Tofiq Bahramov (ozarbayjoncha: Tofiq Bəhramov; ruscha: Тофик Бахрамов; 1925-yil 29-yanvar – 1993-yil 26-mart)[1] — sovet futbolchisi va ozarbayjonlik futbol hakami.

Tofiq Bəhramov

Bahramov in 1967
Tavalludi
Tofiq Bəhram oğlu Bəhramov

29-yanvar 1925-yil
Vafoti 26-mart 1993-yil(1993-03-26)
(68 yoshda)
Baku, Ozarbayjon
Fuqaroligi Ozarbayjon va SSSR
Kasbi Futbolchi va Hakam

U Gʻarbiy Germaniyaga qarshi 1966-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida Angliya terma jamoasiga shubhali gol kiritishga yordam bergan qanot hakami futbol muhlislari va mutahasislari eʼtiboriga tushdi. U oʻzining qarori va Sovet fuqaroligi sababli Angliyada uni „rus qanot hakami“ deb ataldi, garchi u aslida rus emas, balki ozarbayjon millati vakili edi[2][3][4]. Turnir boshida bosh hakam sifatida u Shveysariya va Ispaniya oʻrtasidagi birinchi bosqich oʻyinida shveytsariyaliklarning golni hisobga olmagani bilan eʼtiborga tushgan edi.

1993-yilda vafotidan soʻng Ozarbayjonning oʻsha paytdagi milliy stadioni uning sharafiga Tofiq Bahramov nomidagi Respublika stadioni deb nomlandi.

Faoliyati

tahrir

Bahramov dastlab „Neftchi“ PFK jamoasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatida davomida oyogʻidan olgan ogʻir jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini davom ettirishga toʻsqinlik qildi va u keyinchalik hakam faoliyatini boshladi[5]. U 1964-yilda FIFA hakamlar kengashi tarafidan FIFA hakami sifatida saylangan. 1966-yilgi Jahon chempionatida u ochilish oʻyinida[6] ham, finalda ham qanot hakami sifatida ishlagan va birinchi bosqich oʻyinlarida bosh hakamlik qilgan. 1970-yilgi Jahon chempionatida u uchta oʻyinda, shu jumladan yarim finalda hakamlik qilgan[7]. 1972-yilda u Angliyaning „Vulverxempton“ va „Tottenxem“ klublari oʻrtasidagi UEFA kubogi finalining birinchi oʻyinini boshqargan[8]. Hakamlik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, u bir necha yil Ozarbayjon Futbol Federatsiyasi bosh kotibi lavozimida ishladi[9].

Uembli goli

tahrir
 
Bahramov 66 futbolka kiygan ingliz muxlislari. Oʻrtada Tofiq Bahramovning oʻgʻli turibdi.

1966-yilgi Jahon chempionati finalida 2–2 hisobi va 15 daqiqalik qoʻshimcha boʻlimning birinchi qismida 11-daqiqasidan soʻng angliyalik Geoff Hurst darvoza tomon zarba yoʻlladi. Zarba yakunida toʻp toʻsindan keskin maydonga tegib, darvozadan boshqa tomonga yoʻnaldi. Bosh hakam Gotfrid Dienst maydonning oʻsha qismida qanot hakami boʻlib turgan Bahramov unga ishora qilayotganini payqadi va gol deb hosblab maydon markazini koʻrsatdi. Oxir-oqibat, Dienst oʻyinda 4–2 hisobida gʻalaba qozongan Angliyaga uchinchi golini kiritishda yordam bergan hakam sifatida qoldi.

Angliyaning uchinchi golini berish qarori hali ham muhokama qilinmoqda. Umuman Germaniyada Bahramov xato qilgan deb hisoblashadi. Angliyada koʻplab gazetalar gol hisblanishida asosiy muallifi boʻlgan „rus laynsmeni“ni tilga olishgan, chunki oʻsha paytda Ozarbayjon Sovet Ittifoqining bir qismi boʻlgan va taxallus shu darajada saqlanib qolganki, uning haqiqiy ismi butunlay unutilgan.

Oʻyin qonunlariga koʻra, gol berilishi uchun toʻp toʻliq diametri chiziqning toʻliq kengligi orqasida joylashgan holda darvoza chizigʻini kesib oʻtishi kerak. Nemis futbolchilari darvoza chizigʻidagi boʻr changini koʻrganini daʼvo qilishdi, bu esa gol emasligini koʻrsatadi. Roger Huntning taʼkidlashicha, toʻp chiziq orqasida qolgani koʻrgan.

Bahramov oʻz xotiralarini yozar ekan, u toʻp toʻsindan emas, toʻrdan qaytganiga ishonganini, shuning uchun toʻpning keyingi harakati allaqachon ahamiyatsiz boʻlganini va unga ham koʻrinmasligini aytdi. Bahramov hakamlikni va umuman futbol oʻyinini yaxshi koʻrardi va futbol oʻyinlarini „duellar… kutilmagan burilishlar va hatto haqiqiy moʻjizalarga toʻa va kim atigi 90 daqiqa boʻlsa ham sehrgar boʻlishni xohlamaydi?“ " deb taʼriflagan[10].

 
1993-yilda vafotidan keyin Ozarbayjon milliy stadioni Tofiq Bahramov nomidagi Respublika stadioni deb nomlandi.

Bokudagi Ozarbayjon milliy stadioni uning sharafiga Tofiq Bahramov nomidagi stadion deb ataladi. 1993-yilda, Ozarbayjon mustaqilligi erishishi va Bahramov vafotidan keyin koʻp oʻtmay, Sovet Ittifoqi rahbari Vladimir Lenin nomi bilan atalgan stadionga Tofiq Bahramov nomi beriladi.

2006-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati saralash bosqichida Angliya terma jamoasi Ozarbayjon bilan bir guruhdan joy olganida, Bokudagi stadionda uchrashuv oldidan uning xotirasiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtdi. Marosimga Geoff Hurst, Michel Platini va Sepp Blatter ham tashrif buyurdi. Marosimda uning haykali ham ochildi va u oʻz ism sharifi stadionga ega boʻlgan birinchi futbol hakamga aylandi[11][12]. Oʻsha tashrif chogʻida uning oʻgʻli Bahrom Bahromov ingliz muxlislari vakillari bilan uchrashib, 1966-yilgi mashhur „rus laynsmen“i nihoyat oʻzining haqiqiy millatiga qaytganidan mamnunligini bildirdi. „Endi Ozarbayjon mustaqil ekan, uni ozarbayjon xalqining aʼzosi sifatida eslash juda toʻgʻri. Tofiq Bahramovga oʻxshaganlar yuz yilda bir marta tugʻiladi“[13].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „(Photo of gravestone inscription): Tofiq Bəhramovun yubileyi qeyd olunub (fotolar)“ (az). Azerbaijan Football Association. 2015-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. The Russian linesman (Wayback Machine saytida 2018-05-28 sanasida arxivlangan) Top 10 Times Referees Trumped Sport by www.realclearsports.com
  3. „Baku memorial for 1966 linesman“. BBC (2004-yil 13-oktyabr).
  4. Tofiq Bahramov, the ‘Russian linesmanʼ http://eastofelveden.wordpress.com
  5. „azerifootball.com“ (ru). Azerifootball.com. Qaraldi: 2013-yil 16-aprel.
  6. „England vs. Uruguay 11 July 1966“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  7. „Azerbaijan - T. Bakhramov“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 7-sentyabr.
  8. „1971/72 UEFA Cup“. UEFA. Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
  9. Tofiq Bəhramovun xatirəsi əziz tutulur (ozarbayjoncha)
  10. „Baku Celebrates its Wembley Hero“.
  11. Abidəsi olan ilk hakim (Wayback Machine saytida 2011-07-06 sanasida arxivlangan) (ozarbayjoncha)
  12. Tofiq Bəhramovun anadan olmasından 78 il keçir[sayt ishlamaydi] (ozarbayjoncha)
  13. Azerbaijan v England article by Chris Hunt published in Football First newspaper, 17 October 2004

Havolalar

tahrir