Yakov Shapiro
Yakov Iosifovich Shapiro (1937-yil 6-iyul, Ukraina SSR, Kiyev viloyati, Olevsk shahri – 2021-yil 3-aprel, Oʻzbekiston, Toshkent[1]) – haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan haykaltarosh, sanʼat arbobi (1976). SSSR Rassomlar uyushmasi aʼzosi, sovet va rus haykaltaroshi Mixail Anikushinning shogirdi.
Yakov Shapiro | |
---|---|
Tavalludi |
6-iyul 1937-yil |
Vafoti |
3-aprel 2021-yil (83 yoshda) Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1963) |
Kasbi | Haykaltarosh |
Mukofotlari |
Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). Shapiro realizmning akademiya oqimiga xos tasviriy va ifoda yoʻllarini qoʻllab dastgoh va monumental sanʼat sohasida ijod qiladi. „Tamtam“ (bronza, 1963), „Yoʻlovchi“ (bronza, 1967) va boshqa dastgoh sanʼat asarlari uning ilk ishlari jumlasiga kiradi. Monumental asarlari: Shastri haykali (bronza, granit, 1972, Toshkentda), Hamid Olimjon haykali (bronza, granit, 1989, Toshkentda), „Semurgʻ qush“ (1989, AQShning Sietl shahrida), Shukur Burhonov byusti (bronza, 1989, qabri ustiga oʻrnatilgan) va boshqalar.
Shapiro respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi; asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va toʻplamlarida saqlanadi[2]
Tarjimai holi
tahrir1937-yilda Ukraina SSR Kiyev viloyati Olevsk qishlogʻida (hozirgi Jitomir viloyatidagi Olevsk shahri) tugʻilgan. Ulugʻ Vatan urushining dastlabki kunlarida oilasi bilan Oʻzbekiston SSRga evakuatsiya qilingan. Margʻilonda yashagan, keyin ota-onasi bilan Toshkentga koʻchib kelgan. 1944-yilda vataniga qaytib, marmar zavodi qoshidagi oʻrta sanʼat maktabiga oʻqishga kirib, sanʼat yoʻnalishida taʼlim olgan. Kiyev rassomlik bilim yurtini tamomlagan, soʻngra Sankt-Peterburgdagi I. E. Repin nomidagi Davlat akademik rassomlik, haykaltaroshlik va arxitektura institutiga oʻqishga kirgan. Oʻqish davrida dunyo boʻylab koʻp sayohat qilgan. Keyinchalik institutda oʻqishni davom ettirib, Toshkentga koʻchib keldi.
Haykaltaroshning asarlari Oʻzbekiston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Italiya, Isroil, Yaponiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida oʻrnatilgan. Toshkentda Yakov Shapiro beshta metro bekati uchun badiiy pannolar, Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon, Sharof Rashidov, Lal Bahadur Shastri, Botir Zokirov, xalq qahramoni Xoʻja Nasriddin Afandi yodgorliklarini yaratgab. Rassom bir qancha meʼmoriy va haykaltaroshlik ansambllarini, jumladan yulduzlar mavzusidagi kompozitsiya – Ona Yer, Ikar, Ulugʻbek, Siolkovskiy, Korolyov, Gagarin siymolari va kosmonavt, ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni Vladimir Jonibekov byustini yaratgan[3].
2021-yil 3-aprelda vafot etgan.
Ussuriyskdagi Pushkin haykali
tahrir2015-yilda „Мы Вместе“ (oʻzbekcha: Biz birgamiz) Primorsk jamoat fondi raisi Valeriy Kanning taklifiga binoan Yakov Shapiro Primorsk oʻlkasining Ussuriysk shahriga buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkinga haykal qoʻyish uchun keldi. Asarning oʻziga xosligi shundaki, muallif haykalda shoirning toʻsatdan kelgan ilhomini tasvirlashni maqsad qilgan. Yakov Shapironing soʻzlariga koʻra, uning Pushkini „skameykada oʻtirmaydi, haykalga oʻxshamaydi, balki oʻziga, fikrga va sheʼrga chekindi“. Yodgorlikning hammualliflari haykaltaroshning doʻsti va hamkasbi SSSR uchuvchi-kosmonavti, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni, aviatsiya general-mayori Vladimir Jonibekov hamda „Biz birgamiz“ jamoat fondi raisi Valeriy Kan edi[4].
Ogʻirligi 2,5 tonnadan ortiq boʻlgan bronza yodgorlik Ussuriysk shahri markazidagi, Pushkin va Nekrasov koʻchalari kesishgan bogʻdagi 7 tonnalik marmar poydevorga oʻrnatildi. Ochilish marosimi 2016-yil 6-iyun kuni shoirning tavallud kuni boʻlib oʻtdi[5]. Marosimning faxriy mehmoni Aleksandr Sergeyevich Pushkinning nabirasi, Pushkin nomidagi Davlat kutubxonasi xodimi Natalya Klimenko boʻldi.
Galereya
tahrir-
Toshkentdagi Shota Rustaveli haykali
-
Ramat Gandagi "Ibodat" monumenti (Isroil)
-
Rafael Eytan byusti
Manbalar
tahrir- ↑ Umer skulptor s mirovim imenem
- ↑ "Shapiro, Yakov Iosifovich" OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Яков Шапиро: Я поездил по миру и теперь в Уссурийске работаю над памятником Пушкину“. primamedia.ru. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
- ↑ „Владимир Джанибеков и Яков Шапиро встретились с жителями и гостями Уссурийска“. anhor.uz. Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
- ↑ „День рождения Александра Сергеевича Пушкина отмечают по всей России. Новости. Первый канал“ (ru). 1tv.ru. Qaraldi: 2016-yil 6-iyun.
Havolalar
tahrir- http://primamedia.ru/news/449457/
- http://vestiprim.ru/2015/05/13/skulptor-s-mirovym-imenem-yakov-shapiro-otolet-iz-bronzy-pamyatnik-pushkinu-v-ussuriyske.html
- http://anhor.uz/culture/6754
- https://web.archive.org/web/20160611013714/http://www.telemiks.tv/news/28611
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |