Vikipediya munozarasi:WikiStipendiya III marafoni/WikiNations

Eng oxirgi fikr: 22 kun oldin (Laziz Baxtiyorov tomonidan „Hakamlar fikri“ mavzusida)

Uzbekneftegaz

tahrir

"O'zbekneftgaz" AJ Asadbekung (munozara) 14:04, 2024-yil 23-sentyabr (UTC)Javob berish

Hakamlar fikri

tahrir

Ensiklopedik ahamiyatga ega mavzu tanlangan. Maqola mustaqil yaratilgan. Foydalanuvchi mavzu boʻyicha toʻliq tushunchaga ega boʻlmasdan turib maqolani yaratganga oʻxshaydi. Ichki havola va sanalarga tire qoʻyilmagan. Koʻpgina soʻzlarga ichki havola koʻrsatilmagan. Nufuzli boʻlmagan manba koʻrsatilgan. Umuman olganda, manbalar toʻliq rasmiylashtirilmagan.

Kirish qismi

tahrir
  1. „saylangan Oʻzbekiston Prezidentining lavozimga kirishish marosimidir“ deb yozilgan gapda 2 ta kamchilik mavjud: 1. hodisaning tantanali marosim ekanligiga urgʻu berilmagan (koʻrsatilgan nufuzli manbaga va boshqa tillardagi shu mavzudagi maqolalarga qarang; 2. Marosimi soʻziga ichki havola notoʻgʻri tarzda koʻrsatilgan.
  2. „Inauguratsiya marosimi Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan Prezidentlik saylovlarining umumiy natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab, 60 kun ichida oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan“ deb yolgʻon maʼlumot kiritilgan. Koʻrsatilgan nufuzli manbada rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida deb yozilgan.
  3. „Oʻzbekiston Prezidentining lavozimga kirishi marosimi 2021-yildan Oliy Majlisning yangi binosida oʻtkazilgan“ deyilgan. Bundan oldingilari qaysi binoda oʻtkazilgan?

„Jarayon“ nomli boʻlimda

tahrir
  1. Koʻpgina soʻzlarga ichki havola koʻrsatilmagan.
  2. „Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 108-moddasida Oʻzbekiston Prezidenti lavozimiga kirishishi bilan Oʻzbekiston senatorlari, Oliy Majlis deputatlari va Konstitutsiyaviy sudyalar ishtirokida tantanali ravishda Oʻzbekiston xalqi oldida qasamyod qiladi“ deb yolgʻon maʼlumot kiritilgan. 108-moddaga qarang. Manbada qasamyod qilganidan keyin lavozimiga kirishgan hisoblanishi aytilgan. Matnda esa lavozimga kirishib turib qasamyod qilinyapti.
  3. Konstitutsiyaviy sudya lavozimi yoʻq, Konstitutsiyaviy sud sudyalari bor.
  4. Anʼanalar nomli ostboʻlimda 5-manba YouTubedagi rolik asosiy manba sifatida koʻrsatilgan va u yozilgan iddaolarni yoki iddaolarnigina tasdiqlamaydi. Bu boʻlim nomi va umuman u yaratilishidan maqsad tushunarsiz.

„Qasamyod“ nomli boʻlimda

tahrir
  1. „Inauguratsiya marosimida saylangan Prezident oʻng qoʻlini Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Qurʼoni Karimga qoʻyib, unga qasamyod qiladi“ degan iddaoga manba koʻrsatilmagan. Doim shunday qilinishi qayerda yozilgan? Keyin, „unga qasamyod qiladi“ yaʼni kitoblarga qasamyod qiladimi? Tushunarsiz va nufuzli manbaga asoslanib yozilmagan gap.

„Inauguratsiya marosimlari roʻyxati“ nomli boʻlimda

tahrir
  1. Sana va yillarni koʻrsatishda chiziqcha qoʻyilmagan, VP:IVGga rioya qilinmagan.
  2. „Qasamyod bilan tasdiqlangan hujjat“ deb Konstitutsiyalar koʻrsatilgan. Yolgʻon maʼlumot yozilgan. Konstitutsiyalar qasamyod bilan tasdiqlanadimi?

Rasmlarda

tahrir
  1. 1-rasmda mualliflik huquqlari yaqqol buzilib Vikipediyaga yuklangan. Oʻchirildi.
  2. 2-rasmda „Oʻzbekiston Prezidentining standarti“ deb yozilgan. Shtandarti toʻgʻri boʻladi.
  3. 3-rasmda „Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Konstitutsiyasi va Qurʼoni Karimga oʻng qoʻlini qoʻyib qasamyod qilmoqda“ deyilgan. Bu gap qayerda yozilgan? Tasdiqlashning imkoni bormi? Nechanchi yilda tushirilgan? Yozilmagan. Umuman, foto Noerkin mediafayl sifatida Vikipediyaga qoidalarga zid tarzda yuklangan. Oʻchirildi. — Kagansky munozara 06:32, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)Javob berish

Notoʻgʻri nom bilan mualliflik huquqlarini yaqqol buzub yaratilganligi uchun oʻchirilgan. — Kagansky munozara 06:35, 2024-yil 27-oktyabr (UTC)Javob berish

Mavzu ensiklopedik ahamiyatga ega. Oʻzbekiston hududidagi tarixiy majmualardan biri haqida. Maqolada baʼzi kamchiliklar ham mavjud.

Kirish qismi

tahrir

Maqolaning kirish qismida manbalar bilan tasdiqlashga muhtoj iddaolar mavjud. Jumladan, Amir Temur 1363-yildagi yurishi davrida betob boʻlib qolgan va 6 oy davomida Toshkentda davolanishiga toʻgʻri kelgan. degan maʼlumot manba bilan tasdiqlanmagan. Ushbu gapdan keyingi gapda keltirilgan manbada esa bu haqida maʼlumot mavjud emas.

Nomining kelib chiqishi

tahrir

Mazkur boʻlimda esa asosan Suzuk Ota nomini olgan shaxsning tarjimai holi keltirilib, nomning kelib chiqishiga asos nima ekani haqida biror gap aytilmagan.

Meʼmorchiligi

tahrir

Mazkur boʻlimda esa asosan majmuaning tuzilishi haqida gap ketgan. Meʼmorchiligi tushunchasi biroz kengroq maʼnoni oʻz ichiga olib, qurilish uslublari, bezaklari haqida ham qoʻshimcha maʼlumotlar izlab koʻrish maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Tarixi

tahrir

Mazkur boʻlimda majmuaning ilk qurilish davridan boshlab tarixi emas, balki bolsheviklar tomonidan masjid berkitilishidan boshlab maʼlumot berilgan. Aslida mazkur boʻlimni yanada kengroq yoritish mumkin edi.

Xulosa

tahrir

Umuman olgan foydalanuvchi Mrshaxas yaxshi mavzu tanlagan. Majmua haqida atroflicha maʼlumotlar berishga harakat qilgan. Yuqorida aytib oʻtilgan Mazkur maqola uchun berilgan ballni esa tegishli fountain sahifasiga qoʻyamiz. Laziz Baxtiyorov (munozara) 04:09, 2024-yil 2-noyabr (UTC)Javob berish

„WikiStipendiya III marafoni/WikiNations“ loyiha sahifasiga qaytish.