Soib Tabriziy (taxallusi; asl ism-sharifi Mirzo Muhammad Ali) (1601Eron, Isfahon1677) — ozarbayjon shoiri. Asosan, fors tilida ijod qilgan. Koʻp sayohatlarda boʻlgan, 8 yil Hindistonda yashagan. Eronga qaytgach, "malik ush-shuaro" unvoniga sazovor boʻlgan. Shoh Abbos II (1642—66) saroyida yashagan. Harbiy yurishlar haqida sheʼrlarjangnomalar, didaktik asarlar — pandnomalar, falsafiy mazmundagi gʻazallar yaratgan. Qandahor yaqinidagi janglarga bagʻishlangan "Qandahornoma" dostoni mashhur. Ozarbayjon tilidagi sheʼrlarida Fuzuliy anʼanalarini rivojlantirgan. Soib shoir sifatida Sharq xalqlari adabiyotlarida koʻplab izdoshlarga ega. Uning katta hajmdagi (120 ming baytga yaqin) sheʼriy merosi nisbatan kam oʻrganilgan.

Soib Tabreziy
Asl ismi صائب تبریزی
Tavalludi 1601-yil
Vafoti 1677-yil
Ijod qilgan tillari Ozarbayjon tili[1] va Fors tili[1]
Fuqaroligi Safaviylar davlati[1]
Janr gʻazal

Adabiyotlar

tahrir
  • Gʻazallar, Boku, 1946.




  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)