Rushon tizmasi
Rushon tizmasi — Gʻarbiy Pomirdagi togʻ tizmasi (Tojikiston). Uzunligi 120 km. Eng baland joyi Patxor choʻqqisi — 6080 m. Rushon tizmasi granitoid, metamorfik va gilli slanetslar, kvarsit, qumtosh, ohaktosh, gneyslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari tosh uyumlaridan, subtropik dashtlar va shuvokli chala choʻl hamda choʻl vodiysi landshaftlaridan iborat. Daryo vodiylarida tol, jirgʻanoq, terak, doʻlana, qayin oʻsadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |