Sarvak
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Sarvak — Tojikiston shimolidagi Asht tumani Oriyon jamoatining eng seraholi oʻzbeklar yashaydigan punkti hisoblanadi. Bu Togʻli Sarvakning pastdagi eng yirik boʻlinib tushgan qishloqdir.[1]. Geografik jihatdan Asht tumaning janubi-sharqiy qismida joylashgan boʻlib Sirdaryo sohillariga yaqindir. Bu yerlar atrofi kenglikda boʻlib, Fargʻona vodiysining eng soʻlim joylarinig biridan joy olgan. Deyarli bu oʻlkada oʻzining shimoldagi qismi Togʻli Sarvakga nisbatan farqli oʻlaroq qish faslida u qadar qor yogʻmaydi va subtropik mevalar juda ham tez quyosh nuriga toʻyib pishadi.
Sarvak | |
---|---|
qishloq | |
40°41′10″N 70°42′56″E / 40.68611°N 70.71556°E | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Soʻgʻd viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Asht tumani |
Oriyon | |
Hukumat | |
• oqsoqol | Norboyev Qodirali |
Asos solingan | 1959 |
Avvalgi nomlari | Serbogʻ |
Maydon | 14 km2 (5.4 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Aholisi (2012) |
2 400 |
Milliy tarkib | oʻzbeklar |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
|
Iqlim
tahrirIqlimi jihatidan issiq va tekislikda joylashgan. Qishloqda yoz oylarida havo harorati +30 dan +45 darajagacha issiq boʻladi, qish oylarida esa −0 dan −20 gacha sovuqlik hukmronlik qiladi. Kuzgi va bahorgi paytlarda esa iqlim deyarli bir hil +0 dan tortib to +12 darajagacha obu-havo almashinish hodisasi roʻy beradi.
Aholi
tahrirIrqiy jihatidan — mongoloid irqiga mansub, ushbu aholining aksariyatini oʻzbeklar tashkil etadi.
Xoʻjaligi
tahrirAtroflari keng daladan iborat bu maskanning asosiy tomorqalari, yerning ichidan singib chiqadigan suvlar bilan oziqlanadi. Bu oʻlkalarda anor, behi, tezpishar oʻrik, bugʻdoy, makka joʻxori, shaftoli, piyoz, kartoshka, uzum, olma, gilos, olcha, anjir, nok, qovun, handalak, tarvuz va boshqa poliz ekinlari yetishtiriladi.
Tarix
tahrirQishloqning asl kelib chiqishi, 60-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan Togʻli Sarvak aholisining (yaʼni Tojikistonga) pastki hududga koʻchishga, qoʻshni mamlakatning esa butun oʻziga tegishli atrofni qamal qilinishidan boshlandi.[2]. Aslida oldinlari Sobiq Ittifoq davridan bu holatlarning boshlanishi Yu. Andropov davrida Markaziy Osiyoga millat ideologiyalarining paydo boʻlishi, odamlarda qayta qurish, kapitalistikani qoʻllash fikrlari va ohiri parokandalikga olib kelgan bu hokimiyat, qishloqni oʻzbek qardoshlarini oʻz hududlarida bu yerdan siqib chiqarish rejasini oʻylab chiqishga majbur qildi. 1959-yili Togʻli Sarvak aholisi pastlarda oʻz hususiy mulk yerlarini eggalashi boshlandi va u yerlarga sekin-sekin odamlar togʻlardan tushib kela boshlashdi. Oʻsha zamonlarda odamlar Sobiq Ittifoq tez orada parokanda, demografiya jihatidan yarmi aholi Oʻzbekiston hududida yashaydigan kimningdir akasi, singlisi yoki qarindoshini yana 30-yildan keyin bu yaqin insonlarini chegara ortida turib koʻrishni hech kim hayoliga ham keltirmagan edi.
Qishloqdagi yashagan insonlar haqida
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Fergana.ru. Anklavi Ferganskoy dolini stanovyatsya zonami vse bolee riskovannogo projivaniya, 2008-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-19
- ↑ A. Volosevich. Anklavi Ferganskoy dolini stanovyatsya zonami vse bolee riskovannogo projivaniya., 2016-03-04da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-02-19
Havolalar
tahrir- Landkarte mit Sarwan (Wayback Machine saytida 2013-05-21 sanasida arxivlangan)
- Enclaves of the World: Sarvan (Wayback Machine saytida 2014-03-20 sanasida arxivlangan)
- Enclaves of the World: Datentabelle (Wayback Machine saytida 2013-02-25 sanasida arxivlangan)
- Ferghana Valley enclaves become zones of risk (Wayback Machine saytida 2008-06-05 sanasida arxivlangan), Bericht von Alexei Wolosewitsch auf enews.ferghana.ru
- The Borders Of Eternal Friendship? The politics and pain of nationalism and identity along the Uzbekistan-Kyrgyzstan Ferghana Valley boundary, 1999-2000 (PDF-Datei; 5,38 MB)