (2019) |
Langlands 1957-yilda Britaniya Kolumbiyasi universitetidan bakalavr darajasini[5], 1958-yilda esa magistr darajasini olgan. Shundan soʻng u Yale universitetiga oʻqishga oʻtgan va 1960-yilda PhD ilmiy darajasini olgan[6]. Olim 1967-yilgacha Princeton universitetida va 1967—1972-yillarda Yale universitetida ishlagan[7]. Langlandsni 1972-yilda Perspektiv tadqiqotlar institutiga professor boʻlib ishlashga taklif qilishgan va u 2007-yilda isteʼfoga chiqquniga qadar shu lavozimda ishlagan[8].
Olim Langlands dasturi nomi bilan maʼlum boʻlgan ilmiy ishlari va gipotezalari bilan shuhrat qozongan. Dastur gavdalantirish teoriyasi hamda avtmomorfik formalarni sonlar nazariyasidagi Galois guruhlari bilan bogʻlovchi bir necha gipoteza va natijani oʻz ichiga oladi. 2020-yiga qadar Langlands Perspektiv tadqiqotlar institutida Albert Einsteinning ofisida ishlagan[8]. Langlands matematikadan tashqari tilshunoslikka ham qiziqadi. Fransuz, turk, nemis va rus tillarini biladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Robert Phelan Langlands“. NAS. Qaraldi: 26-mart 2018-yil.
- ↑ Contento, Sandro (27-mart 2015-yil), „The Canadian Who Reinvented Mathematics“, Toronto Star
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ D Mackenzie (2000) Fermatʼs Last Theorem's First Cousin, Science 287 (5454), 792-793.
- ↑ „2018: Robert P. Langlands“. www.abelprize.no. Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
- ↑ Kenneth, Chang. „Robert P. Langlands Is Awarded the Abel Prize, a Top Math Honor“ (20-mart 2018-yil). Qaraldi: 20-mart 2018-yil.
- ↑ „Canadian mathematician Robert Langlands wins Abel Prize for 2018“ (21-mart 2018-yil). Qaraldi: 26-mart 2018-yil.
- ↑ „Robert Langlands wins Abel Prize 2018 for 'unified theory of maths' | Mathematics Department“. math.metu.edu.tr. Qaraldi: 2021-yil 26-iyul.
- ↑ 8,0 8,1 Edward Frenkel „preface“, . Love and Math: The Heart of Hidden Reality. Basic Books, 2013. ISBN 978-0465050741. „Robert Langlands, the mathematician who currently occupies Albert Einstein's office at the Institute for Advanced Study in Princeton“
Havolalar
tahrir- The work of Robert Langlands (a nearly complete archive)
- Faculty page at IAS
- The Abel Prize Interview 2018 with Robert Langlands
- Julia Mueller, On the genesis of Robert P. Langlands' conjectures and his letter to André Weil (Wayback Machine saytida 3-sentabr 2018-yil sanasida arxivlangan), Bull. Amer. Math. Soc., 25-yanvar, 2018-yil