Robiya Sulton Begim maqbarasi
Robiya sulton begim maqbarasi — Turkiston sh. (Qozogʻiston)dagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr) Yassaviy majmuasi tarkibida. Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton begimga atab qurilgan.
Ulugʻbekning qizi Robiya Sulton Begim 1451-yilda oʻzbek xoni Abulxayrxonga turmushga chiqqan. U Abulxayrxonning ikki oʻgʻlli, xonlar Koʻchkunji va Suyunchxoʻjaxonning onasi boʻlib, Turkistonda yashagan va 1485-yilda vafot etgan. Maqbara Kuchkunji-xon tomonidan barpo etilgan.
Maqbara tarhi 8 qirrali, bosh tarzidagi peshtoq boʻrttirib ishlangan. Ichki qismi ham 8 qirrali, uning har bir qirrasi ravokli tokchalarga boʻlingan. Robiya Sulton begimning marmar qabr toshi turli oʻyma naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. 1898-yilda maqbara butunlay buzib tashlangan. 1972—75 yillarda qayta tiklash va taʼmirlash ishlari olib borilgan.
Adabiyot
tahrir- Arxitekturniy kompleks Axmeda Yasavi, AlmaAta, 1988.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |