Xayrulla Karimov
Xayrulla Karimov (ruscha: Каримов, Хайрулла Тошпулатович; 1978-yil 22-aprel, Namangan viloyati, Oʻzbekiston[1]) – Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi. Bugungi kunda Olmaliqning „AGMK“ jamoasida Mirjalol Qosimovga yordamchi murabbiylik qilmoqda.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 22-aprel 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Namangan, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—2004 | Navbahor | 93 | (11) |
2005—2007 | Mashʼal Muborak | 23 | (1) |
2008—2016 | Bunyodkor | 144 | (3) |
2010 | → Nasaf Qarshi | 12 | (0) |
2016 | → Navbahor Namangan | 10 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2007—2009 | Oʻzbekiston | 15 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2017-yil 18-sentyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2009-yil 13-avgust uchun) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirKlublardagi faoliyati
tahrirKarimov faoliyatini Namanganning „Navbahor“ klubida boshlagan. 1996-yilda klub bilan Oʻzbekiston Oliy ligasida gʻolib chiqqan. 1996-yildan 2004-yilgacha „Navbahor“ safida toʻp surgan. 2005-yilda Muborakning „Mash’al“ klubiga oʻtgan va Ligada ikkinchi oʻrinni egallagan. Karimov „Bunyodkor“ga 2008-yilda koʻchib oʻtgan. Keyinchalik oʻzining jamoaviy oʻyinlari natijasida „Bunyodkor“ jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri boʻlgan va jamoa sardorligiga loyiq koʻrilgan. 2014-yil 7-mart kuni „Bunyodkor“ jamoasi bilan Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritdi va bu kubokni ikki marta qoʻlga kiritgan dastlabki futbolchiga aylandi. 1999-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan birinchi marta Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi mavsumda faoliyatidagi dastlabki jamoasi boʻlgan Namanganning „Navbahor“ jamoasida boshladi va ikkinchi davra boshida „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi[2]. Toshkentlik jamoasi tarkibida yarim mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, futbolchilik faoliyatini yakunladi[3].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirKarimov Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2006—2010-yillarda 16 ta oʻyinda maydonga tushgan[4][5].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirXalqaro
tahrirOʻzbekiston terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yillar | Isht | Gol |
2007 | 9 | 0 |
2008 | 4 | 0 |
2009 | 2 | 0 |
Jami | 15 | 0 |
2017-yil 1-aprelda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[6]
Yutuqlari
tahrir- Oʻzbekiston chempionati chempioni: 1996, 2008, 2009, 2011, 2013
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1998, 2008, 2012, 2013
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 1999; 2014[8]
- Oʻzbekiston chempionati ikkinchi oʻrin: 2005
- Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2006;
- Osiyo Chempionlar ligasi Yarim final (2): 2008, 2012
Manbalar
tahrir- ↑ „Информация с официального сайта «Бунёдкора»“. 2011-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-aprel.
- ↑ „Хайрулла Каримов “Навбаҳор”га қайтмоқда“. 09 янв 2016 12:30da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Бутсаларини михга илганлар“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
- ↑ Mamrud, Roberto. „Uzbekistan – Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2009-yil 16-iyul). Qaraldi: 2009-yil 13-avgust.
- ↑ „Informatsiya na sportportal.uz“. 2012-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Hayrullo Karimov“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
- ↑ „H.Karimov“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Хайрулла Каримов Ўзбекистон Суперкубогини иккинчи бор қўлга киритди“. Championat.asia.