Solih Mirzo
Solih Mirzo (1406-yil–1452-yil) — temuriy shahzodalardan. Amir Temurning evarasi, Umarshayx Mirzoning nabirasi va Pir Muhammad Mirzoning o'g'li. Solih Mirzo otasining o'limidan so'ng Shohruh Mirzo saroyida xizmat qiladi. Shohruh Mirzo vafotidan (1447-yil vafot etadi) so'ng uning nabirasi Alouddavla qo'l ostida bo'lgan[1].
Solih Mirzo | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1406-yil |
Vafoti | 1452-yil |
Otasi | Pir Muhammad Mirzo |
Dini | Islom |
Mansubligi | Temuriylar |
Hayot va o'lim
tahrirAlouddavla Mirzo bilan Abdullatif Mirzo o'rtasida sodir bo'lgan 1447/48-yil qish faslidagi jang paytida Solih Mirzo Chechektudagi chegara harbiy guruhining boshlig'i vazifasida qoyim edi[1]. U Abdullatif Mirzoga nisbatan ko'nglida kek va adovat saqlardi. Solih Mirzoning xusumatidan Abdullatif Mirzo yaxshi xabardor edi. Binobarin, Abdullatif Mirzo Chechektu harbiy guruhiga hujum qilib, Solih Mirzoni mag'lubiyatga uchratadi. Solih Mirzo Chechektudan Hirotga qochib keladi va 1452-yilda 46 yoshida vafot etadi[2].