Azimboy Saʼdullayev (1947-yil 9-yanvar, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985).

Azimboy Saʼdullayev
Tavalludi 9-yanvar 1947-yil (1947-01-09) (77 yosh)
Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi matematik olim
Sohasi matematika
Ish joylari Oʻzbekiston Milliy universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni akademik
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

tahrir

Azimboy Saʼdullayev 1947-yil 9-yanvarda Shovot tumanida ishchi va dehqon oilasida tugʻilgan[1][2]. 1952—1963-yillarda Shovot umanidagi oʻrta maktabni tamomgan. 1963—1966-yillarda Toshkent davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida oʻqigan. 1966-yilda Azimboy Saʼdullayev oʻqishini Moskva davlat universitetining mexanika-matematika fakultetiga koʻchirgan[1]. Oʻqishini u yerga koʻchirishni akademiklar T. A. Sarimsoqov va S. H. Sirojiddinovlar maslahat berishgan. 1969-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan[2], 1969—1972-yillarda Moskva davlat universitetining aspiranturasida tahsil olgan.

1972-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Каноническое произведение и аналитические множества“, 1982-yilda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun „Комплексная теория потенциала и её применения“ mavzusida dissertatsiyalrini himota qilgan[3]. 1989-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻlgan, 1995-yilda esa akademiyaning akademigi etib saylangan.

1972—1978-yillarda Toshkent davlat universiteti matematik analiz kafedrasining katta oʻqituvchisi, dotsent,  1978—1983-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutining katta ilmiy xodimi, 1983—1992-yillarda matematik analiz kafedrasining mudiri, 1985—1992-yillarda matematika fakultetining dekani boʻlib ishlagan.

1992-yilda Azimboy Saʼdullayev Urganch davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlangan. Ushbu vazifada 2007-yilgacha ishlagan[2]. Aynan uning harakati bilan institut univeristet maqomini oladi[4]. 1997—2007-yillarda Xorazm Maʼmun akademiyasi rahbarlik qilgan. 2007—2012-yillarda Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri, 2012—2017-yillarda matematik analiz kafedrasi professori hamda Matematika institutining bosh ilmiy xodimi boʻlib ishlagan[2]. 2017-yildan Oʻzbekiston Milliy universitetida matematik analiz kafedrasi mudiri[2].

Ilmiy ishlari koʻp argumentli funksiyalar nazariyasiga oid. Azimboy Saʼdullayevning amerikalik olimlar bilan birga kompleks potensiallar nazariyasi asosini yaratishgan[3]. Bu nazariyani amaliyotda qoʻllab, bir necha yirik ilmiy muammolarni yechgan.

Fundamental ishlarining bir qanchasi chet ellarda nashr qilingan, darslik va monografiyalarida chop etilgan. Azimboy Saʼdullayev 3 ta monografiya va 6 ta darsliklar, 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi[4]. Azimboy Saʼdullayev AQSh, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Italiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlarga davlat va ilmiy delegatsiyalar tarkibida borgan[4].

1990-yilda Oʻzbekiston Faxriy yorligʻi, 2000-yildaOʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, 2020-yilda esa „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan[5].

Azimboy Saʼdullayev 1994-yilda I chaqiriq, 1999-yilda esa Xorazm viloyati 206-Ichan qaʼla okrugidan II chaqiriq[6] Oʻzbekistan Respublikasi Oliy Majlisi deputati (19992003) etib saylangan[4]. 2004—2009-yillarda xalq deputatlar Xorazm viloyati kengashi deputati boʻlgan[2].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Oliy matematika asoslari, T., 1998; Matematik analizdan misol va masalalar toʻplami, T., 2000.