Sahih
Sahih (arab. – toʻgʻri, chin, sogʻlom) – eng ishonchli deb hisoblangan hadis toʻplamlarining nomi. Muhaddislar hadislarni haqiqiy va nohaqiqiyga ajratish (yaʼni, kodifikatsiya qilish) bilan shugʻullanib, isnodni tekshirish yoʻli bilan Sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va daif (zaif, kuchsiz)dan iborat 3 toifaga boʻlganlar, ulardan asosan Sahihlarini toʻplashga intilganlar. Shu munosabat bilan baʼzi toʻplamlarning nomi ham Sahih deb atalgan (masalan „Sahihi Buxoriy“, „Sahihi Termiziy“)[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |