Ulugʻbek Saydanovich Abdullayev (1956-yil 8-avgust, Jalaquduq tumani) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor. Andijon mashinasozlik instituti Gumanitar fanlar kafedrasi professori[2].

Abdullaev Ulugbek Saydanovich
Tavalludi 1956-yil 8-avgust
Jalaquduq tumani
Fuqaroligi O‘zbekiston
Kasbi tarixchi
Ish joylari Andijon mashinasozlik instituti
Ilmiy unvoni Tarix fanlari doktori, professor
Mashhur ishlari Farg‘ona vodiysi qishloqlarida an’anaviy va zamonaviy millatlararo aloqalar [1]

Tarjimai holi

tahrir

Ulugʻbek Saydanovich Abdullayev 1956-yil 8-avgustda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida tugʻilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Tarix fakultetini tugatgan.

Ilk mehnat faoliyatini 1974-yilda Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi „Paxtakor“ jamoa xoʻjaligida kolxozchilikdan boshlagan.

1984-yilda Universitetni tamomlagach 1992-yilga qadar Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Etnografiya instituti stajyor-tadqiqotchisi, Fanlar Akademiyasi Tarix instituti aspiranti, ilmiy xodimi vazifalari ishlagan. 1992-1995-yillarda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti Siyosatshunoslik va falsafa kafedrasi assistenti, 1995-1998-yillarda Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va falsafa kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1998-2007-yillarda ushbu kafedra dotsenti, 2007-2010-yillarda Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri vazifalarida ishlab, talabalarga bilim bergan. 2010-2013-yillarda Andijon mashinasozlik instituti akademik litsey va kasb-hunar kollejlari boʻyicha prorektor, 2013-yildan 2018-yilga qadar esa "Oʻzbekiston tarixi " kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritgan. 2018-yildan ayni paytga qadar Gumanitar fanlar kafedrasi professori sifatida mehnat qilib kelmoqda. „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25 yil“ koʻkrak nishoni sohibi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Ulugʻbek Abdullayev 1991-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Kengashda Fargʻona vodiysi qishloq joylarida anʼanaviy va zamonaviy millatlararo aloqalar". („Traditsionnie i sovremennie mejetnicheskie svyazi v selskoy mestnosti Ferganskoy dolini“) [3]mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan. 2006-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Tarix institutida „Fargʻona vodiysidagi millatlararo jarayonlar (XIX-XX asr boshlari)“ („Mejetnicheskie protsessi v Ferganskoy doline nachalo XIX-XX veka“) mavzusida 07.00.07 Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisligi boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4].

Ulugʻbek Abdullayev „Oʻzbekiston tarixi“, „Oʻzbekistonning eng yangi tarixi“ fanlaridan maʼruza mashgʻulotlari olib boradi. Bir necha monografiya, oʻquv qoʻllanma va yuzdan ortiq ilmiy maqolalar [5] muallifi.

Manbalar

tahrir