To‘ychi Ko‘chiboyev
Toʻychi Togʻayevich Koʻchiboyev (oʻzbekcha: Тўйчи Тоғаевич Кўчибоев; 1922-yil 12-mart, RSFSR, Turkiston ASSR, Fargʻona viloyati, Skobelev uyezdi Chekobod qishlogʻi — 1981-yil 26-sentyabr Oʻsh viloyati, Chekobod qishlogʻi) — Qirgʻiziston SSR Oʻsh viloyati, Aravon tumani, Jdanov nomidagi kolxoz raisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966), Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1958), SSSR Oliy Kengashining 7[1] va 8-chaqiriq[2] deputati. Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 6-chaqiriq deputati[3].
Toʻychi Togʻayevich Koʻchiboyev | |
---|---|
Tavalludi |
1922-yil 12-mart |
Vafoti |
1981-yil 26-sentyabr Oʻsh viloyati, Chekobod qishlogʻi |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | kolxoz raisi, deputat |
Mukofotlari |
Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali |
Biografiyasi
tahrir1922-yilda Turkiston ASSR Fargʻona viloyati Aravan tumani Chekobod qishlogʻida (hozirgi — Oʻsh viloyati Aravan tumani[3]) dehqon oilasida tavallud topgan, millati oʻzbek. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan qishlog‘idagi 7 yillik maktabni tugatgach, 1931-yildan „Qizil to‘lqin“ kolxozida mehnat qila boshlaydi[4].
1940-yilda Koʻchiboyev Qizil Armiya safiga chaqirilib, Latviya SSR Daugavpils shahrida xizmat qiladi. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etadi va urushda ogʻir yaralanadi (1941). 1942-yil may oyidan 363-artilleriya polkida xizmat qiladi. Stalingrad, Rostov-Don, Taganrog, Nikolaevka, Gomel, Kaunas, Pragani ozod qilishda, Kenigsberg va Berlinni egallashda kechgan ogʻir janglarda qatnashadi va koʻrsatgan jasorati va qahramonliklari uchun bir qancha harbiy unvonlar bilan taqdirlanadi . 1944-yilda Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasiga aʼzo bo‘ladi.
Demobilizatsiyadan so‘ng Koʻchiboyev oʻzi tug‘ilib-o‘sgan qishlog‘ida joylashgan Michurin nomidagi 8 yillik maktabda harbiy instruktor bo‘lib ishlaydi.
1946—1947-yillarda — partiya qoʻmitasi kotibi.
1947—1948-yillarda — Aravon tumani „Qizil toʻlqin“ kolxozi raisi oʻrinbosari.
1948—1950-yillarda qoloq kolxozlardan biri „Qizilobod“ kolxozi raisi boʻlib faoliyat koʻrsatadi va uni viloyatdagi ilgʻor xoʻjaliklar qatoriga olib chiqadi.
1950—1952-yillarda Jdanov nomidagi birlashgan kolxoz rahbari.
1957-yilda „Paxtachi“, „Qizil toʻlqin“ va „Qizilobod“ jamoa xoʻjaliklarini oʻz ichiga olgan Jdanov nomidagi kolxoz raisi etib saylanadi va kolxozga 18 yil davomida rahbarlik qiladi. Bu davrda kolxoz nafaqat viloyatda, balki respublikada ham ilg‘or xo‘jaliklardan biriga aylanadi. Paxta hosildorligi rekord darajaga yetkaziladi. 1966-yilda umumiy 1200 gektar maydonning har gektaridan 36 sentnerdan paxta hosili olishga erishadi, 7 yillik mehnat rejasi 107 foizga bajariladi (davlatga rejadan ortiq 4708 tonna paxta topshiriladi). Sut olish 106 foizga, jun olish 100 foizga bajariladi. Kolxozchilarning sof daromadlari ham sezilarli darajada oshadi, bir qator turar-joy binolari, ijtimoiy va maishiy obyektlar, maktab va sogʻliqni saqlash muassasalari, savdo shoxobchalari, suv va elektr tarmoqlari qurib bitkaziladi. Koʻplab koʻcha va yoʻllar asfaltlanib, obodonlashtirish ishlari olib boriladi.
Mukofotlari
tahrirSSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1966 yil 30-apreldagi farmoni bilan Koʻchiboyev Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan Lenin ordeni, „O‘roq va Bolg‘a“ oltin medali bilan taqdirlanadi.
SSSR Oliy Kengashining 7 (1966—1970) va 8-chaqiriqlari (1970—1974) deputati, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 6-chaqiriq (1962-1966) deputati etib saylanadi.
Xotira
tahrir1985-yilda Chekobod qishlogʻi Koʻchiboyev nomiga oʻzgartirilgan[3]. Chekobod qishlog‘idagi ko‘chalardan biriga hamda Aravon tumanidagi 17-maktabga Ko‘chiboyev nomi berilgan. T. Koʻchiboyev nomidagi maktabda Mehnat Qahramoni muzeyi yaratilgan[5].
Havolalar
tahrir- Kochubaev, Toychi Tagaevich (Wayback Machine saytida 2017-08-02 sanasida arxivlangan)
- Geroi Sotstruda — Sotsialisttik emgektin baatirlari
- Shkola № 17 imeni T. Kochubaeva Aravanskogo rayona
- Izbiratelniy uchastok sela Kochubaev
- Bashkarma Kochubaev[sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka)
- Gazeta „Sovettik Kirgizstan“ 24.05.1970 Kandidat v deputati Kochubaev
Adabiyotlar
tahrir- Qirgʻiziston: Uluttuk ensiklopediyasi. — Bishkek: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, 2006. — 1-jild / Boshki ed. Y. A. Asanov. — ISBN 9967-14-046-1
- Borbugulov M. Oʻsh viloyatlari ensiklopediyasi. — Frunze, 1989 yil .
- Qirg‘iziston ravnaqi yo‘lida: Qirg‘izistonning ko‘zga ko‘ringan o‘zbeklarining entsiklopedik nashri / Rahbarligida. B. J. Juraeva. — Oʻsh : Rizvon, 2017. — 336 b.
Manbalar
tahrir- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР VII созыва“. 2013-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
- ↑ „Список депутатов Верховного Совета СССР VIII созыва“. 2013-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-mart.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Кочубаев, Тойчи Тагаевич“. 2017-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.
- ↑ Сайт «Герои страны».
- ↑ „Школа № 17 имени Т. Кочубаева Араванского района“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-iyun.