Sankt-Peterburgdagi portlash (2023)

2023-yil 2-aprel kuni Sankt-Peterburgning Universitetnaya sohili koʻchasida uyushtirilgan portlash (terakt)

2023-yilning 2-aprelida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Universitetskaya sohili koʻchasida joylashgan Strit-fud bare №1 kafesida portlash sodir boʻldi. Portlash oqibatida rossiyalik harbiy bloger Vladlen Tatarskiy, haqiqiy ismi Maksim Fomin, halok boʻldi[1][2][3], 42 kishi jarohat oldi, ulardan 24 nafari kasalxonaga yotqizildi, olti nafari ogʻir ahvolda[4][5][6].

2023-yilgi Sankt Peterburgdagi portlash
Sankt-Peterburgdagi portlash (2023) is located in European Russia
Sankt-Peterburgdagi portlash (2023)
Sankt-Peterburgdagi portlash (2023) (European Russia)
Sankt-Peterburgdagi portlash (2023) is located in Central Saint Petersburg
Sankt-Peterburgdagi portlash (2023)
Sankt-Peterburgdagi portlash (2023) (Central Saint Petersburg)
Joylashgan Universitet sohili koʻchasi 25, Strit-fud bare №1 kafesi, Sankt Peterburg, Rossiya
Koordinatlar 59°56′12″N 30°17′12″E / 59.93667°N 30.28667°E / 59.93667; 30.28667
Sana 2023-yil 2-aprel
Nishon Vladlen Tatarskiy
Hujum turi
Portlash
Jarohat olganlar
42
Qurbonlar 1 nafar (tasdiqlangan)
Qatnashgan Nomaʼlum
Ayblanuvchi Darya Trepova
Sabab Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarshilik (gumon)

Rossiya Milliy aksilterror qoʻmitasi (MOQ) hujumda Ukraina razvedka xizmatlari va Aleksey Navalniy tarafdorlarini aybladi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni „terrorchilik harakati“ deb atadi[7]. Ukraina prezidenti maslahatchisi Mixaylo Podolyak hujumni „ichki terrorizm“ va „ichki siyosiy kurash“ deb atagan boʻlsa, Navalniyning ittifoqchilari ayblovni rad etib, hujum ortida Rossiyaning oʻz razvedka xizmatlari turganini aytishdi[7]. Milliy Respublika armiyasi (MRA) hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.

Tarixi

tahrir

2022-yilda bir qancha rossiyalik tadbirkorlar sirli ravishda oʻlgan edi[8][9][10]. Bundan tashqari, Ukraina urush tarafdorlariga qarshi hujumlar ortida turganlikda ayblangan edi. Masalan, Darya Duginaning oʻldirilishi voqeasi kabi[11][12].

Vladlen Tatarskiy Telegram ijtimoiy tarmogʻida 560 000 dan ortiq obunachiga ega boʻlgan nufuzli rossiyalik harbiy bloger edi[13]. Oʻlimidan oldin Ukrainaga bostirib kirishdagi Rossiya strategiyasini tanqid qilgan, lekin ayni paytda bosqinning sodiq tarafdori ham edi[13][14].

Portlash sodir boʻlgan kafe Yevgeniy Prigojinga tegishli boʻlgan[15]. Cyber Z Front munozaralar klubi dam olish kunlarida ushbu kafeda toʻplanadi[15].

Portlash

tahrir

Bir qancha manbalar, jumladan, Rossiya rasmiylariga koʻra[16], Vladlen Tatarskiyga nomaʼlum ayol haykalcha sovgʻa qilgan va u keyinchalik portlagan deb taxmin qilinadi[17][18]. Xabarlarga koʻra, haykalcha ichidagi portlovchi moddalar kuchi trotil ekvivalentida 200 grammdan oshgan[16]. Portlash oqibatida kafening old qismiga jiddiy zarar yetgan[13]. Mahalliy vaqt bilan soat 18:13da voqea joyiga politsiya chaqirilgan[19].

Qurbonlar

tahrir

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bir kishi (Tatarskiy) vafot etgan. 2-aprel oqshomida yaradorlar soni 42 nafarga yetdi[4][5][6]. 24 nafar yarador kafedan Sankt-Peterburgdagi tibbiyot muassasalariga olib ketilgan. Olti nafar yaradorning ahvoli ogʻir deb baholandi[20].

Gumonlanuvchilar

tahrir

Rossiya huquq-tartibot idoralari voqea sodir boʻlganidan koʻp oʻtmay tergov boshladi[21].

Tergov qoʻmitasi Sankt-Peterburg shahrida yashovchi Darya Yevgenyevna Trepovani (1997-yil 16-fevralda tugʻilgan)[22] gumonlanuvchi sifatida hibsga olgan[23][24]. Tergovchilar ayol kafega portlovchi moslama oʻrnatilgan va Tatarskiy byusti joylangan qutini olib kelganiga ishonishdi[25]. U avvalroq 2022-yil 24-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi boʻlib oʻtgan namoyishda qatnashganidan keyin turmush oʻrtogʻi bilan politsiyaning tarqalish toʻgʻrisidagi buyrugʻini eʼtiborsiz qoldirgani uchun 10 kunlik hibsga olingan edi[26]. Rossiya rasmiylari, shuningdek, u qamoqdagi muxolifatchi Aleksey Navalniyning „faol tarafdori“ ekanini ham taʼkidlashdi[26][25].

3-aprel kuni ertalab Tergov qoʻmitasi gumonlanuvchi portlash sodir boʻlgan kuni qidiruv eʼlon qilinganidan keyin hibsga olinganini maʼlum qildi[27][28]. Trepovaning turmush oʻrtogʻi Dmitriy Rilovning aytishicha, u doʻsti Dmitriy Kasintsevning kvartirasida ushlangan, ikkalasi ham hibsga olingan, deb yozdi The Insider[29]. Rossiya rasmiylari ikkinchi iddaoni tasdiqlamagan[29]. Rossiyaning muxolifatdagi Libertar partiyasi aʼzosi Rilov „u hech qachon oʻldirmasligini“ va u oʻzini ayblangan deb hisoblashini aytdi[30][26].

Ichki ishlar vazirligi eʼlon qilgan videoda Trepova haykalchani olib kelganini tan olgan, biroq Rossiya OAVlari tomonidan tasdiqlanmagan xabarlarda u tergovchilarga bomba avvaldan oʻrnatilgan boʻlgani va haykalchada bomba borligidan bexabar ekanini aytgan[7][25]. Videoda haykalchani kafega olib kelganiga iqror boʻlgandek koʻringan, lekin haykalchaning qayerdan kelgani haqidagi soʻrovga javob bermagan[31].

Rossiya rasmiylarining taʼkidlashicha, Trepovaga nisbatan hiyla-nayrang boʻlgani ehtimoli inkor etilmaydi[32].

Tergov harakatlari

tahrir

Oqibat

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Alert: Russian media say a famous military blogger has been killed in an apparent bombing attack at a café in St. Petersburg“ (en-US). The Middletown Press (2023-yil 2-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  2. Trevelyan, Mark; Light, Felix; Trevelyan, Mark. „Russian military blogger killed in St Petersburg bomb blast - agencies“ (en). Reuters (2023-yil 2-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  3. Stepanenko, Kateryna and Kagan, Frederick W. (2 April 2023). Russian Offensive Campaign Assessment, April 2, 2023 (Wayback Machine saytida 3 April 2023 sanasida arxivlangan) Institute for the Study of War. Retrieved 3 April 2023.
  4. 4,0 4,1 Новости, Р. И. А. „После взрыва в Петербурге за медпомощью обратились 42 человека“ (ru). РИА Новости (2023-yil 4-aprel). Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  5. 5,0 5,1 „Минздрав: 42 человека обратились за медпомощью после взрыва в Петербурге - Газета.Ru | Новости“ (ru). Газета.Ru. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  6. 6,0 6,1 Денисовна, Косолапова Арина „Число пострадавших от взрыва в Санкт-Петербурге увеличилось до 42“ (ru). Известия (2023-yil 4-aprel). Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  7. 7,0 7,1 7,2 Osborn, Andrew; Lebedev, Filipp. „Russia accuses Ukraine of blowing up war blogger Tatarsky, arrests woman“ (en). Reuters (2023-yil 3-aprel). Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  8. Kirby, Paul. „Ravil Maganov: Russian Lukoil chief dies in 'fall from hospital window'“. BBC News (2022-yil 1-sentyabr). 2022-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-dekabr.
  9. „Two crypto titans found dead“. KTLA (2022-yil 1-dekabr). 2023-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  10. Godfrey, Elaine. „Sudden Russian Death Syndrome“. The Atlantic (2022-yil 29-dekabr). 2022-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  11. Velikzhanin, Anton „U.S. Suspects Ukraine in Killing of Pro-Kremlin Ideologue's Daughter – NYT“. The Moscow Times (2022-yil 5-oktyabr). 2022-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  12. Barnes, Julian E.; Goldman, Adam; Entous, Adam; Schwirtz, Michael. „U.S. Believes Ukrainians Were Behind an Assassination in Russia“. The New York Times (2022-yil 5-oktyabr). 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  13. 13,0 13,1 13,2 „Prominent Russian military blogger killed in cafe blast: Reports“. aljazeera.com (2023-yil 3-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  14. Sauer, Pjotr. „Russian pro-war military blogger killed in blast at St Petersburg cafe“. The Guardian (2023-yil 2-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  15. 15,0 15,1 „ru:«Фонтанка»: в кафе Пригожина в Петербурге прогремел взрыв“ ["Fontanka": an explosion occurred in Prigozhin's cafe in St. Petersburg] (ru). www.mk.ru. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  16. 16,0 16,1 „ru:В Петербурге при взрыве в кафе погиб военкор Владлен Татарский“ [In St. Petersburg, military commander Vladlen Tatarsky died in an explosion in a cafe]. TACC. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  17. „Russian blogger killed in St. Petersburg explosion“. euronews (2023-yil 2-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  18. „Russian military blogger killed in St Petersburg bombing“. Otago Daily Times Online News (2023-yil 3-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  19. Peter, Laurence; Ivshina, Olga. „Vladlen Tatarsky: Killing of pro-Kremlin blogger investigated as murder“. BBC News (2023-yil 3-aprel). Qaraldi: 2023-yil 4-aprel.
  20. Диана, Потехина „ru:Число пострадавших при взрыве Петербурге возросло до 30“ [The number of victims of the explosion in St. Petersburg increased to 30] (ru). Известия (2023-yil 2-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  21. „ru:Дарья Трепова задержана по подозрению в убийстве военкора Владлена Татарского“ [Daria Trepova detained on suspicion of murdering military commissar Vladlen Tatarsky] (ru). www.mk.ru. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  22. „Чем известна Дарья Трепова“. Kommersant (2023-yil 3-aprel).
  23. „ru:Подозреваемая в убийстве военкора Татарского задержана“ [Suspected in the murder of the military commander Tatarsky detained] (ru). Interfax.ru (2023-yil 2-aprel). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  24. Tyshchenko, Kateryna „Russian media: St Petersburg woman detained on suspicion of murdering propagandist“ (en). Ukrainska Pravda. 2023-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  25. 25,0 25,1 25,2 „Russia blames Ukraine, Navalny group for bombing that killed pro-Russia blogger“. CBC News (2023-yil 3-aprel). Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  26. 26,0 26,1 26,2 Greenall, Robert. „Darya Trepova: What we know about accused in Russian blogger Vladlen Tatarsky's killing“. BBC News (2023-yil 3-aprel). Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  27. „ru:СКР сообщил о задержании Дарьи Треповой по подозрению в причастности к взрыву в петербургском кафе“ [TFR announced the arrest of Darya Trepova on suspicion of involvement in the explosion in a St. Petersburg cafe] (ru). www.interfax-russia.ru (2023-yil 3-aprel). 2023-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  28. „ru:Объявленную в розыск по делу Татарского девушку задержали“ [A girl put on the wanted list in the case of Tatarsky was detained] (ru). РБК. 2023-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-aprel.
  29. 29,0 29,1 Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:ISOdate' not found.
  30. „Who is Daria Trepova? The 26-year-old suspect accused of killing Russian war blogger Vladlen Tatarsky in cafe bombing“. Sky News (2023-yil 3-aprel).
  31. Russian police release video of Darya Trepova, a suspect in cafe killing of Vladlen Tatarsky (ingliz (Avstraliya)), ABC News, 2023-04-03, qaraldi: 2023-04-04
  32. „Who was behind the St. Petersburg bombing?“ (en). POLITICO (2023-yil 6-aprel). Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.