Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilgan. Toʻliq 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan atalgan, 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi va hozirgi paytgacha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti nomi bilan atalmoqda. Universitetda va filiallarida 26,350 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
Universitet logotipi | |
Xalqaro nomi |
Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi |
---|---|
Turi | Universitet |
Asos solingan sanasi | 1955 |
Rektori | Мaxkamov Baxtiyor Shuhratovich |
Talabalari | 13,000+ |
Bakalavriat | 26 ta yoʻnalish |
Magistratura | 32 ta mutaxassislik |
Akademiklari | 1 |
Fan doktorlari | 16 |
Professorlari | 16 |
Oʻqituvchilari | 400 |
Manzili | |
Veb-sayti | www.tuit.uz |
Tarixi
tahrirTATU 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti deb nomlangan. 2002-yili 1-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qaroriga koʻra u universitetga aylantirildi. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
- 1955-yil 28-iyun - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti o‘z faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa vazirining 487-son buyrug‘i bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N.B.Matskevitch
- 1957-yil - M.I.Astaxov rektor etib tayinlandi
- 1957/1958-yillarda - Radioaloqa va Radioeshittirish fakulteti hamda kechki va sirtqi ta’lim bo‘limlari tashkil etildi.
- 1961-yil - Institut yangi binoga ko‘chib o‘tdi. O‘quv-ishlab chiqarish bazasi tashil etildi.
- 1965-yil - Talabalar soni – 4000 nafar, Kafedralar/laboratoriyalar soni – 21 / 40 ta, Bitiruvchilar soni - 915 nafar
- 1966-1970 yillarda - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutida 1900 nafar elektraloqa muhandislari tayyorlandi.
- 1966-yil - Toshkent zilzilasidan so‘ng Institut hududida 3 ta mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun pavilyonlar tashkil etildi.
- 1966-yil - Talabalar uchun 2 ta turar joy har biri 480 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi (avvalgi Jahon Obidova ko‘chasi - hozirgi Bog‘I Shamol ).
- 1969-yil - Telefon-Telegraf Aloqasi fakulteti bazasida Avtomatik Elektr Aloqa va Ko‘p kanalli Elektr Aloqa fakultetlari tashkil etildi.
- 1972-yil - S.N.Kolesov Institut rektori etib tayinlandi.
- 1973-yil - Institut hududida 40 xonadonga mo‘ljallangan uy, ikki qavatli talabalar oshxonasi va hisoblash markazi uchun maxusu 2 bino qurildi
- 1976-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutiga t.f.d., professor, akademik D.A.Abdullaeyev rektor etib tayinlandi.
- 1979-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Institutining Farg‘ona, Frunze (hozirgi Bishkek), Dushanbe va Almata shaharlarida sirtqi fakultetning tayanch punktlari tashkil etildi.
- 1974-yiln - Har yili 400 nafar talabalar O‘zbekistonning, Rossiya, Qirg‘iziston davlatlarida “Talabalar Qurilish Otryadi”ga jalb etilgan.
- 1979-yil - Toshkent Elektrotexnika Aloqa Instituti kutubxonasi jamg‘armasi 300 mingdan ortiq kitob va jurnalga ega bo‘ldi.
- 1982-yil - Talabalar uchun 3 ta 9 qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.
- 1986/1987 yilldan - Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika fuqarolarini o‘qishga qabul qilish boshlandi
- 1990-yil - institutda 27 ta kafedra, 75 ta o‘quv markazi, 17 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, hisoblash markazi va 3 ta kompyuter xonasi, rangli televizor, o‘quv markazi faoliyat ko‘rsatdi.
- 1991-yil - Termiz shahrida universitet filiali tashkil qilindi
- 1991-yil - Institutga 3 ixtisoslik bo‘yicha aspiranturaga tashkil etildi va nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishga ruxsat etildi
- 1992-yil - TEAIga t.f.d., professor, akademik T.D.Radjabov rektor etib tayinlandi.
- 1993-yil - TEAI qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
- 1994-yil - Institut qoshida Markaziy Osiyo Telekommunikatsiya o‘quv markazi tashkil etildi
- 1994/1995 yiln - Institutda telekommunikatsiya, televideniya, radioeshittirish va radioaloqa, menejment yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash boshlandi.
- 1996-yil - Respublika aloqa vazirligining buyrug‘i asosida universitetda muhandis-iqtisodchi fakulteti tashkil etildi
- 1997-yil - Institut tarkibidagi litsey-internat o‘z faoliyatini boshladi
- 1999-yil - Institut 808 ta injener va bakalavrlar tayyorlab, hayotga yo‘llanma berdi
- 1999-yil - TEAIda magistratura bo‘limi ochildi.
- 2002-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
- 2002/2003 yil Ikki yangi yo‘nalish v amutaxassisiklar; elekron tijorat va axborot xavfsizligi bo‘yicha bakalavr df magistrlar tayyorlash boshlandi.
- 2005-yil - Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi.
- 2007-yil - TATU qoshidagi "O‘zbekiston-Koreya axborot almashish" markazi ochildi. TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan Anglashuv Memorandumi asosida tashkil topgan.
- 2009-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan TATUda yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi.
- 2010-yil - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika kafedrasi qoshida NATIONAL INSTRUMENTS texnologiyalari markazi ochildi.
- 2013-yil - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 Qarori bilan texnika yo‘nalishlariga kirish imtihonlari tarkibiga xorijiy til kiritildi.
- 2013/2015 yil - Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallarida "Bunyodkor yoshlar 2013”, "Bunyodkor yoshlar 2014” va "Bunyodkor yoshlar 2015” kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi.
- 2013-yil - Davlat aloqa qo‘mitasining 30.09.2013 y. №366 sonli "TATU qoshida "Elektron xukumat” o‘quv markazi yaratish haqida”gi buyrug‘iga asosan o‘quv markazi tashkil qilindi va 9195 nafardan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari ta’lim oldi.
- 2017-yil - Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
- 2018-yil - TATU davlat OTMlari orasida birinchilardan bo‘lib ta’limning kredit tizimiga o‘tildi.
- 2019-yil - TATU tarkibida O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti tashkil etildi.
- 2019-yil - TATU va JICA hamkorligida O‘quv media markazi ochildi.
- 2020-yil - TATUda “Data Center” ochildi.
- 2021-yil - Toshkent viloyatida TATU Nurafshon filiali o‘z faoliyatini boshladi.
- 2022-yil - TATUda “TUIT Incubation Center” markazi ochildi.
- 2022-yil - TATUda Masofaviy ta’lim shaklida talabalar qabul qilindi.
- 2022-yil - TATUda zamonaviy “F” o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.
- 2023-yil - TATUda yangi zamonaviy zamonaviy yangi Sport Majmuasi foydalanishga topshirildi.
Universitet telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi oʻquv muassasasi hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Qaroriga binoan TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha tayanch oliy oʻquv muassasasi hisoblanadi. Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (2 ta litsey), bakalavriat (25 ta yoʻnalish), magistratura (24 mutaxassislik), aspirantura va doktoranturadan iborat. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital taʼmirlandi, yangi zamonaviy oʻquv binosi, 700 oʻrinli oshxona, 400 oʻrinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami koʻrsatildi. Universitetda 28 kafedra va 37 oʻquv laboratoriyalari, 10 tadqiqotchilik laboratoriyalari va shaxsiy tarmogʻi bilan kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq kitoblar bilan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. Universitet qoshida ilmiy tadqiqotlar sektori, litsey-instituternat, akademik litsey va kasb-hunar kolleji mavjud. Universitet Germaniya, Angliya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Koreya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi.
Universitet faoliyati J. A. Abdumayev, T. D. Rajabov, M. S. Yunusov, T. S. Yoʻldoshboyev, F. B. Abutaliyev, S. S. Kolesov, M. N. Oripov, V. M. Son, Yu. S. Saʼdullayev, V. V. Yakovlev, X. K. Oripov, S.S. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.
Rahbariyat
tahrir- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich
- Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor: Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich
- O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor: Sultanov Djamshid Baxodirovich
- Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor: Tashev Komil Axmatovich
- Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor: Toshmatov Saloxiddin Zayniddinovich
- Hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektor: To‘rayev Shavkat Shuxratovich
Fakultetlar
tahrir- Kompyuter injiniringi fakulteti
- Dasturiy injiniring fakulteti
- Kiberxavfsizlik fakulteti
- Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
- Televizion texnologiyalar fakulteti
- Radio va mobil aloqa fakulteti
- AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
- AKT sohasida kasb talimi fakulteti
- TATU-BDIRU qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti
Kafedralar
tahrir- AKT sohasida iqtisodiyot
- Axborot ta’lim texnologiyalari
- Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti
- Axborot xavfsizligi
- Axborot-kutubxona tizimlari
- Algoritmlash va matematik modellashtirish
- Elektronika va radiotexnika
- Energiya ta’minlash tizimlari
- Fizika
- Gumanitar fanlar
- Informatika asoslari
- Infokommunikatsiya injiniringi kafedrasi
- Jismoniy tarbiya
- Kiberxavfsizlik va kriminalistika
- Kompyuter tizimlari
- Kriptologiya
- Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari
- Menejment va marketing
- Multimedia texnologiyalari
- Mobil aloqa texnologiyalari
- Oliy matematika
- O‘zbek va rus tillari
- Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi
- Sun’iy intellekt
- Telekommunikatsiya injiniringi
- Televizion va media texnologiyalar
- Teleradioeshittirish tizimlari
- Tizimli va amaliy dasturlashtirish
- Chet tillari
Bakalavr yoʻnalishlari
tahrirKunduzgi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
2 | 60320400 | Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) |
3 | 60412800 | Elektron tijorat |
4 | 60540300 | Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) |
5 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) |
6 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
7 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
8 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
9 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
10 | 60610700 | Sun’iy intellekt |
11 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) |
12 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”) |
13 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”) |
14 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) |
15 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) |
16 | 60611200 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment |
17 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi |
18 | 60611400 | Pochta aloqasi texnologiyasi |
19 | 60611500 | Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha) |
20 | 60612000 | Infokommunikatsiya injiniringi |
21 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
22 | 60710600 | Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) |
23 | 60711500 | Mexatronika va robototexnika |
24 | 61011000 | Logistika injiniringi |
25 | 60612400 | Elektr aloqa injiniringi (Electrical and communication engineering) |
26 | 60612300 | Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari |
Sirtqi
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60310500 | Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) |
2 | 60320400 | Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) |
3 | 60412800 | Elektron tijorat |
4 | 60610300 | Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) |
5 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
6 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
7 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
8 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
9 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) |
10 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Teleradioeshittirish”) |
11 | 60611000 | Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Mobil tizimlar”) |
12 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”) |
13 | 60611100 | Televizion texnologiyalar (“Telestudiya tizimlari va ilovalari”) |
14 | 60611200 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment |
15 | 60611300 | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi |
16 | 60612100 | Kiberxavfsizlik injiniringi |
Masofaviy
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”) |
2 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“AT-Servis”) |
3 | 60610500 | Kompyuter injiniringi (“Multimedia texnologiyalari”) |
4 | 60610600 | Dasturiy injiniring |
Magistratura yoʻnalishlari
tahrir# | Shifri | Taʼlim yoʻnalishi nomi |
---|---|---|
1 | 70112401 | Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) |
2 | 70210402 | Kompyuter grafikasi va dizayn |
3 | 70310501 | Raqamli iqtisodiyot |
4 | 70320402 | Elektron kutubxona va arxivlar |
5 | 70411701 | Logistika (raqamli logistika) |
6 | 70412801 | Elektron tijorat |
7 | 70610101 | Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
8 | 70610205 | Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari |
9 | 70610301 | Kriptografiya va kriptoanaliz (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
10 | 70610302 | Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha) |
11 | 70610501 | Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”) |
12 | 70610502 | “Elektron hukumat” tizimini boshqarish |
13 | 70610503 | Tibbiyotda kompyuter tizimlari |
14 | 70610504 | Ma’lumotlar ilmi (Data Science) |
15 | 70610505 | Internet ashyolari |
16 | 70610601 | Dasturiy injiniring |
17 | 70610701 | Sun’iy intellekt |
18 | 70611001 | Telekommunikatsiya injiniringi (“Axborot uzatish tizimlari”, Telekommunikatsiya tarmoqlari”, “Teleradioeshittirish”) |
19 | 70611003 | Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti |
20 | 70611004 | Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi |
21 | 70611005 | Optik tolali tarmoqlar texnik ekspluatatsiyasi |
22 | 70611101 | Multiplikatsion filmlar texnologiyalari |
23 | 70611401 | Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi |
24 | 70611601 | Televidenie, radioaloqa va radioeshittirish qurilmalari hamda tizimlari (turlari bo‘yicha) |
25 | 70611701 | Mobil aloqa tizimlari |
26 | 70611702 | Intellektual axborot-kommunikatsiya tizimlari |
27 | 70611703 | Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari |
28 | 70611802 | Videotexnologiyalar |
29 | 70611901 | Maxsus yoritish texnologiyalari |
30 | 70710601 | Elektr ta’minoti (telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlari) |
31 | 70411701 | Raqamli kriminalistika |
32 | 70611006 | Fotonika va optik aloqa |
Filiallari
tahrir- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali
Rektorlar
tahrir- 2016-2020 — Toʻlqin Teshabayev[1]
- 2020-2021 — Babaxodjayev Sarvar Nadjimovich[2]
- 2021-y.-h.v. — Мaxkamov Baxtiyor Shuhratovich[3].
Mashhur bitiruvchilar
tahrirXalqaro faoliyat
tahrirIjtimoiy faoliyat
tahrirGalereya
tahrir-
Universitet logotipi
Manbalar
tahrir- ↑ „Toʻlqin Teshaboyev TATUning yangi rektori etib tayinlandi“. 6-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2016-yil.
- ↑ TATUga yangi rektor tayinlandi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Rektor haqida, 22-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 25-iyun 2021-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()
Havolalar
tahrir- Universitet sahifasi (Wayback Machine saytida 2017-06-03 sanasida arxivlangan)
- TATU rasmiy kanali Telegramda
- TATU rasmiy sahifasi Facebookda
- TATU rasmiy sahifasi Linkedin'da
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |