Shimoliy dvina (ruscha: Се́верная Двина́; Komi tilida: Вы́нва / Výnva) - RF Yevropa qismining shimolidagi daryo. Yug va Suxona daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oq dengizning Dvina qoʻltigʻiga quyiladi. Uzunligi 750 km, havzasining maydoni 362 ming km². Umumiy maydoni 900 km²boʻlgan delta hosil qiladi. Irmoqlari: oʻngdan — Vichegda, Pinega, chapdan — Vaga. Dengiz suvining koʻtarilishi Pinega quyiladigan yergacha yetib keladi. Asosan, qordan, qisman yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi bahorda koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish yerida 3540 m³/sek. noyabr— aprelda muzlaydi. Daryoda baliq koʻp, yogʻoch oqiziladi, kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Arxangelsk, Xolmogori, Verxnyaya Tayma, Kotlas, Krasnoborsk.

Shimoliy Dvina
Tavsif
Uzunligi 750
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Shimoliy Dvina

Manbalar

tahrir