Suyak oʻymakorligioʻymakorlik turi; suyakni oʻyib naqsh, tasvir ishlash, kesib va yoʻnib haykalcha, buyumlar tayyorlash sanʼati. Asosiy xom ashyo — suyak (mamont va morj tishi, fil, mol suyagi va shoxi, ot va boshqa hayvonlarning suyagi) hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Suyak oʻymakorligi qadimdan yirik hayvonlar yashagan hududlarda maʼlum boʻlgan. Hindiston, Okeaniya, Afrika, Rossiyaning shimolida taraqqiy etgan; Oʻrta Osiyo hududida geografik sharoitga koʻra suyak oʻymakorligi rivojlanmagan. Xalq amaliy bezak sanʼati turlaridan — pichoqchilikda hamda mayda shaklli buyumlar (tugmacha va boshqalar) tayyorlashda suyak oʻymakorligi qoʻllanadi. XX asr 60-yillaridan suyak oʻymakorligi Oʻzbekiston amaliy bezak sanʼatida bir qadar rivojlandi. Jumladan, xalq ustasi Ortiq Fayzullayev saʼyharakati tufayli suyak oʻymakorligida badiiy asarlar — "Choʻpon", "Lazgi oʻyini", "Kurant", "Navoiy" va boshqalar yaratildi.

Tayyorlanishi

tahrir

Kerakli hajmdagi suyak boʻlagi tanlab olinadi, ortiqcha qismlari arralab olib tashlanadi, gʻadir-budur joylari egovda tekislanadi. Suyakka gul chizib, asboblar (parma, arracha, egov va boshqalar) yordamida oʻyib naqshlar hosil qilinadi hamda jilolanadi.