Temurbeklar maktabi
Temurbeklar maktabi — Oʻzbekistonda tashkil etilgan harbiy-akademik litseylar. Ushbu nom 2017—2019-yillarda Respublikadagi barcha harbiy litseylarga (akademik litseylarga) nisbatan qoʻllangan. 2019-yildan esa faqatgina yangi tashkil etila boshlagan harbiy-akademik litseylarga nisbatan qoʻllanilib kelinmoqda. Taʼlim muassasalarining nomi Amir Temur nomiga atab qoʻyilgan.
Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yildagi farmoniga asosan Respublikadagi barcha harbiy litseylarga „Temurbeklar maktabi“ deb nom berilgan. Keyinchalik, Prezidentning 2019-yildagi qaroriga asosan mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday yangi akademik litseydan bittadan shakllantirila boshladi. Natijada, Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlgan Samarqand va Urganchdagi „Temurbeklar maktabi“ning faoliyati tugatildi.
Temurbeklar maktablarining roʻyxati
tahrir„Temurbeklar maktabi“ | Negizida yangi „Temurbeklar maktabi“ tashkil etilgan taʼlim muassasalari | „Temurbeklar maktabi“ biriktirilgan taʼlim muassasalari | Manzili |
---|---|---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Fargʻona „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi[3] | Mudofaa vazirligi harbiy-texnik yoʻnalishidagi Fargʻona akademik litseyi | Fargʻona davlat universiteti va Qurolli Kuchlar akademiyasi | Fargʻona shahri |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi | Qibray „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi | Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Davlat xavfsizlik xizmati instituti | Qibray shaharchasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Nukus „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi[4] | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litsey | Qoraqalpoq davlat universiteti va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi | Nukus shahri |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Toshkent „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi | Toshkent „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi | Milliy gvardiya harbiy-texnika instituti | Toshkent shahri |
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shahrisabz „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi | Shahrisabz iqtisodiyot kolleji | Qarshi davlat universiteti va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi | Shahrisabz shahri |
Tarixi
tahrirDastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilda qabul qilgan "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida" farmoniga asosan Respublikadagi barcha harbiy litseylarga Amir Temurga atab „Temurbeklar maktabi“ deb nom berilgan[5]. Keyinchalik, Prezidentning 2019-yilda "Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Quqolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zahirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" imzolagan qaroriga muvofiq mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida shunday yangi akademik litseydan bittadan shakllantirila boshladi[2]. Natijada, Mudofaa vazirligiga qarashli boʻlgan Samarqand va Urganchdagi „Temurbeklar maktabi“ning faoliyati tugatildi[6][7].
Manbalar
tahrir- ↑ „Yangi „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseylari tashkil etildi“. Gazeta.uz (2019-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Yangi „Temurbeklar maktab“larida kimlar oʻqiydi“. Mudofaa-temurbeklar.uz (2020-yil 10-mart). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Fargʻona „Temurbeklar maktabi“ harbiy-akademik litseyi“. Mudofaa-temurbeklar.uz. 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
- ↑ „Vazirlik tasarrufidagi oʻquv muassasalari“. Iiv.uz. 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
- ↑ „„Temurbeklar maktabi“ning bitiruvchilari oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilinadi“. Uzbekistan-geneva.ch. Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
- ↑ „Samarqanddagi „Temurbeklar maktabi“ tugatiladi“. Zarnews.uz (2021-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.
- ↑ „Urganch „Temurbeklar maktabi“ harbiy akademik litseyi faoliyati tugatiladi“. Uza.uz (2021-yil 7-aprel). Qaraldi: 2021-yil 19-noyabr.