Somsa
Somsa — xamirli taom turi. Nomining kelib chiqishi quyidagi tillar bilan chambarchas bogʻliq: forscha: سنبوساگ sanbosag[1]. Shuningdek, turli millatlarda har xil nomlanadi: eroncha سمبوسه yoki forscha: سنبوسه sanbusé, inglizcha samosa (səˈmoʊsə), panjobcha: ਸਮੋਸਾ, smosa', hindcha: समोसा, urdu: سموسه, arabcha: سمبوسك sambūsak yoki sambusaj[2], bengalcha: সিঙাড়া , assamcha sing-ra, oriya ષ્હિઙદ, shingada, ivritcha: סמבוסק sambusak, gujarotcha: સુમૉસ sumosa', kann. ಸಮೋಸಾ samosa, malayalamcha: സമോസ, maratxi: सामोसा, tam. சமோசா, Andoza:Lang-te, urdu: سموسه, qozoqcha: самса sɑmsɑ́, qirgʻizcha: самса sɑmsɑ́;, oʻzbekcha: somsa sɒmsa, sibirtatarcha: самса sɑmsɑ́, uygʻurcha: سامسا sɑmsɑ́, samsa, turkcha: samsa böreği, turkmancha: somsa, somalicha: 'sambuusa', tojikcha: самбӯса, nepalcha: समोसा, bir.: စမူဆာ sʰəmùzà, malgashcha [sam͡bosḁ], portugalcha chamuça.[3][4]
Turi | Qoʻshimcha taom |
---|---|
Milliy oshxona |
Oʻzbek oshxonasi Qozoq oshxonasi Qirgʻiz oshxonasi Tojik oshxonasi Tatar oshxonasi Uygʻur oshxonasi |
Kelib chiqishi | Osiyo |
Muallifi | Osiyo xalqlari |
Asosiy komponentlari | xamir va ichidagi masalliq (asosan goʻsht) |
Oʻxshashlari | |
Retsepti | Somsa |
Oʻzbek pazandaligida somsa asosan, tandirga yopib dumaloq shaklda tayyorlanadi. Hozir gaz duxovkalarida uchburchak va toʻrtburchak shaklida ham pishiriladi. Somsa tayyorlash uchun bugʻdoy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Somsaga koʻpincha Sirka, pomidor qaylasi, Jizzax somsasiga esa oʻsimlik moyi sepilib tanovul qilinadi. Yevropa davlatlari koʻchalarda hot-dog sotilganidek, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tatariston, Qirgʻiziston kabi davlatlarning aholi yashash joylarida somsa koʻchma tandirlarda yopilib, koʻchalarda, bozorlarda ham sotiladi.[5][6]
Goʻsht ishlatiladigan somsaning baʼzi turlari uchun oshirilgan, baʼzan esa oshirilmagan xamir tayyorlanadi, tandirga yopishdan oldin qizigan tandirga namakob sepiladi (ayrim hollarda duxovka yogʻlanadi). Somsaning masalliqlariga qarab farmuda somsa, goʻshtli, varaqi somsa, koʻk somsa, qovoqli, yalpiz somsa, kartoshkali somsa kabi turlari bor.
Turlari
tahrirTovuq somsa
tahrirYalpiz somsa
tahrirFarmuda somsa
tahrirGoʻshtni qiymalab, parrak-parrak toʻgʻralgan piyoz, tuz va murch qoʻshib, qiyma tayyorlanadi. Xamirni qattiq qilib qorib, pishitiladi va 2 millimetr qilib yoyib, yupqa stakanning ogʻzi bilan kesib, toʻgarak jildlar yasaladi. Har bir jildga qiyma solib, kichkina somsachalar tugiladi. Toʻrtta somsaning yon tomonlarini hoʻllab bir-biriga yopishtirib, yer tandirda yoki gaz shkafida pishiriladi[7][8][9][10][11]
Qovoqli somsa
tahrirOmuxta yogʻ: qoʻyni charvi (ichak va pochka yoni) yogʻlari eritiladi. 100 gramm erigan qoʻy yogʻiga 50 gr qizdirilgan paxta yogʻi qoʻshiladi. Undan oʻrtacha yumshoqlikda shoʻr suvga oddiy xamir qilinadi va biroz tindirib qoʻyiladi. Qovoq, kartoshka, piyoz va dumba yogʻi kubik qilib toʻgʻraladi. Tuzi rostlanadi. Tingan xamir yupqa yoyilib, omuxta yogʻ surtiladi. Xamir rulet holiga keltirilib oʻraladi, uni muzlatkichga 1 soatga qoʻyiladi. Xamir muzlatkichdan olinib, boʻlaklarga boʻlinadi. Va boʻlakchalar cheti joʻvalanib, dumaloq shakl beriladi. Bunda dumaloq shakl oʻrtasini joʻvalamaslikka harakat qilish lozim. Soʻngra qiyma solinib, somsa tugiladi. Listga terilgan somsalar ustiga tuxum yoki qatiq surtib, murch sepiladi. Oldindan qizdirilgan gaz duxovkasida qizargunicha pishiriladi.[12]
Koʻk somsa
tahrirKartoshkali qovurma varaqi somsa
tahrirXamir qorgach, 30-40 daqiqa tindirib qoʻyiladi. 1,5 — 3 santimetr qalinlikda yoyib, ustiga margarin surtiladi va oʻqlovga qayta oʻrab, oʻqlov boʻylab uzunasiga kesiladi. Bunda bir necha qavatli enli tasma hosil boʻladi. Ana shu enli tasmalardan kattaligi 6x8 santimetr keladigan koʻp qavatli jild kesib olinadi. Unga qiyma solib ikki buklanadi va atrofini barmoq bilan yopishtirib chiqiladi. Varaqi dogʻlangan moyda pishiriladi. [13][14]
Qatlama somsa
tahrirQatiq ichiga sirkada soʻndirilgan soda solinib, aralashtiriladi va tuz solingan suvga solib, aralashtiriladi. Ketidan un sepilib, oʻrtacha qattiqlikda xamir qoriladi. Tayyor xamir 30 daqiqa tindiriladi. Soʻngra yupqa yoyilib, eritilgan margarin surtiladi. Xamir zich oʻralib, sellofanga yopiladi va 1 sutka muzlatgichda saqlanadi. Goʻsht, piyoz va charvi mayda toʻgʻralib, taʼbga koʻra tuz sepiladi va aralashtiriladi. Xamir muzlatgichdan olinib, eritiladi va mayda zuvalachalarga kesilib, juvada yoyiladi. Yoyilgan zuvalachalar markaziga qiyma solinadi. Somsa yumaloq shaklda tugilib, toʻrttasi birlashtiriladi. Listga terib chiqilgach, ustidan tuxum surtilib, kunjut urugʻi sepiladi. somsalar 220 darajagacha qizdirilgan gaz pechiga solinib, 10 daqiqadan soʻng olov darajasi 180 darajagacha pasaytiriladi va yana 25 daqiqa pishiriladi. Pishgan somsalar gaz pechidan olinib, ustiga ozgina sovuq suv sachratib yuboriladi.[15][16]
Kartoshkali somsa
tahrirSuvda tuzni suyultirib, sekin-asta eritilgan elakdan oʻtgan unni qoʻshiladi. Juda yumshoq xamir qorib, uni plyonka bilan yopiladi. Yarim soat dam oldiriladi. Sariyogʻ xona haroratida qoldiriladi, shunda yumshoq boʻladi. Sovutilgan asos tayyorlash osonlashtirish uchun 2-3 qismga boʻlinadi. Har bir qismdan „boʻgʻirsoq“ qilinadi. Ularni yumshoq sariyog 'bilan yoyilgan ingichka qatlamlarga birma-bir oʻraladi. Qatlamlar rulon qilib oʻraladi va muzlatgichga qoʻyiladi. Taxminan 3-4 soat davomida u yerda saqlanadi. Kartoshkani tozalanadi, har tomondan taxminan 1 santimetr kubiklarga boʻlinadi. Piyozni maydalang, hosil boʻlgan sharbatni siqib olinadi. Sabzavotlar qovurmaydi va xom olinadi. Ularni bir-biriga aralashtiriladi, oʻsimlik moyini quyiladi, qora qalampir, tuz qoʻshiladi. Rulonni olib, boʻlaklarga boʻlinadi. Stolga unning bir qismini qoʻyiladi. Samsa uchun asos boʻladigan darajada xamir yoyiladi. Shu bilan birga, chizilgan qatlamlarni saqlash kerak. Tayyor masalliqni oʻrtasiga qoʻyib, uchburchak somsa hosil qilinadi. Pechni 180-190 darajaga qadar qizdiriladi. Pishirish listiga somsalarni tugilgan tomoni bilan qoʻyiladi va ustiga tuxum surtiladi. Tayyor boʻlgunga qadar pishiriladi.[17]
Manbalar
tahrir- ↑ Lovely triangles (Wayback Machine saytida 2009-01-08 sanasida arxivlangan) „Hindustan Times“, 23-avgust 2008-yil.
- ↑ Rodinson, Maxime, Arthur Arberry, and Charles Perry. Medieval Arab cookery. Prospect Books (UK), 2001. p. 72.
- ↑ Food Cultures of the World Encyclopedia. Santa Barbara, CA: Greenwood, 2011 — 51-bet. ISBN 978-0-313-37626-9. Qaraldi: 17-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Samsa: Baked Meat Buns“. silkroadchef.com. 2019-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-iyul.
- ↑ Похлёбкин, Вильям Васильевич. Кулинарный словарь, Moskva, 2015 — 318-bet.
- ↑ Зданович Л.И., Зданович. Кулинарный словарь. Moskva: Вече, 2001 — 400-bet.
- ↑ Mahmudov, Karim. O’zbek tansiq taomlari. Toshkent: Mehnat, 1989.
- ↑ Mahmudov, A. S.. O’zbek taomlari. Toshkent: O’zbekiston, 1977.
- ↑ Siddiqov, D.. Lazzatli taomlar. Toshkent: O’zbekiston, 1981.
- ↑ Hojiyev, D. T.. узбекская кухня, Toshkent, 1988.
- ↑ Jigalova, I.. Домашняя выпечка. Toshkent: Mehnat, 1995.
- ↑ Qovoq somsa
- ↑ Madrahimov, A. S.. O’zbek taomlari, Toshkent, 1995 — 164-189-bet. ISBN 5-8244-1149-2.
- ↑ Madrahimov, A. S.. O’zbek taomlari, Toshkent, 1995 — 164-189-bet. ISBN 5-8244-1149-2.
- ↑ Qatlama somsa tayyorlash usuli
- ↑ Somsa xamiri va qatlash usuli
- ↑ „Самса с картошкой“.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |