Sirli orol
Sirli orol (fransuzcha: L'Île mystérieuse) ― Jules Vernening romani boʻlib, 1874-yilning avgustidan 1875-yilning sentabriga qadar yozilgan, soʻngra 1875-yilning noyabrida kitob holida nashr etilgan. Hetzel tomonidan chop etilgan birinchi nashrda Jules Feratning rasmlari mavjud. Bu roman Vernening mashhur „Suv ostiga 80000 kilometr“ (1870) va „In search of castaway“ (1867–68) romanlarining davomi hisoblangan, lekin asar mavzusi ushbu kitoblarning mavzusidan tubdan farq qilgan. Dastlab asar nashriyot tomonidan rad etilgan. Nashrdan oldin toʻliq qayta koʻrib chiqilgan romanning dastlabki holati Shipwrecked Family: Marooned with Uncle Robinson deb nomlangan boʻlib, asarda Robinzon Kruzo romanining taʼsiri borligi yaqqol sezilgan[2][3]. Verne oʻzining Godfrey Morgan (frantsuz. L'École des Robinsons,1882-yil) romanida ham xuddi shunday mavzuga asosiy eʼtiborini qaratgan[4].
Asl nomi | L'Île mystérieuse |
---|---|
Muallif(lar) | Jules Verne |
Tarjimon(lar) |
Agnes Kinloch Kingston and W. H. G. Kingston (1875) Stephen W. White (1876) I. O. Evans (1959) Lowell Bair (1970) Sidney Kravitz (2001) Jordan Stump (2001) |
Bezovchi(lar) | Jules Férat |
Mamlakat | Fransiya |
Til | fransuzcha |
Qismlar |
The Extraordinary Voyages #12 Captain Nemo #2 |
Janr(lar)i | Sarguzasht, ilmiy fantastik[1] |
Nashriyot | Pierre-Jules Hetzel |
Avvalgisi | Dunyo boʻylab 80 kun |
Sirli orol xronologiyasi 1866-yilda boshlangan Suv ostiga 80000 kilometr asari bilan mos kelmaydi. Chunki Sirli orol Amerika fuqarolar urushi davrida yozilgan.
Syujet
tahrirAmerika fuqarolar urushi paytida, besh harbiy asir Virginia shtatining Richmond qamalida vodorod bilan toʻldirilgan havo sharida qochib ketishgan. Havo sharida qochganlar Cyrus Smith, Ittifoq armiyasida temir yoʻl muhandisi; uning sobiq quli va sodiq izdoshi Neb (Nebuchadnezzarning qisqartmasi); Bonadventure Pencroff, dengizchi (unga faqat familiyasi bilan murojaat qilingan; Kingston versiyasida u Pencroft deb ataladi); uning asrab olgan oʻgʻli Harbert Brawn (baʼzi tarjimalarda Gerbert deb ataladi); va jurnalist Gedéon Spilettlar edi. Qochqinlarning soʻnggisi esa Cyrusning „Top“ laqabli iti edia.
Havo shari bir necha kun davomida kuchli boʻronda qolib ketgan. Guruh jarliklar bilan oʻralgan, vulqonli, nomaʼlum orolga qulab tushgan. Ular orolni Abraham Lincoln sharafiga „Lincoln oroli“ deb atashadi. Buyuk muhandis Smitning bilimi bilan bu besh kishi orolda olov, kulolchilik buyumlari, gʻisht, nitroglitserin, temir, elektr telegraf, granitli uy deb ataluvchi tosh qoya ichidagi gʻor uy va hatto oʻzlari „Bonadventura“ deb nomlangan kemasiga ham ega boʻlishadi. Endi ular oʻzlarini kelgindi deb emas, balki mustamlakachi deb oʻylay boshlaganlar.
Orolda boʻlgan vaqtlarida „kolonistlar“ yomon ob-havoga chidashgan va Jup (yoki Jordan Stump tarjimasida Joop) degan orangutan Yupiterni xonakilashtirishgan. Orolda qandaydir sir bor edi, u havo shari qulaganidan soʻng Kirning omon qolishi, Topni dyugongdan sirli qutqarilishi va asbob-uskunalar qutisi (qurol va oʻq-dorilar, asboblar) paydo boʻlishi uchun javobgar boʻlgan.
Bir kuni guruh dengizdan topib olingan shisha ichidan yaqin atrofdagi Tabor orolidagi halokatga uchragan odamning xatini topib olishadi. Ular orolga oʻz kemalarida borib, Aytron ismli insonni qutqarishadi. Ammo, Lincoln oroliga qaytishda ular boʻronda yoʻllarini yoʻqotib qoʻyadilar, biroq, sirli olovli mayoq orqali oʻz yoʻnalishlarini qayta topishadi.
Ayrtonning sobiq hamrohlari Lincoln oroliga tasodifan yetib kelishadi va orolni oʻzlashtirishga harakat qilishadi. Qahramonlar bilan boʻlgan jangdan soʻng, qaroqchilar kemasi portlashi natijasida sirli ravishda vayron boʻladi. Oltita qaroqchi omon qoladi va Ayrtonni oʻgʻirlab ketishadi. Mustamlakachilar uni qidirishga chiqishganda, qaroqchilar Harbertni otib, uni jiddiy jarohatlaydilar. Lekin Harbert oʻlimdan qutulib omon qoladi. Mustamlakachilar dastlab Ayrtonni oʻldirilgan deb taxmin qilishadi. Mustamlakachilar Harbert toʻliq tuzalib ketgunga qadar shoshilinch ravishda Granit uyiga qaytishga harakat qilganda, Harbert bezgak bilan kasallanadi, ammo Granit uyidagi stolda sirli ravishda paydo boʻlgan bir quti xinin sulfat bilan uning hayoti yana saqlab qolinadi. Harbert tuzalib ketgach, ular Ayrtonni qutqarib, qaroqchilarni yoʻq qilishga harakat qilishadi.
Biroz vaqt oʻtib mustamlakachilarga orol Kapitan Nemoning yashirin boshpanasi va „Nautilus“ kemasining asosiy porti ekanligi maʼlum boʻldi. „Suv ostida 80000 kilometr“ kitobining oxirida girdobga tushib qolgan „Nautilus“, girdobdan qutilish jarayonida barcha ekipaj aʼzlaridan ajrab, shu yerga kelganligi oydinlashadi. Asar boshidan beri ularga yordam berib kelayotgan sirli homiy Kapitan Nemo ekanligi ham maʼlum boʻladi.
Shundan soʻng, orolning markazidagi vulqoni otilishni boshlaydi va orolni vayron qiladi. Jup ismli orangutan yer yorigʻiga tushib halok boʻladi. Nemo tomonidan vulqon otilishi haqida ogohlantirilgan mustamlakachi kishilar orolning dengiz sathidan yuqorida qolgan soʻnggi qismida boshpana topadilar. Ularni Ayrtonni qutqarish uchun yoʻlga chiqqan Dunkan kemasi qutqaradi. Qoʻshma Shtatlarga qaytgach, ular AQSHda yangi mustamlaka barpo etadilar va bu loyiha Nemo bergan sovgʻalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ingliz tilida nashr tarixi
tahrirAsar Amerika Qoʻshma Shtatlarida birinchi ingliz nashriyoti Scribner’s Monthly jurnalida 1874-yil aprelidan boshlab qismlarga boʻlingan holda chiqa boshlagan[5].1875-yilning sentabrida Sampson Low, Marston Low va Searle Sirli orolning Britaniyadagi birinchi nusxasini Dropped from the Clouds, The Abandoned va The Secret of the Island (195 000 soʻz) nomli uch jilddan iborat kitob holida nashr qilganlar. 1875-yilning noyabr oyida Scribner Sampson Lowning inglizcha tarjimalaridan ushbu kitoblarning Amerika nusxasini nashr etgan. Iddao qilingan tarjimon Kingston 1870-yillarda biznesdagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli ogʻir kunlarni boshdan kechirgan bolalarning sarguzashtlari va kema sayohatlari haqida hikoyalarining mashhur muallifi boʻlganligi uchun Sampson Lowni ushbu kitoblarning tarjimoni sifatida yollagan. Biroq, hozir maʼlumki, Sirli orol va boshqa Jules Vernening romanlari tarjimoni aslida uning turmush oʻrtogʻi boʻlgan. Kingston tarjimasida qahramonning ismi „Smith“dan „Harding“ga oʻzgartirilgan; „Smith“ Buyuk Britaniyada juda keng tarqalgan ism boʻlib, oʻsha paytda quyi sinflar orasida koʻp foydalanilgan. Bundan tashqari, asarning koʻplab qismlari qisqartirilgan yoki butunlay olib tashlangan, shuningdek, ingliz kitobxonlarini xafa qilmaslik maqsadida oʻlim toʻshagida yotgan kapitan Nemoning imperializmga qarshi fikrlari ham chiqarib yuborilgan. Bu tarjima bir asrdan ortiq vaqt mobaynida asosiy manba sifatida qoʻllanib kelingan.
1876-yilda Stephen W.White tarjimasi (175.000 soʻz) birinchi marta Philadelphia shahridagi „The Evening Telegraph“ gazetasining sahifalarida paydo boʻlgan va keyinchalik „Evening Telegraph Reprint Book“ deb nomlangan. Ushbu tarjima asl hikoyaga koʻproq yaqin boʻlib, kapitan Nemoning oʻlim sahnasini qayta tiklagan, ammo hali ham Vernening seregehon qanday ishlashini tasvirlashi kabi baʼzi qismlar chetda qoldirilgan. XX asrda yana ikkita qisqartirilgan tarjima paydo boʻlgan: Fitzroy Edition I. O. Evans tomonidan qisqartirilgan (90,000 soʻz) va Mysterious Island Lowell Bair tomonidan qisqartilgan (90,000 soʻz).
1965-yilda nashr etilgan Complete and Unabridged Classics Series CL77 dan tashqari, 2001-yilgacha Sidney Kravitzning rasmli versiyasi (Wesleyan University Press) „Random House Modern Library“ tomonidan nashr etilgan Jordan Stumpning yangi tarjimasi bilan deyarli bir vaqtda paydo boʻlganidan keyin boshqa qisqartirmagan tarjimalar paydo boʻlmagan. Kravitz shuningdek, Shipwrecked Family: Marooned With Uncle Robinsonni 2011-yilda Shimoliy Amerika Jules Verne Jamiyati va BearManor Fiction tomonidan nashr etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Canavan, Gerry (2018). The Cambridge History of Science Fiction. Cambridge University Press. ISBN 978-1-31-669437-4
- ↑ Krystek. „Jules Verne: An Author Before His Time?“. The UnMuseum (2002). Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ Books in Review: New Editions of "Classic" SF 29 DePauw University July 2002 http://www.depauw.edu/sfs/birs/bir87.htm.
- ↑ Nash. „École des Robinsons (L') – 1882“. JulesVerne.ca (2001-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 3-noyabr.
- ↑ Verne, Jules (April 1874). „The Mysterious Island“. Scribner's Monthly. 7-jild, № 6. 722–734-bet.