Tania Sachdev
Tania Sachdev (talaffuzi: Tanya Sachdev 1986-yil 20-avgustda tugʻilgan)— hindistonlik shaxmatchi, FIDE xalqaro magistr (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. U 2006 va 2007-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida ikki karra Hindiston chempioni,[1][2] 2007-yilda ayollar oʻrtasida bir karra Osiyo chempioni[1][3] va 2016[4], 2018[5] va 2019[6]-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha uch karra va amaldagi Hamdoʻstlik chempioni. U shuningdek, shaxmat boʻyicha boshlovchi va sharhlovchi hamdur.
Tania Sachdev | |
---|---|
Tugʻilishi |
20-avgust 1986-yil Dehli, Hindiston |
Saravha | Xalqaro shaxmat ustasi (2008), ayol grosstmeyster (2005) |
FIDE reyting | (2022-yil) (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2443 (2013-yil) |
Yoshlik yillari
tahrirDehlida tugʻilgan Sachdevni, 6 yoshida onasi Anju shaxmat oʻyini bilan tanishtirgan.[7] Ota-onasi unga kasbiy taʼlim berishdi. U sakkiz yoshida birinchi xalqaro unvoniga erishdi. Unga dastlabki yillarida K.C.Joshi murabbiylik qilgan. Bolaligida Tania Sachdev bir nechta musobaqalarda gʻolib chiqdi. Uning karerasidagi muvaffaqiyatlari 12 yoshgacha boʻlgan Hindiston chempioni,[8] 2000-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni va 1998-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar divizionida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlishligi bilan boshlangan[9]. 2002-yilda Maravila shahrida oʻtkazilgan oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib boʻladi.[10]
Milliy va xalqaro eʼtirof
tahrir2005-yilda Tania Sachdev ayol grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan sakkizinchi hindistonlik oʻyinchi boʻldi. U 2006 va 2007-yillarda Hindistonning ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha milliy chempionatda gʻolib boʻlgan. 2007-yilda u Tehronda boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻqqiz turdan 6½ ochko toʻplagan holda gʻoliblikni qoʻlga kirtdi.[11] 2009-yilda Arjuna mukofoti bilan taqdirlangan. 2016-yilda Sachdev Reykjavik Open[12][13] musobaqasida eng yaxshi ayol sovrinini qoʻlga kiritdi va Kalkutta shahrida ayollar oʻrtasida Hamdoʻstlik chempioni unvoniga ham sazovor boʻldi.[14]
Tania Sachdev Hindiston terma jamoasi safida 2008-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadalarida, 2009 va 2011-yillarda ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionatida, 2003-yildan buyon shaxmat boʻyicha ayollar jamoaviy Osiyo chempionatida, 2006-yilgi Osiyo oʻyinlarida va 2009-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari ishtirok etgan. Tania Sachdev 2012-yilda Istanbulda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha ayollar olimpiadasida 3-chi shaxsiy bronza medalini, ayollar oʻrtasidagi jamoaviy Osiyo chempionatida toʻrtta jamoaviy kumush (2008, 2009, 2012 va 2014-yillarda) va toʻrtta shaxsiy (uchta kumush va bitta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.[15]
2015-yilda Sachdev tezkor shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo qitʼa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.[16]
Sachdev Chessbase (shaxmat bazasi) uchun Fritztrainer Strategy DVD-ni taqdim etdi. Magnus Karlsen va Viswanathan Anand oʻrtasida 2013-yilda Chennayda boʻlib oʻtgan Jahon chempionati oʻyini rasmiy sharhlovchilar guruhi aʼzolaridan edi.[17] 2019-yil iyul oyida Sachdev ayollar oʻrtasidagi Hamdoʻstlik oʻyinlarida chempionlikni qoʻlga kiritdi va oʻz unvonini himoya qildi.[18][19]
Shaxsiy hayoti
tahrirSachdev Dehlidagi Vasant Vixardagi Zamonaviy maktabni tamomlagan va Shri Venkateswara kollejida ham tahsil olgan.
Unga Red Bull homiylik qiladi.[20] Sachdev 2014-yil noyabr oyida dehlilik arxitektor Viraj Katariaga turmushga chiqdi.[7][21]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Tania Sachdev | Chess Celebrities“. Chess.com.
- ↑ „The evolution of women's chess in India“. ChessBase India (8-mart 2021-yil).
- ↑ „Tania sachdev wins Asian chess title“. Mumbai Mirror.
- ↑ „Tania wins maiden Commonwealth gold, sets eyes on 2016 Chess Olympiad“. Hindustan Times (9-avgust 2016-yil).
- ↑ Kulkarni. „P. Karthikeyan, Tania Sachdev Win Commonwealth Titles“. Chess.com.
- ↑ Rao, Rakesh. „Commonwealth chess championship: Fantastic fifth for Abhijeet Gupta“. The Hindu (7-iyul 2019-yil).
- ↑ 7,0 7,1 „Tania Sachdev“ (inglizcha). Red Bull. Qaraldi: 30-yanvar 2018-yil.
- ↑ „Tania Sachdev joins the Chessdom commentators team“. Chessdom (6-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
- ↑ „World Championship in U18 categories. 25/10-7/11/1998“ (inglizcha). chess.gr. 2019-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Deepan and Tania Champs, India sweeps all the titles“ (inglizcha). 25th Asian Juniors 2002, Sri Lanka. Qaraldi: 7-noyabr 2015-yil.
- ↑ „12th Asian Women Indevidual [sic Chess Championship“] (inglizcha). Chess-Results.com. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
- ↑ Ramirez. „Indian success in Iceland“ (inglizcha). ChessBase (20-mart 2016-yil).
- ↑ „Abhijeet wins Reykjavik Open; Tania makes Grandmaster norm“ (inglizcha). The Times of India (17-mart 2016-yil). Qaraldi: 31-avgust 2016-yil.
- ↑ Jayaratnam, Narayanaswamy. „Gupta and Sachdev overall champions of Commonwealth Open Chess“ (inglizcha). Daily News (19-avgust 2016-yil). Qaraldi: 31-avgust 2016-yil.
- ↑ „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Sachdev Tania“ (inglizcha). OlimpBase. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
- ↑ „Tania Sachdev wins silver in rapid chess | Chess News - Times of India“ (inglizcha). The Times of India (12-avgust 2015-yil). Qaraldi: 3-iyul 2021-yil.
- ↑ Shah. „Improve Your Chess With Tania Sachdev“ (inglizcha). Chess News. ChessBase (4-iyul 2014-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2016-yil.
- ↑ Rao, Rakesh. „Commonwealth chess championship: Fantastic fifth for Abhijeet Gupta“ (en-IN). The Hindu (7-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Abhijeet Gupta wins the Commonwealth title for a record fifth time!“. ChessBase India (8-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2021-yil.
- ↑ Iyer. „Don't mind being called a chess hottie: Tania Sachdev“ (inglizcha). Mid-Day (2014-yil 8-iyun).
- ↑ Bhalla. „Chess champ Tania Sachdev ties knot with Viraj Kataria in Delhi“ (inglizcha). The Times of India (4-noyabr 2014-yil).