Toʻrgʻaylar
Toʻrgʻaylar (Alaudidae) — chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 15 urugʻga mansub 78 turi maʼlum. Asosan, Afrika, Osiyo, Yevropada tarqalgan. Amerikada 1 turi va Avstraliyada 2 turi uchraydi. Ayrim turlari iqlimlashtirilgan. Tanasining uz. 110–230 mm, ogʻirligi 1570 g. T. ochiq yerlarda —dala, choʻl, sahro, baʼzan oʻrmon va yalangliklarda yashaydi. Uyasini yerga qoʻyadi. Odatda, 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini faqat modasi 12—16 kun bosadi. Ikkala jins 10—11 kun bolalarini uyasida, 8—10 kun uyadan tashqarida oziqlantiradi. Oʻsimlik urugʻlari va hasharotlarni yeydi. Koʻpayish davri tamom boʻlgandan soʻng guruhlarga birlashadi. Shimolida yashovchi T. qishda jan. ga, togʻdagilari vodiyga koʻchib oʻtadi. Oʻzbekistonda dala toʻrgʻayi, soʻfitoʻrgʻay, qoraqosh T., kichik T., hind toʻrgʻayi, joʻr va boshqa uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |