Turobjon Joʻrayev
Turobjon Joʻrayev (1966-yil 22-fevral, Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani) — Samarqand viloyati hokimi (2017—2018)[1], Bekobod tumani hokimi (2017), Qashqadaryo viloyati hokimi (2011—2013), Surxondaryo viloyati hokimi (2008—2011).
Joʻrayev Turob Ikromovich | |
---|---|
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 2017-yil 13-iyun – 2018-yil 11-iyulgacha | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Himmat Oqboʻtayev |
Vorisi | Erkinjon Turdimov |
Qashqadaryo viloyati hokimi | |
Mansab davri 2011-yil – 2013-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Nuriddin Zayniyev |
Vorisi | Zafar Roʻziyev |
Surxondaryo viloyati hokimi | |
Mansab davri 2008-yil – 2011-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Abdulhakim Eshmurodov |
Vorisi | Normoʻmin Choriyev |
Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri | |
Mansab davri 2003-yil – 2008-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Risboy Joʻrayev |
Vorisi | Gʻayrat Shoumarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-fevral 1966-yil Surxondaryo |
Tarjimai holi
tahrir- 1981-1984 - Qashqadaryo viloyati Usmon Yusupov tumanidagi taʼmirlash ustaxonasida chilangar.
- 1984-1990 — Toshkent xalq xoʻjaligi instituti talabasi.
- 1990-1997 - Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buxgalteriya hisobi, xoʻjalik faoliyatini nazorat va tahlil qilish kafedrasi assistenti, audit kafedrasi aspiranti, dotsenti.
- 1997-1998 - Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti hisob, tahlil va kredit kafedrasida tadqiqotchi.
- 1998-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari.
- 2003-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
- 2008-2011 — Surxondaryo viloyati hokimi.
- 2011-2013 — Qashqadaryo viloyati hokimi[2].
- 2013-2017 — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri.
- 2017-yil 16-aprelda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi etib tayinlangan[3]. Shu yilning 13-iyun kuni Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi[4]. 11-iyulda ishdan boʻshatildi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167- („oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish“), 206- („hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chiqish“), 210- („pora olish“) va 243- („jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish“) moddalari bilan aybdor deb topilgan hamda 13 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.[5]
Manbalar
tahrir- ↑ Samarqand viloyati hokimi ishdan olingan, uning oʻrnini Erkinjon Turdimov egallaydi
- ↑ „T.I.Joʻrayevni Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida“, 19-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 11-iyul 2012-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ http://m.kun.uz/news/2017/04/16/turobzon-zuraev-rabarlik-lavozimiga-kajtarildi
- ↑ „arxiv nusxasi“. 15-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyun 2017-yil.
- ↑ Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Joʻraev va boshqa mulozimlarga sud hukmi oʻqildi