Shamsiddin Soxibnazarov
Shamsiddin Sharafidinovich Soxibnazarov – davlat arbobi. Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari[3][4], Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi[5][6]. Yevroosiyo guruhi raisi oʻrinbosari[7].
Shamsiddin Sharafidinovich Soxibnazarov | |
---|---|
Шамсиддин Шарафидинович Сохибназаров | |
Bosh prokuror oʻrinbosari | |
Mansab davri 16-yanvar, 2024-yil – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi | |
Mansab davri 17-oktyabr, 2023-yil – 16-aprel, 2024-yil | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Bosh vazir | Abdulla Aripov |
Oʻtmishdoshi | Dilshod Rahimov[1] |
Yevroosiyo guruhi rais oʻrinbosari | |
Mansab davri 2023-yil yanvar – 2025-yil dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Xalbaev Dovran Dovletovich |
Rais | Chixanchin Yuriy Anatolevich[2] |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
5-yanvar 1982-yil Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | → |
Taʼlim |
Toshkent davlat yuridik instituti Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi |
Maʼlumoti | Oliy |
Mukofotlari |
Mehr-saxovat koʻkrak nishoni |
Unvoni | Adliya katta maslahatchisi |
Bolaligi
tahrirShamsiddin Soxibnazarov 1982-yil 5-yanvarda Farg'ona viloyatida tug'ilgan[7].
Taʼlimi
tahrir2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2012-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[7].
Mehnat faoliyati
tahrirSoxibnazarov mehnat faoliyatini 2004-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona viloyati boshqarmasida boshlaydi va u yerda turli rahbarlik lavozimlarida ishlaydi. 2007-yilda departamentning Toshkent viloyati boshqarmasiga oʻtadi va yerda ham turli rahbarlik lavozimlarida ishlaydi[7].
2010-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida boshqarmaning ichki xavfsizlik boʻlimi katta inspektori etib tayinlanadi. U yerda to 2016-yilga qadar bosh inspektor va boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan. 2016-yilda ushbu boshqarmaning kadrlar boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.
2017-yilda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2018-yilda esa departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi. 2021-yildan boshlab departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlanadi.
2023-yil 16-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlanadi[7]. 2024-yil 16-aprel kuni ushbu lavozimdan ozod etiladi[8].
2023-yil 11-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Yevroosiyo guruhining 39-yalpi majlisida Sohibnazarov Shamsiddin Sharafidinovich 2024-yil yanvardan 2025-yil dekabrga qadar rais oʻrinbosari etib tasdiqlandi[9][7]. Yevroosiyo guruhi davlatlararo tashkilot boʻlib, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan shugʻullanadi.
2024-yil 16-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga oʻrinbosar etib tayinlanadi[10].
Mukofotlari
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Sodiq xizmatlari uchun“ medali[11] va „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Adliya katta maslahatchisi unvoniga ega[7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi“. daryo.uz (2023-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ [https://eurasiangroup.org/ru/mr-yury-chikhanchin-russia „Чиханчин Юрий Анатольевич (Россия) Председатель“]. Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „У Генерального прокурора Узбекистана появился новый заместитель“. podrobno.uz (10-noyabr). Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Начальник Департамента по экономическим преступлениям стал замом Генпрокурора“. repost.uz. Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Сменился глава Департамента по борьбе с экономическими преступлениями“. gazeta.uz (2023-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi“. kun.uz. Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 „Сохибназаров Шамсиддин Шарафидинович (Узбекистан)“. eurasiangroup.org. Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i lavozimidan olingan – manba“ (uz). kun.uz (2024-yil 16-aprel). Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ Abduraimova, Norgul „Shamsiddin Sokhibnazarov was appointed as Deputy Chairman of the Eurasian Group“ (en). uza.uz. UzA (2023-yil 11-dekabr). Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Бош прокурорга янги ўринбосар тайинланди“. daryo.uz (10-noyabr). Qaraldi: 10-noyabr.
- ↑ „Prezident harbiylar va organ xodimlaridan bir guruhini mukofotladi“ (uz). kun.uz (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 10-noyabr.