Vefa Kilise masjidi
Vefa Kilise masjidi (turkcha: Vefa Kilise Camii) – Istanbulda joylashgan Usmonlilar imperiyasi tomonidan masjidga aylantirilgan sobiq sharqiy pravoslav cherkovi. Ushbu binoning Agios Teodorga (grekcha: Ἅγιος Θεόδωρος ἑν τὰ Καρβουνάρια[1][2][3]) bagʻishlab bunyod etilgan boʻlishi haqida taxminlar mavjud. Vefa Kilise masjidi Konstantinopolning Komninlar va Paleologlar davri arxitekturasining eng muhim namunalaridan biri hisoblanadi[4].
Masjid | |
Masjid (o'ngda) va eksonarteksning (chapda) janubiy tarafdan koʻrinishi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani |
Koordinatalar | 41°0′59″N 28°57′37″E / 41.01639°N 28.96028°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | xochli gumbazli cherkov |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | X—XI asrlar |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Qurilish materiali | gʻisht, tosh |
Vefa Kilise masjidi Vikiomborda |
Manzili
tahrirMasjid Istanbul shahri, Fotih tumani, Vefa mahallasida joylashgan boʻlib, Vefa shahridagi Vizantiya meʼmorchiligi asosida yaratilgan boshqa bir inshootdan deyarli bir kilometr shimoli-gʻarbda (Kanderhane masjidi), Sulaymoniya masjididan bir necha yuz metr janubda joylashgan.
Tarixi
tahrirKonstantinopolning uchinchi tepaligi janubiy yonbagʻrida joylashgan masjidning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Masjid joylashgan hududdan V asrga oid binolar qoldiqlari topilgan[5]. Toʻrtinchi salib yurishidan keyin Konstantinopol ustidan lotinlar hukmronligi davrida binodan Rim-katolik cherkovi sifatida foydalanilgan.
Usmonlilar imperiyasi Konstantinopolni bosib olganidan koʻp oʻtmay, Sulton Mehmed II Fotihning ustozi, mashhur kurd olimi, shayxulislom[6] Molla Gürani tomonidan cherkov masjidga aylantirilgan, shuningdek, yodgorlikka uning nomi berilgan. XIX asrda turli ofatlar natijasida masjid katta zarar koʻrgan, 1833-yilgi yongʻin natijasida bino atrofi vayron boʻlgan[6]. 1848-yilga kelib majmua qayta tiklangan[6]. 1937-yilda bino qisman restavratsiya qilingan va bir qancha saqlanib qolingan mozaikalari topilgan[6]. Yana bir restavratsiya 2017-yilda boshlanib, 2021-yilda yakunlangan[7][8].
Arxitektura va dekoratsiyasi
tahrirTarixiy ahamiyatiga qaramay masjid hech qachon tizimli ravishda oʻrganilmagan[3]. Bino har bir tomoni toʻqqiz metr uzunlikdagi kvadrat shaklida bunyod etilgan[9]. Eski Imaret masjidi kabi Konstantinopoldagi Komninlar davri meʼmorchiligining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi.
Majmuaning gʻarbiy qismida eksonarteks, janubida ark va bir nechta ustunlarga ega ayvon[10], shimoliy qismida esa koridor mavjud.
Vefa Kilise masjidi eksonarteksini yaratishda Fethiye va Kariye masjidlaridagi kabi Paleologlar meʼmorchilik arxitektura sanʼatining oʻziga xos uslublaridan foydalanilgan[11].
Eksonarteks uchta gumbaz bilan oʻralgan boʻlib, ichki qismiga bir qancha bezaklar bilan ishlov berilgan[3]. Uchta gumbazning barchasiga mozaik tasvirlar tushirilgan. Cherkovning ichki qismi shu davrga qadar biror marta ham suvoqdan tozalanmagan[2].
Cherkovning janubiy va gʻarbiy qismida joylashgan ikkita juda katta yerosti sardobalari Vizantiya imperiyasi davrida bu yerda monastir boʻlganligiga ishora qiladi[5].
-
fasadning chap burchakdan koʻrinishi
-
fasadning chap burchakdan koʻrinishi
-
gumbaz
-
fasad detallari
Manbalar
tahrir- ↑ To which of the many saints bearing the name Theodore the church was dedicated is not clear. He could be either St. Theodore Tyro, (from Greek ὀ τήρων, mean. „the conscript“) or St. Theodore Stratelates („the general“). A joint dedication could also have been possible. Van Millingen (1912), p. 245
- ↑ 2,0 2,1 Janin (1953), p. 155
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Mathews (1976), p. 386.
- ↑ Van Millingen (1912), p. 246.
- ↑ 5,0 5,1 Mamboury (1953), p. 303
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 Müller-Wiener (1977), p. 169.
- ↑ „Molla Gürani Camii nerede | 700 yıllık mozaikler ortaya çıktı! İsimleri Tevrat'ta geçiyor“.
- ↑ „Peygamber mozaikleri ortaya çıktı“.
- ↑ Krautheimer (1986), p. 407.
- ↑ The parekklesion is a chapel leaning to the side of the church or of the narthex.
- ↑ Krautheimer (1986), p. 483.
Adabiyotlar
tahrir- Van Millingen, Alexander. Byzantine Churches of Constantinople. London: MacMillan & Co, 1912.
- Janin, Raymond. La Géographie Ecclésiastique de l'Empire Byzantin. 1. Part: Le Siège de Constantinople et le Patriarcat Oecuménique. 3rd Vol. : Les Églises et les Monastères. (fr). Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1953.
- Mamboury, Ernest. The Tourists' Istanbul. Istanbul: Çituri Biraderler Basımevi, 1953.
- Janin, Raymond. Constantinople Byzantine, 2 (fr), Paris: Institut Français d'Etudes Byzantines, 1964.
- Gülersoy, Çelik. A guide to Istanbul. Istanbul: Istanbul Kitaplığı, 1976. OCLC 3849706.
- Mathews, Thomas F.. The Byzantine Churches of Istanbul: A Photographic Survey. University Park: Pennsylvania State University Press, 1976. ISBN 0-271-01210-2.
- Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon Zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul Bis Zum Beginn D. 17 Jh (de). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 978-3-8030-1022-3.
- Krautheimer, Richard. Architettura paleocristiana e bizantina (it). Turin: Einaudi, 1986. ISBN 88-06-59261-0.