Sandro Ramírez
Sandro Ramírez Castillo (talaffuzi: Sandro Ramires Kastilyo) — 1995-yil 9-iyulda Ispaniyaning Kanariya shtatida tugʻilgan. „Las-Palmas“ klubida markaziy hujumchi sifatida faoliyat yuritadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sandro Ramírez Castillo | ||
Tavallud sanasi | 9-iyul 1995-yil | ||
Tavallud joyi | Las Palmas, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.75 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Las Palmas | ||
Raqami | 9 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2002 | Barrio Atlántico | ||
2002—2009 | Las Palmas | ||
2009—2013 | Barcelona | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2015 | Barcelona B | 61 | (15) |
2014—2016 | Barcelona | 17 | (2) |
2016—2017 | Málaga | 30 | (14) |
2017—2020 | Everton | 8 | (0) |
2018 | → Sevilla (ljara) | 13 | (0) |
2018—2019 | → Real Sociedad (ljara) | 24 | (0) |
2019—2020 | → Valladolid (ljara) | 24 | (3) |
2020- | Huesca | 20 | (5) |
2021—2022 | → Getafe (ljara) | 29 | (3) |
2022- | → Las Palmas (ljara) | 2 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Ispaniya U16 | 6 | (5) |
2011—2012 | Ispaniya U17 | 4 | (9) |
2013 | Ispaniya U18 | 2 | (1) |
2013—2014 | Ispaniya U19 | 7 | (4) |
2014—2017 | Ispaniya U21 | 7 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (6-oktyabr uchun) |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirSandro Ramírez oʻz faoliyatini „Las-Palmas“ klubida boshlagan, soʻngra „Espanyol“ jamoasida qisqa vaqt oʻtkazgan va 2009-yilda „Barcelona“ jamoasiga oʻtgan. 2013—2014-yilgi mavsumda Sandro Ramírez klubning ikkinchi jamoasi „Barcelona B“ga oʻtdi va 7 ta gol urdi. Keyingi mavsumda u „Barcelona“ asosiy jamoasida debyut qildi. Bu 19-iyul kuni „Recreativo“ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida sodir boʻldi. Yosh ispaniyalik futbolchi ikkinchi boʻlimda Adam Traore oʻrniga maydonga tushdi. 9-avgust kuni u jamoa uchun birinchi golini Finlandiya „HJKA“ klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[1]. 18-avgust kuni u meksikaning „Leon“ jamoasiga qarshi Joan Gamper kubogi uchun oʻyinda oltinchi golini urdi[2]. 31-avgust kuni Sandro Ramírez „Vilyarreal“ bilan oʻyinda (1:0) debyut qildi[3]. Futbolchi uchrashuvning 70-daqiqasida Pedro Rodriges oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi va gʻalaba golini kiritdi[4][5]. 17-sentabr kuni u Chempionlar ligasida ilk bor Kiprning „APOEL“ jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[6]. U yevrokuboklardagi ilk golini Amsterdamning „Ajax“ klubiga qarshi uy uchrashuvida (3:1) kiritdi[7]. U Ispaniya kubogidagi ilk golini 16-dekabr kuni „Huesca“ga qarshi oʻyinda (8:1) kiritdi[8].
2016-yil boshida Sandro Ramírezga „Betis“, Italiyaning „Fiorentina“ va Angliyaning „Newcastle United“ klublari qiziqish bildirgan edi[9][10]. „Barcelona“ bilan u ikki marta Liga va Ispaniya Kubogini, shuningdek, Chempionlar Ligasi va Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatini qoʻlga kiritdi[11].
Xalqaro karyerasi
tahrir2013-yilda 19 yoshgacha boʻlgan Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Sandro Ramírez 2013-yilda Litvada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi[12][13]. Turnirda u Portugaliya, Litva, Gollandiya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14][15]. Portugal va gollandlarga qarshi janglarda Sandro Ramírez bittadan gol urdi.
2017-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Sandro Ramírez 2017-yilda Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi[16][17]. Turnirda u Makedoniya, Portugaliya, Italiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Portugaliyaliklarga qarshi kechgan duelda Sandro Ramírez gol urdi[18][19].
Statistikasi
tahrirJamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
F. C. Barcelona „B“ Ispaniya | 2013-2014 | 31 | 7 | — | — | 31 | 7 | ||
2014-2015 | 30 | 8 | — | — | 30 | 8 | |||
Jami | 61 | 15 | — | — | 61 | 15 | |||
F. C. Barcelona Ispaniya | 2014-2015 | 7 | 2 | 2 | 1 | 3 | 1 | 12 | 4 |
2015-2016 | 10 | 0 | 6 | 3 | 4 | 0 | 20 | 3 | |
Jami | 17 | 2 | 8 | 4 | 7 | 1 | 32 | 7 | |
Málaga C. F. Ispaniya | 2016-2017 | 30 | 14 | 1 | 2 | — | 31 | 16 | |
Jami | 30 | 14 | 1 | 2 | — | 31 | 16 | ||
Everton F. C. Angliya | 2017-2018 | 8 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | 15 | 1 |
Sevilla F. C. Ispaniya | 2017-2018 | 13 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 18 | 0 |
Jami | 13 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 18 | 0 | |
Everton F. C. Angliya | 2018-2019 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |
Jami | 8 | 0 | 2 | 0 | 6 | 1 | 16 | 1 | |
Real Sociedad Ispaniya | 2018-2019 | 24 | 0 | 2 | 0 | — | 26 | 0 | |
Jami | 24 | 0 | 2 | 0 | — | 26 | 0 | ||
Real Valladolid C. F. Ispaniya | 2019-2020 | 24 | 3 | 2 | 1 | — | 26 | 4 | |
Jami | 24 | 3 | 2 | 1 | — | 26 | 4 | ||
S. D. Huesca Ispaniya | 2020-2021 | 20 | 5 | 0 | 0 | — | 20 | 5 | |
Jami | 20 | 5 | 0 | 0 | — | 20 | 5 | ||
Getafe C. F. Ispaniya | 2021-2022 | 29 | 3 | 1 | 1 | — | 30 | 4 | |
Jami | 29 | 3 | 1 | 1 | — | 30 | 4 | ||
U. D. Las Palmas Ispaniya | 2022-2023 | 5 | 1 | 0 | 0 | — | 5 | 1 | |
Jami | 5 | 1 | 0 | 0 | — | 5 | 1 | ||
Umumiy karyerasida | 231 | 43 | 18 | 8 | 16 | 2 | 265 | 53 |
Yutuqlari
tahrirJamoaviy yutuqlari
tahrir„Barcelona“
- Ispaniya chempioni (2): 2014-2015, 2015-2016
- Ispaniya kubogi sohibi (2): 2014-2015, 2015-2016
- Chempionlar ligasi gʻolibi: 2014-2015
- UEFA Superkubogi sohibi: 2015-yil
- Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi: 2015-yil
Ispaniya (U19)
- 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2013-yil
Ispaniya (U21)
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni: 2017-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „ХИК VS. Барселона 0:6“ (ruscha). soccerway.com (2014—08—09). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Барселона VS. Леон 6:0“ (ruscha). soccerway.com (2014—08—18). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Вильярреал VS. Барселона 0:1“ (ruscha). soccerway.com (2014—08—31). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Сандро Рамирес в дебютном матче принес победу «Барселоне» над «Вильярреалом»“. 29-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2015-yil.
- ↑ „Match Report“. 2017-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2014-yil.
- ↑ „Барселона VS. АПОЭЛ 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (2014—09—17). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Барселона VS. Аякс Амстердам 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (2014—10—21). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Барселона VS. Уэска 8:1“ (inglizcha). soccerway.com (2014—12—16). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „«Бетис» нацелился на нападающего «Барселоны» Сандро“ (ruscha). sports.ru (2016—01—19). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „«Фиорентина» интересуется Сандро Рамиресом и Муниром“ (ruscha). sports.ru (2016—01—03). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Наставник «Ньюкасла» хочет подписать нападающего «Барселоны»“ (ruscha). sports.ru (2016—01—22). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Испания (до 19) VS. Португалия (до 19) 1:0“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—20). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Нидерланды (до 19) VS. Испания (до 19) 2:3“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—26). 10-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Литва (до 19) VS. Испания (до 19) 0:2“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—23). 4-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Испания (до 19) VS. Франция (до 19) 1:2“ (ruscha). soccerway.com (2013—07—29). 10-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Португалия (до 21) VS. Испания (до 21) 1:3“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—20). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
- ↑ „Испания (до 21) VS. Македония (до 21) 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—17). 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
- ↑ „Испания (до 21) VS. Македония (до 21) 1:0“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—30). 12-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.
- ↑ „Испания (до 21) VS. Италия (до 21) 3:1“ (inglizcha). soccerway.com (2017—06—27). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2017-yil.