Fathiye masjidi (sobiq Pammakaristos cherkovi), shuningdek, Theotokos Pammakaristos cherkovi (grekcha: Θεοτόκος ἡ Παμμακάριστος – „Xudoning muborak onasi“) nomi bilan tanilgan Vizantiya imperiyasi davrida bunyod etilgan eng mashhur inshootlardan biri. 1591-yilda Fethiye masjidiga aylantirilgan (turkcha: Fethiye Camii). Konstantinopolning Paleologlar meʼmorchiligiga oid eng muhim inshootlardan biri boʻlgan ushbu bino Sofiya ibodatxonasi va Kariye masjididan keyin Istanbuldagi eng katta Vizantiya mozaikasini oʻzida aks ettiruvchi yodgorlik hisoblanadi.

Masjid
Fathiye masjidi
turkcha: Fethiye Camii
Mamlakat  Turkiya
Istanbul Fotih tumani
Koordinatalar 41°01′45″N 28°56′47″E / 41.02917°N 28.94639°E / 41.02917; 28.94639
Masjid turi cherkov
Meʼmoriy uslub Vizantiya meʼmorchiligi
Usmonli meʼmorchiligi
Islom meʼmorchiligi
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2

Manzili

tahrir

Fathiye masjidi Istanbulning Fotih tumani Çarşamba mahallasida joylashgan.

Tarixi

tahrir
 
Fathiye muzeyi gumbazi
 
St. Gregory the Illuminator
 
Markaziy gumbazning koʻrinishi
 
Masih tasvirlangan mozaika
 
Avliyo Anthony mozaikasi
 
Istanbul arxeologiya muzeylarida saqlanuvchi cherkovdan parchalar

Aksariyat olimlar cherkov XI–XII asrlarda qurilgan deb hisoblashadi. Koʻpgina tarixchilar va arxeologlar cherkovning qurilgan vaqtini Michael VII Ducas (hukmronlik davri: 1071–1078) imperatorligi davrida, yana boshqa olimlar Komnenlar davrida deya ma'lumot berishgan[1]. Shuningdek, shveysariyalik Vizantiya tarixi bilan shugʻullanuvchi olim Ernest Mamboury cherkov VIII asrga tegishli deb taxmin qilgan[2].

Erta paleologlar davrida cherkovning janubiy qismida Iso Masihga atab (grekcha: Christ the Word) pareklesiya (Vizantiya meʼmorchilik sanʼatida cherkovning yon qismida quriladigan qoʻshimcha bino) bunyod etilgan[3]. 1310-yildan keyin Martha Glabas oʻzining marhum eri, protostrator Michael Doukas Glabas Tarchaneiote, Andronikos II Palaiologos generali xotirasiga bagʻishlab kichik bir ziyoratgoh qurdirgan[4]. Shoir Manuel Philes tomonidan Iso Masihga atab yozilgan nafis yozuv pareklesiyaning ichki va tashqi tomoniga joylashtirilgan.

1453-yilda Konstantinopol fath etilganidan soʻng, yunon pravoslav patriarxatining qarorgohi birinchi marta Sofiya ibodatxonasidan Muqaddas Havoriylar cherkoviga koʻchirilgan. Keyinchalik, 1456-yilda esa Theotokos Pammakaristos cherkoviga koʻchirilgan va u yerda 1587-yilga qadar faoliyat koʻrsatgan[5].

Oradan besh yil oʻtgach, Usmonlilar imperiyasi sultoni Murod III cherkovni masjidga aylantirgan va Gruziya hamda Ozarbayjonning zabt etilishi sharafiga Fethiye masjidi (Fethiye Camii) nomiga oʻzgartirgan.

Koʻp yillar davomida masjid qarovsiz holda tashlab qoʻyilgandan keyin, nihoyat, 1949-yilda Amerikaning Vizantiya instituti va Dumbarton Oaks tomonidan qayta tiklangan[1].

2021-yilda binoni qayta tiklash ishlari boshlab yuborilgan. Qurilish ishlari 2022-yilning soʻngiga qadar nihoyasiga yetkazilishi kerak bo'lgan.

Arxitektura va dizayni

tahrir

Cherkov masjidga aylantirilganidan soʻng, uning nomi ham oʻzgartirilgan.

Asosiy yoʻlakni deambulatoriya bilan bogʻlaydigan arklar, shuningdek, uchta apsida ham olib tashlangan. Ularning oʻrniga sharqiy qismda katta gumbazli yangi xona qurilgan.

Binoning ichki qismiga oʻrnatilgan rangli marmarlar qoplamasi deyarli yoʻqolib ketgan. Binoda turli koʻrinishdagi mozaik panellarning qayta tiklangan qoldiqlari mavjud boʻlib, ular Kariye masjididagi mozaik tasvirlar kabi yaxshi holatda saqlanib qolgan. Ushbu tasvirlar Vizantiya meʼmorchiligi asosida yaratilgan sanʼat namunalarini oʻrganish uchun muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

Asosiy gumbazga qadimgi Ahd paygʻambarlarini (Muso, Yeremiyo, Zafaniyo, Mixo, Yoel, Zakariyyo, Obodiyo, Xabakkuk, Yunus, Malaki, Hizqiyo va Ishayo) oʻrab olgan Pantokratorning timsoli ishlangan. Apsidaga Hyperagathos Masih, Bibi Maryam va Yahyo tasviri tushirilgan. Gumbazning oʻng tomonida esa Iso Masih tasviri mavjud boʻlib, ushbu timsol bugungi qadar saqlanib qolgan.

Fethiye muzeyi joylashgan binoda masjidning bir qismi hali ham saqlanib qolingan.

Fathiye masjidining ichki qismi:

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Mathews (1976), p. 346
  2. Mamboury, (1933)
  3. Mathews (1976), p. 347. Logos in the Eastern Orthodox Theology is the denomination of the second Person of the Trinity
  4. Mathews (1976), p. 347.
  5. Müller-Wiener (1977), p. 133.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir