Usmon I
Bu maqola ayni damda FreetimeeditorII (munozara) tomonidan faol tahrirlanyapti. Iltimos, mazkur ogohlantirish xabari sahifadan olib tashlanmagunga qadar sahifaga oʻzgartirishlar kiritmay turing. Aks holda, tahrirlar toʻqnashuvi yuz berishi mumkin. Bu sahifa oxirgi marta 04:48, 8-fevral 2025 (UTC) (84 daqiqa avval) da tahrir qilingan. |
Usmon I yoki Usmon Gʻozi (usmonli turkcha: عثمان بك, 58-1254, Söğüt – 1324, Bursa) – Usmonli beyligi va Usmonlilar sulolasining asoschisi va davlatning ilk podishohi boʻlgan turk hukmdor va qoʻmondon. U asos solgan davlat dastlab kichik turk beyligi boʻlgan boʻlsa, uning vafotidan keyingi asrlar davomida katta imperiyaga aylandi. Bobosining Süleyman Şah yoki Gündüz Alpdan biri ekanligi va nasl-nasabi Oʻgʻuzlarning Bozok tarmogʻiga kiruvchi Kayı qabilasiga borib taqalishi tahmin qilinadi[1][2][3][4]. Buvisi Hayme Hatun, dadasi Ertoʻgʻrul[4] va onasi Halime Hatundir. Tarixchi Âşıkpaşazâdega koʻra, Usmon Gʻozi bir tomondan oʻgʻuzlarning Uchok tarmogʻiga mansub boʻlgan „Gök Alp“ naslidan ekanligini daʼvo qilgan boʻlsa, boshqa tomondan bobosining ismi „Kaya Alp oʻgʻli Süleyman Şah“ emasligi, balki Süleyman Şah I ekanligini iddao qiladi.
Ertoʻgʻrul oʻgʻli Usmon[1][2][3] | |
---|---|
Bey Gʻozi | |
![]() Usmon Gʻozining Konstantin Kapıdağlı tomonidan chizilgan portreti | |
1-usmoniylar sultoni | |
Saltanat | 1299-yil – 1324-yil |
Oʻtmishdoshi | davlatga asos soldi |
Davomchisi | Oʻrxon I |
Kayı qabilasi beyi | |
Saltanat | 1281-yil – 1299-yil |
Oʻtmishdoshi | Ertoʻgʻrul |
Davomchisi | Usmoniylar imperiyasiga asos soldi |
Koʻniya sultonligining Söğüt uch beyi | |
Saltanat | 1281-yil – 1299-yil |
Oʻtmishdoshi | Ertoʻgʻrul |
Davomchisi | Usmoniylar imperiyasiga asos soldi |
Tugʻilishi |
1254-1258-yillar orasi Söğüt, Söğüt uch beyligi, Koʻniya sultonligi |
Vafoti |
1324-yil (66-70 yoshlarda) Bursa, Usmonli beyligi |
Dafn etilgan joy | |
Turmush oʻrtogʻi |
Rabia Bala Xotun Malxun Xotun |
Farzandlari |
Oʻrxon I Alovuddin Posho, Fatma Hatun, Çobanbey Hamid Bey Pazarlı Bey Melik Bey |
Uy | Usmonlilar sulolasi |
Otasi | Ertoʻgʻrul |
Onasi | Halime Hatun |
Dini | Sunni Islom |
Beylikning mustaqillik eʼloni
tahrirUsmon 1299-yilda uch beylik vazifasini toʻxtatdi va Söğüt va Bursa atrofidagi hududlarni oʻz ichiga olgan hududlarda Usmoniylar Beyligiga asos soldi. Oz vaqt oʻtgandan soʻng, beylikning mustaqilligini eʼlon qildi. Tarixchi Halil İnalcıkning fikriga koʻra, Usmoniylar Beyligi oʻz mustaqilligini 1302-yilda boʻlib oʻtgan Bafeus jangidan soʻngra eʼlon qilgandir. Moʻgʻullar istilosidan qochib kelgan turkmanlarning beylik hududiga boshpana istab kelishi va shu yerda joylashishi beylikning siyosiy va harbiy qudratining yanada oshishiga xizmat qildi. Usmon Bey va beyligi tanazzulga yuz tutgan Vizantiya imperiyasidagi tartibsizliklar taʼsirida qisqa vaqt ichida Onadoʻli va Vizantiya imperiyasining katta hududlarining egasiga aylandi. Usmon Bey vafot etgan vaqtda, beylik Eskishehir va Bursa orasidagi hududlarga egalik qilib, Iznik va Bursa shaharlarni qamal qilayotgan edi[5].
Dastlabki yillari
tahrirUsmon Gʻozi 1258-yilda Söğütda tugʻilgan[6]. Hayotining dastlabki yillari haqida ishochli manbalar mavjud emas. Usmon Beyning nasl-nasabi va qabilasi haqida turli maʼlumotlar mavjud boʻlib, ularning eng eskisi Usmon Beyning oʻlimidan 100 yil oʻtib yozilgan. Bu maʼlumotlarning eng qadimgilari Ahmedîning Dâstân ve Tevarih-i Mûlûk-i Âl-i Osman, Şükrullahning Behçetu’t-Tevarih va Âşıkpaşazâdening Tevarih-i Âl-i Osman asarlarini oʻz ichiga oladi. Taʼkidlanishicha, oʻsha davrning barcha zamonaviy asarlari asosan 1422-yil yoki undan koʻp oʻtmay yozilgan va hozirda asl matni saqlanib qolinmagan, hozirda saqlanib qolinganlari esa asl matndan nusxa qilib olingan[7]. Ayrim tarixchilarning fikricha, Usmon Gʻozining hayoti va olib borgan janglari tarixiylikdan koʻra koʻproq ertak, xalq mish-mishlari, qissalar va rivoyatlar bilan qorishib ketgan[6].
Otasi Ertoʻgʻrul Söğüt va Domaniç orasida yashagan oʻgʻuz turklar tarkibiga kiruvchi Kayı qabilasining beyi edi. Usmon Gʻozi Ertoʻgʻrulning eng kichik oʻgʻli boʻlgan. Tarixchi Ibn Kamolposhshoning Tevarih-i Al-i Osman nomli asarida Ertoʻgʻrul beyning Onadoʻliga koʻchib kelganida ikki oʻgʻli boʻlganligini, Söğütda yashashni boshlagan vaqtida 1258-yilda „sher shaklli oy yuzli“ kichik oʻgʻli Usmonning tugʻulganligini bildirgan[8]. Xalq mish-mishlariga koʻra, buvisi Hayme Hatundir[9].
Ibn Kamolposhsho Usmonning yoshligidan „yigitlar orasiga kirganini“, „urishda, yurishda, turishda va oʻtirishda hammadan oʻzib ketganini“ taʼkidlab, u akalari (Gündüz Bey va Saru Batu Savci) ichidagi eng kichigi boʻlsa ham, „shamshir (qilich) bilan mashq qilishda va boshqa sohalarda yoshligidan birinchi boʻlgan“ligini taʼkidlaydi[8]. Koʻrinib turibdiki, Ibn Kamolposhshoning yozib qoldirgan maʼlumotlari Oʻgʻuz dostonidagi mavzularga oʻxshash tarzda ishlangan.
Usmon bey 1281-yilda 23 yoshda ekan Abdulaziz Beyning qizi Malxun Xotun bilan turmush qurgan. Bu turmush natijasida tugʻilgan Oʻrxon I keyinchalik Usmoniylar beyligining taxtiga chiqadi.
Beylik taxtiga oʻtirish uchun qilgan urunishlari
tahrir1281-yilda Usmonning otasi Ertoʻgʻrul Gʻozi taxminan 90 yoshlarda ekan vafot etdi.
Koʻplab tarixchilarning yakdil fikriga koʻra, Kayı qabilasi uchun beylik lavozimiga yangi beyni tanlash tinch yoʻl bilan amalga oshmagan va Usmon Gʻozi beylik lavozimini egallash uchun oʻz yaqinlariga qarshi taxt uchun kurashgan. Bu kurash kimga qarshi boʻlganligi va qanday davom etganligi munozarali va bu haqida turli tarixchilar turlicha maʼlumot berishadi.
Koʻplab tarixichilar tomonidan taxmin qilingan rivoyatlardan biriga koʻra, Usmon Gʻozi amakisi Dündar Gʻozi bilan beylik taxti uchun mojaroga kirishgan. Dündar bey qabilaning yetakchi insonlari tomonidan, Usmon bey esa koʻproq yosh alplar, yigitlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Bu kurash qancha davom etgani, qanday davom etgani nomaʼlum, ammo kurash oxirida Usmon bey gʻalaba qozonib, dushmanga qarshi hujumlarga qarshi chiqdi, degan bahona bilan keksa Dündar beyni kamondan oʻq otib oʻldirgan. Ushbu voqeadan soʻng Usmon bey oʻgʻuz urf-odatlariga koʻra Kayı qabilasining boshligʻi va beyiga aylandi[6].
Hacı Bektaş-ı Velining „Velâyetnâme-i Hacı Bektâş-ı Velî“ asarida Usmonning beylik taxtiga oʻtirish voqeasi boshqacha tarzda aytib oʻtilgan[10]. Asarda keltirilishicha Kayı qabilasi Sultonönü va uning atrofiga koʻchib kelib joylashgach, avval amakisi, keyin esa otasi Erdogʻdu (Ertoʻgʻrul Gʻozi), undan keyin esa katta akasi Gündüz Alp Kayi qabilasiga beylik qilgan. Ushbu vaqtlarda Usmon Gʻozi atrofidagi qabilalarning jangchilari bilan Vizantiya imperiyasiga tegishli boʻlgan Yarhisar, Bilecik, İnegöl va İznik hududlariga bosqinlar uyushtira boshlagan. Bursadagi Vizantiya tekfurlari Koʻniyaning saljuqiy sultoniga elchilar yuborib, bu bosqinlardan shikoyat qilganlar. Saljuqiy sulton Gündüz Alpga xabar yuborib, bosqinlarni uyushtirgan kichik ukasi Usmon beyni bu yoʻldan qaytarishini istagan. Gündüz Alp Usmon beyni tutib, jangchilari bilan Koʻniyaga joʻnatgan.
Saljuqiylar sultoni Usmonni yoqtirib qolgan va xayr-duolarini olishi uchun Sulucakarahöyükda yashaydigan Hacı Bektaş-ı Velining yoniga yuborgan. Hacı Bektaş-ı Veli Usmonni yaxshi kutib oldi va xuddi toj kiydirgandek oʻz sallasini Usmonga kiydirgan. Usmon Koʻniyaga qaytayotganda Hacı Bektaş sultonga uni maqtagan maktubini berib yuborgan. Sulton maktubni oʻqib chiqib, „Bunga ulugʻ bir unvon beramiz“, degani aytib oʻtilgan.
Oilasi
tahrir- Turmush oʻrtogʻlari
- Mâlhun Hâtun (? - 1326) - Eskişehir beyi Ömer Abdülaziz Beyning qizi Oʻrxon Gʻozining onasi.[11][12]
- Rabia Bala Xotun (1257/58 - 1324) - islam olimi Şeyh Edebalining qizi.
- Oʻgʻil farzandlari
- Oʻrxon I[13] (1281 - 1362)
- Çobanbey[13] (1283 - 1337)
- Pazarlı Bey (1285 - 1311)
- Alovuddin Posho[13] (? - 1333)
- Hamid Bey[13] (1288 - 1329)
- Melik Bey[13] (1290 - 1366)
- Qiz farzandlari
- Fatma Hatun[13] (1284 - 1347)
- Aka-ukalari
- Gündüz Bey (1245? - 1299)
- Saru Batu Savcı Bey (? - 1287)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Ahmed, Akgündüz; Said, Öztürk. Ottoman History - Misperceptions and Truths (inglizcha). IUR Press, 2011 — 35-bet. ISBN 978-90-90-26108-9. Qaraldi: 2019-yil 28-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 Yılmaz, Hakan „Osman Gâzî’nin Kayıp İkinci Sikkesi ve Osmanlı Kuruluş Tartışmalarına Etkisi“, . Âb-ı Hayât’ı Aramak: Gönül Tekin’e Armağan (turkcha). Yeditepe Yayınevi, 2018 — 763-788-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Hakan, Yılmaz. „Osman Gâzî'nin 700/1300-1301'de Yenişehir'de Bastırdığı Üçüncü Sikkesi“. Vakanüvis - Uluslararası Tarih Araştırmaları Dergisi. 81–120-bet. 2020-yil 1-martda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2020-yil 14-iyul.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam); Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|çalışma=
(yordam); Unknown parameter|deathurl=
ignored (yordam); Unknown parameter|history=
ignored (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim:|access-date=
va|archivedate=
(yordam) - ↑ 4,0 4,1 Başar, Fahameddin. ERTUĞRUL GAZİ. TDV İslâm Ansiklopedisi — 314-315-bet. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
- ↑ İnalcık, Halil; sf. 479
- ↑ 6,0 6,1 6,2 Sakaoğlu, Necdet „Osman I“, (1999) Yaşamları ve Yapıtlarıyla Osmanlılar Ansiklopedisi, C.2 s.392-395 İstanbul:Yapı Kredi Kültür Sanat Yayıncılık, ISBN 975-08-0073-7.
- ↑ Elizabeth A. Zachariadou (haz.): Osmanlı Beyliği (1300-1389). İstanbul: Tarih Vakfı Yurt Yayınları, 1997.
- ↑ 8,0 8,1 İbn-i Kemal (Kemalpaşazade) (haz. Şerafettin Turan) (1992) Tevarih-i Al-i Osman I, II ve VII Defterler, Ankara :Türk Tarih Kurumu
- ↑ Onun hakkında hiçbir belgesel bir bilgi bulunmamakla beraber Domaniç halkının Çarşamba köyünde bulunan bir eski türbeyi bu kişiye ait bir ziyaretgah olarak kabul ettikleri bilinmekteydi. II. Abdülhamid bu eski türbe yerine yeni bir türbe yaptırmıștır.
- ↑ Firdevsi-i Rumi/Uzun Firdevs, Vilayetname-i Hazret-i Hünkar Hacı Bektaş-ı Veli, yazma eser. Kaynak: Sakaoğlu, Necdet (1999), Bu Mülkün Sultanları, İstanbul: Oğlak Yayınları ISBN 975-329-299-6 s. 26, 517
- ↑ İbn-i Kemâl (KemâlPaşazade Ahmed Şemsüddîn), "Tevârîh-i Âl-i 'Osmân", I. Defter, Millet Ktp. Ali Emîrî, Tarih ("Kemalpaşazade Tarihi" şeklinde de anılır)) (son).
- ↑ Âşık Paşa zade (s. 6 uc 3>5) Neşri (s, 82, 83) Malhon Hatun diyorlar. Oruç bey tarihinde (s. 9, 12) Kâbia Hatun deniliyor. Rüstem Paşa tarihinde bu isim Bâlâ Hatun dîye geçiyor.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 Andoza:Web kaynağı