Umay ona
Umay ona (yoki Umai, Qozoq tilida: Ұmay ana, Ruschada: Umáy/ Imay, Umáj / Ymaj, Turkchada: Umay (Ana) — qadimgi Turkiy xalqlar afsonalariga koʻra tugʻilish ilohasi sanaladi.[1] Shu sababdan ham ayollar, onalar va bolalarga aloqador deb qaraladi. Umay boshqa dinlarda uchrab turadigan „Tuproq ona“ qadimgi Mesopotamiya va Hindiston kabi mamlakatlarda mavjud boʻlgan ilohalariga biroz oʻxshab ketadi.
Xususiyatlari
tahrirUmay ona ayol koʻrinishida tasvirlanadi. Yaxshiliklar qiladi. Tugʻiladigan bolalarni tanlaydi. Uchta shoxi bor deb tasavvur qilinadi. Doim oq kiyimda yuradi. Yerga tegib turadigan oq va kumush rang sochlari bor, qari emas, oʻrta yoshlarda deb tasavvur qilinadi. Hayot daraxtiga egalik qiladi. Bolalarni himoya qiladi. Butun dunyoga barokat tarqatadi. Atrofga nur taratadi. Baʼzi vaqtlarda jahli chiqib, insonlarni qoʻrqitishi mumkin. Bolalari boʻlmagan oilalar Umay ona sharafiga qurbonliklar qilishadi. U osmonda yashaydi va baʼzi vaqtlar yerga tushib turadi. Koʻpincha yonida oqqush va goʻzal oti bilan tasvirlanadi. Xomilador xotinlar va hatto hayvon bolalarini ham himoya qiladi.[2] Umaji (Omaji, Hommu, Humu, Umu, Imi yoki moʻgʻullarda uchraydigan Omisi) kabi xayoliy yaratiqlarni yerga yuboradi. Faqat buni biroz qoʻrqinchli maʼnoga yoʻyishadi. Bolalar qoʻriqlanmagan uylarda ularning oʻlimi boʻlib turadi deb tasavvur qilinadi. Bunday vaqtlarda unga „Qora Umay“ deb xitob qilishadi. Baʼzan Humay ona deb ham murojaat qilishadi va baʼzi jihatlari tufayli uni Humo qushiga ham oʻxshatishadi. Baʼzi vaqtlarda esa Taskil Umay (yaʼni Kal Umay) deyishadi. Ammo Umayning uzun sochlari borligi sababli bu boshqa maʼnoda qoʻllangan boʻlishi mumkin. Buning ustiga uning sharafiga Taskil Umay deb nomlangan togʻ ham mavjudligi soʻzimizning isbotidir. Moviy yoki oqqushga ham aylana oladi. Ama Xonim ismli yaratuvchi ruh va May ona nomli borliq ilohasi bilan bogʻliqligi bor degan qarash mavjud.
Etimalogiyasi
tahrirUmay soʻzi Etena (yaʼni plasenta – ayollarning faqatgina homiladorlik davrida mavjud boʻladigan noyob organi) maʼnosida ham keladi. Moʻgʻul tilida Umay „ona bachadoni“ maʼnosida keladi. Evenk tilida esa umuu – „urugʻlantirish“ degan maʼnoni beradi. Evenk tilida tuxum umuukta deyiladi.[3] Qadimgi turk tilida Uma/Umat/Ubat olov yoqish, tungus tilida Omah/Umah va yoqut tilidagi Umay „oʻchoq“ degan maʼnoni bildiradi. „Devonu lugʻatit-turk“ asarida hozir kunda keng ishlatiladigan plasenta oʻrniga: „soʻng, ayol tugʻgandan keyin keladigan soʻngi“ degan soʻz ishlatiladi.
Oʻrxun-Enasoy yozuvlarida nomi qayd qilingan Umay qadimgi Turk va Mogʻul xalqlarining afsonaviy barakot ilohasi deya tasavvur qilingan tin (ulugʻ ruh)i hisoblanadi. U ayni vaqtda tugʻilgan va tugʻilmagan inson hamda hayvon bolalarning himoyachisi sanaladi.
Taʼrifi
tahrirUmay ona Tangrichilik diniga koʻra Tangridan soʻng eng muhim diniy iloha hisoblanadi. Qadimgi turk yozuvlarida Tangri ismining yonida baʼzan uning nomi ham keltirib oʻtiladi.
Boshqa diniy borliqlarning nomi qadimgi yozuvlarda uchramaydi. Umay ona bir bolaning tugʻilish vaqtida u tugʻiladigan uyga tashrif buyuradi va osmon olamidagi sut koʻlidan olib kelgan sut tomchisini uning lablariga surtadi. Umay onaning shu tarzda bolaga ruh ato qilganiga ishoniladi. Shundan soʻng uch kun davomida ona va bolani yonida qolib, ularni himoya qiladi. Bolaning kulimsirashi, Umay onaning uning yonida ekanligini darakchisi hisoblanadi. Umay ona uzoq vaqt bolaning yonida boʻlmasa, bola kasal boʻlib qoladi deb oʻylashgan. Oʻrta Osiyo afsonalarida maʼnonosi „qiz“ga toʻgʻri kelgan Eje, Umayning yer yuzidagi ilohasi sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham Xakas xalqi uni Imay Eje deb nomlashadi. U oq sochli, goʻzal va nozik bir xonim sifatida tasvirlanadi. Imay Eje doim pushti bulut ustida turib, insonlarni kuzatib turganiga ishonib kelinadi. Sibirda yashagan Yoqut xalqi esa uni Ayisit deyishadi.[4]
Manbalar
tahrir- ↑ Geybullayev, Rızayeva „ESKİ TÜRKLERDE UMAY TANRIÇASI“. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ Türk Söylence Sözlüğü, Deniz Karakurt, Türkiye, 2011 (OTRS: CC BY-SA 3.0) Andoza:Webarşiv
- ↑ Starostin, Sergei; Dybo, Anna; Mudrak, Oleg (2003), „*úmu“, in Etymological dictionary of the Altaic languages (Handbuch der Orientalistik; VIII.8), Leiden, New York, Köln: E. J. Brill
- ↑ Özhan Öztürk. Folklor ve Mitoloji Sözlüğü. Ankara, 2009 Phoenix Yayınları. s. 153,951 ISBN 978-605-5738-26-6