Tohir Chigʻatoy (1902-yil 27-mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan) – turkiy tarixshunos olim va professor.

Tohir Chigʻatoy
Tavalludi 1902-yil 27-mart
Vafoti 1987-yil 27-iyun
Bursa shahri
Taʼlimi Heidelberg universiteti (Germaniya)
Kasbi iqtisodchi, yozuvchi
Faoliyat yillari 1929-1987
Unvoni professor
Turmush oʻrtogʻi Saodat Chig'atoy
Otasi Shokir hoji Roziqboy o‘g‘li

Taʼlimi

tahrir

Tohir Chigʻatoy boshlangʻich taʼlimni Toshkentdagi eski maktabda, keyin esa yangi usul va rus-tuzem maktablarida olgan. Soʻngra Urfadagi madrasai Oliyada, 1917-yilda esa Ozarbayjonga borib, Bokudagi dorilmualliminda tahsil olgan. 1922-yilga kelib oʻqish uchun Germaniyaga ketgan, u yerda avval Berlin universitetida, undan keyin esa Heidelberg universitetining falsafa fakultetida tahsil olgan. Universitetda 1931-yilga qadar falsafa, sotsiologiya va iqtisodiyot fanlaridan saboq olgan. Keyinchalik, Turkiston iqtisodiyoti boʻyicha doktorlik dessertatsiyasini himoya qilgan. Uning doktorlik ishi Bryusselda nemis tilida nashr etilgan[1].

1939-yilda oilasi bilan Anqaraga koʻchib kelib, 1948-yildan boshlab Anqara universitetining til, tarix va joʻgʻrofiya fakultetlarida sotsiologiya boʻyicha maʼruzalar oʻqigan, shuningdek, tadqiqot ishlarini ham oʻsha yerda davom ettirgan. 1953-yildan 1972-yilga qadar ushbu fakultetda dotsent, 1962-yilgacha esa professor va ijtimoiy fanlar boʻlimi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Mehnat faoliyati

tahrir

Tohir Chigʻatoy „1950—1960-yillar ichida qizil imperializm“ nomli bir necha asarlarni nashr ettirgan. Shuningdek, Germaniya va Turkiyada nashr etiladigan matbuot sahifalarida Turkistonning tarixi, ijtimoiy-siyosiy hayoti, adabiyoti va madaniyati, chor va sovet davridagi mustamlakachilik siyosatining oqibatlari haqida ham maqolalar chop ettirgan.

1929—1939-yillarda Berilnda oʻzbek tilida nashr etiluvchi „Yosh Turkiston jurnali“da faoliyat olib borgan.

Asarlari

tahrir

Tohir Chigʻatoy „Turkiston milliy adabiyoti va adiblar fojiasiga doir“ (Berlin, 1934), „Turkiston paxta xoʻjaligi“ (Berlin, 1934), „Turkiston milliy harakati va Mustafo Choʻqay“ (Istanbul, 1950), „Turkistonga doir baʼzi jarayonlar haqida qarashlarimiz“ (Istanbul, 1952), „Turkistonda turkchilik va xalqchilik“ (Istanbul, 1951—1954), „Qizil imperializm“ (Istanbul, 1958—1967), „Turkistonda milliy ozodlik harakatidan lavhalar“ (1959) asarlarining muallifi hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti

tahrir

1932-yilda Berlinda istiqomat qilgan qozonlik tatar taraqqiyparvari, gazetachi va siyosatchi Muhammad Ayoz Is’hoqiyning qizi Saodat bilan turmush qurgan[2].

Tohir Chigʻatoy 1987-yil 27-iyunda Bursada vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. Chig'atoy, Tohir. Ular Germaniyada o'qigan edilar. Toshkent: Akadem-Xizmat bosmaxonasi, 2006 — 155-163-bet. 
  2. Chig'atoy, Tohir „“Turkiston zaminida qizil maydonlar va Lenin haykallarining turishi millatni qullik sindromiga olib keladi”. Vatanga qaytolmagan Tohir Chig‘atoy hikoyasi“. oyina.uz. Qaraldi: 2024-yil 12-oktyabr.