Umurzoq Jumanazarov
Umurzoq Abdurazzoqovich Jumanazarov (1956-yil 2-may, Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari doktori, professor.
Umurzoq Abdurazzoqovich Jumanazarov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
2-may 1956-yil Bulungʻur tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | filolog |
Sohasi | pedagogika, filologiya, folklorshunoslik |
Taʼlimi | Samarqand davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Akademik rahbarlari | akademik Toʻra Mirzayev |
Biografiyasi
tahrirUmurzoq Jumanazarov 1956-yili 2-mayda Bulungʻur tumanidagi Loyqa qishlogʻida ishchi oilasida tugʻilgan[1]. 1973—1977-yillarda Samarqand davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1977—1978-yillarda Samarqand davlat pedagogika instituti oʻiqtuvchsisi, 1978—1984-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining folklor boʻlimida laborant, ilmiy xodim, 1984—2013-yillarda Jizzax davlat pedagogika institutida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, boshlangʻich taʼlim uslubiyati fakultetining dekani oʻrinbosari, boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi, boshlangʻich taʼlim, til va adabiyoti kafedrasi, boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekani, 2013—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasida filologiya yoʻnalishi boʻyicha eksperti lavozimida ishlagan. 2019-yildan boshlangʻich taʼlim nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori[1].
Oilasi
tahrirOilali, 4 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1982-yildan akademik Toʻra Mirzayev ilmiy rahbarligida „Oʻzbek xalq tarixiy qoʻshiqlari (spesifikasi, tasnifi va poetikasi)“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 1991-yilda „Oʻzbek tarixiy folklorining janrlari sostavi va ularning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari“ mavzuzida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1986-yilda dotsent, 1993-yilda professorlik ilmiy unvoni berilgan. 16 ta monografiya, 21 ta oʻquv qoʻllanma, 26 ta uslubiy qoʻllanma va 350 dan ortiq ilmiy va ilmiy-nazariy, uslubiy hamda ommabop maqolalar muallifi[1].