Vladimir Putin uchun muzokaralar stoli
Vladimir Putin uchun muzokaralar stoli – 1990-yillarning oxirida Boris Yeltsin prezidentligi davrida Kremlda oʻrnatilgan, 16 kishilik, suratli oq levkas bilan qoplangan, qoraqayin daraxtidan yasalgan oval stol[1]. Stolning uzunligi 6 metr va eni 2,15 metr boʻlib, stolning ustki qismi toʻliq qora qayin yogʻochidan yasalgan, asosi uchta oʻymali yogʻoch ustunga tayangan[2].
Tarixi
tahrirStol Italiyaning Cantù shahridagi OAK Furniture kompaniyasi tomonidan 1995—1997-yillarda Kreml binolarini jihozlash boʻyicha tuzilgan shartnoma doirasida ishlab chiqarilgan. Stolning fotosurati 1999-yilda firma tomonidan nashr etilgan kitobda aks etgan[2]. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, stol 2005-yilda ispaniyalik hunarmand usta tomonidan yasagan[2]. Rossiya prezidenti administratsiyasi ishlar boshqaruvi matbuot kotibi Yelena Krilovaning taʼkidlashicha, stol italiyalik hunarmand ustalar tomonidan tayyorlangan. Stol 1996-yili Kremlga olib kelingan, stol sobiq Senat saroyi binosining ikki qismi oʻzaro bogʻlab turuvchi hovlining asosiy kirish joyidagi Oval zalda joylashgan[3][4].
Italiya va ispan ustalari oʻrtasidagi kelishmovchilik haqidagi xabarlar baʼzi kompaniyalardan olingan bir-biriga zid maʼlumotlardan keyin paydo boʻldi[6][7].
2022-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon yetakchilari, jumladan Emmanuel Macron[5][8][9], Olaf Scholz[10][11], António Guterres[12], Ilhom Aliyev[13], Ibrohim Raisiy[14], Viktor Orban[15] bilan uchrashuvlarida ushbu stoldan foydalangan[6][16][17]. Fotosuratlarda Putin stolning bir tarafida, hamkasbi esa boshqa tarafida oʻtirganini koʻrsih mumkin. Boshqa fotosuratlarda ham, Putin boshqa bunday stollarda rus amaldorlari bilan uchrashuvlar paytida xuddi shunday katta masofada oʻtirgan[18]. 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi vaqtida stol koʻplab internet memlar mavzusiga aylandi[19][20][21]. Maʼlumotlarga koʻra, Putin qoʻrqitish va hukmronlik imidjini yaratish maqsadida yoki COVID-19 bilan kasallanishdan qoʻrqib, uzun stoldan foydalanishni afzal koʻradi[9][22][23]. Lekin Putin oʻsha davrda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va Xitoy XXR rasi Si Szinpin bilan boʻlgan uchrashuvlarda oʻzaro yaqinlikda birga suratga tushishgan[15][24].
Galereya
tahrir-
Putin rus amaldorlari bilan uchrashuvda (2000-yil)
-
Putin butun Rus va Moskva patriarxi Aleksey II, butun arman katoliklari bosh patriarxi Garegin II, muftiy Allohshukur Poshozoda bilan uchrashuvda (2000-yil)
-
Davlat Dumasi deputatlar fraksiyasi rahbarlari bilan uchrashuv (2000-yil)
-
AQSh davlat kotibi Madlen Olbrayt bilan uchrashuv (2000-yil)
-
Putin davlat Dumasi aʼzolari bilan majlis oʻtkazmoqda (2001-yil)
-
Niderlandiya davlati bosh vaziri Villem Kok bilan ushrashuv (2001-yil)
-
Umumrus milliy-harbiy fondining Vasiylik kengashi aʼzolari bilan uchrashuv (2001-yil)
-
Germaniya davlati kansleri Angela Merkel bilan uchrashuv (2002-yil)
-
Avstriya federal kansleri Wolfgang Schuessel bilan uchrashuv (2002-yil)
-
XXR Tashqi ishlar vaziri Wang Yi bilan uchrashuv (2015-yil)
-
Putin va Guterres uchrashuvi (2016-yil)
-
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi John Bolton bilan uchrashuv (2018-yil)
-
Venesuela prezidenti Nicolás Maduro bilan uchrashuv (2019-yil)
-
Bavariya bosh vaziri Markus Söder bilan uchrashuv (2020-yil)
-
Aliyev, Putin va Pashinyan (2021-yil)
-
Putin va Scholz uchrashuvi (2022-yil)[10]
-
Vladimir Putin (2022-yil)[25]
-
Vladimir Putin (2022-yil)
-
Vladimir Putin (2022-yil)
-
Vladimir Putin and Viktor Orban uchrashuvi (2022-yil)
-
Vladimir Putin and Viktor Orban uchrashuvi (2022-yil)
-
Putin va Guterres uchrashuvi (2022-yil)
Manbalar
tahrir- ↑ „To Russia with love: vast Italian table in Kremlin turns heads“ (ingliz tilida). Reuters (2022-yil 15-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Italian craftsman claims Putin’s ʻunique’ oversized table“ (ingliz tilida). www.aljazeera.com. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „V Kremle rasskazali o stole, za kotorim Putin obshalsya s Makronom i Sholsem“ (rus tilida). ria.ru. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Interyeri Kremlya i ovalniy stol Putina“ (rus tilida). tass.ru. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ 5,0 5,1 „NYT: NATO davlatlarida Rossiyaga nisbatan keyingi munosabatlar borasida kelishmovchilik bor“ (2022-yil 7-aprel). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Putin's massive table: powerplay or paranoia?“ (ingliz tilida). The Guardian (2022-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ Stephen Burgen in Barcelona and Angela Giuffrida in Rome. „Who built Putin’s long table? Competing claims arise from Spain and Italy“ (ingliz tilida). nytimes.com. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Putin Makron bilan yuzma-yuz suhbatda oʻzini qanday tutgani ma’lum qilindi“ (2022-yil 11-fevral). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ 9,0 9,1 „Putin va Makron nima sababdan toʻrt metrlik stol atrofida suhbatlashgani ma’lum qilindi“ (2022-yil 11-fevral). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ 10,0 10,1 „Ukraina inqirozi. Shols Putin bilan hazillashdi, ruslar ortga qayta boshlagan“ (2022-yil 15-fevral). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Putin Rossiyaning Ukraina bilan urushishni istamasligini ma’lum qildi“ (2022-yil 15-fevral). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Guterrishning Putin bilan uchrashuvi bir soatga yaqin davom etdi“ (2022-yil 26-aprel). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Kremlda „asr urushi“dan keyingi ilk muzokara boʻlib oʻtdi. Putin, Aliyev va Pashinyan nimalarni gaplashdi?“ (2021-yil 12-yanvar). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Putin Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan yadroviy kelishuvni muhokama qildi“ (2022-yil 9-iyun). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ 15,0 15,1 „V Kremle obyasnili, pochemu Putina s Makronom razyedinyal shestimetroviy stol“ (rus tilida) (2022-yil 11-fevral). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ Saul, Derek „Putin's Long Tables Explained: Why He Puts Some Leaders, Including Germany’s Scholz, At An Extreme Distance“ (ingliz tilida). Forbes. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Putin breaks out the Kremlin's ridiculously long table to meet with the head of the UN“ (ingliz tilida). Business Insider. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Photos: Putin keeps his distance during meetings“ (ingliz tilida). uk.news.yahoo.com. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Putin's White Table in Macron Talks Sparks Endless Memes“ (ingliz tilida). The Moscow Times (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Dlinniy stol, za kotorim sideli Makron i Putin na peregovorax, stal geroyem memov“ (rus tilida). Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Kremldagi muzokaralarda Putin va Makronni ajratib turgan 4 metrlik stol internetda yangi memlarning yaralishiga sabab boʻldi“ (2022-yil 12-fevral). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „What Putin’s very long table tells us about Russia’s inner workings“ (ingliz tilida). NBC News. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Thumbelina Politics: a Seat at Putin’s Table“ (ingliz tilida). artreview.com. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Xi and Putin urge Nato to rule out expansion as Ukraine tensions rise“ (ingliz tilida). The Guardian (2022-yil 4-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Putin javob sanksiyalari toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Rossiyadan xorijga valuta chiqarish cheklanadi“ (2022-yil 28-fevral). 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.