Xiromiy (taxallusi; ismi Mullo Qurbon; 1796-yil, Kitob viloyati Charmgaron guzari – ?) – shoir. Baʼzi manbalarda „Mirzo Qurbon“, „Muhammad Qurbon“ deb ham tilga olingan.

Xiromiy
Tavalludi
Mullo Qurbon

1796-yil
Taʼlimi Mir Arab madrasasi
Kasbi Shoir

Hayoti

tahrir

Xiromiy 1796-yilda tugʻilgan. Kenagas urugʻidan. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil koʻrgan. Iqtisodiy tanglik tufayli madrasani tugata olmagan, 25 yoshida Kitobga qaytgan. Xattotlik, tabiblik, charmgarlik qilib roʻzgʻor tebratgan. Xiromiy Nasrullaxonning bosqinchilik siyosatiga qarshi kurashuvchilar safida turgan, Kitob mudofaasida qatnashgan.

Faoliyati

tahrir

Xiromiy isteʼdodli va sermahsul shoirlardandir. U oʻtmish allomalar ijodidan oʻrgangan, zamondoshlari Shavqiy, Hoziq, Vola va boshqalar bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Dastlab Saʼdiy, Navoiy, Zebunniso gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan, ularning badiiy mahorat sohasidagi anʼanalarini davom ettirgan.

Adabiy merosining umumiy hajmi 30 ming misra atrofida. Asarlari qoʻlyozmalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida („Chor darvesh“, inv.№ 359, 9251, 1675, 7713, 4819, 7847, 217 (II); „Toʻtinoma“, inv. № 1795; „Raʼno va Zebo“, inv. № 217; „Yusuf va Zulayho“, inv. № 1799) va SamDUning asosiy kutubxonasida saqlanadi.

Ijodiy faoliyati

tahrir

Xiromiy XIX asr hayotidagi yaramas illatlarni, adolatsiz hukmdorlar, noqobil hokimlar, zamin, zamon, kishilar toʻgʻrisidagi qarashlari ifodalangan „Chor darvesh“ (1834), „Mahfil oro“ (1844—56), „Toʻtinoma“ (1854), „Raʼno va Zebo“ (1856), „Yusuf va Zulayho“ (1862) dostonlarini yozgan.

„Chor darvesh“ asari

tahrir

Chor darvesh“ asari qoliplash usulida yozilgan, qoliplovchi xikoya Ozodbaxt hikoyasidir. Ozodbaxt oʻz farzandsizligidan soʻz boshlab, darveshlar sarguzashtini tinglaydi. Doston Ozodbaxtning Baxtiyor ismli farzand koʻrib, parilarning ulugʻ shoiri Malik Shohboz yordamida murodmaqsadlariga yetishi bilan tugaydi.

„Toʻrinoma“ asari

tahrir

Xiromiyning hajman eng yirik asari „Toʻtinoma“ 12 ming misradan iborat. Asarning bosh goyasi – vafo va sadoqat. Toʻtining barcha hikoya va qissalari shu gʻoyani asoslash, isbotlashga qaratilgan. „Raʼno va Zebo“ dostoni ham qoliplash usulida boʻlib, qoliplovchi hikoya Raʼno va Zebo sarguzashtlaridir. Pok muhabbatni ulugʻlash dostonning asosini tashkil etadi. Unda inson huquqi, ijtimoiy tenglik, adolat, olijanoblik kabi gʻoyalar yoritilgan[1].

Asarlari

tahrir
  • Chor darvesh, T., 1960;
  • Raʼno va Zebo, T., 1962.

Manbalar

tahrir
  1. "Xiromiy" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Qorayev T., Xiromiy Mulla Qurbon, T., 1975;
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi [5j.li], 4j., T., 1978.

Havolalar

tahrir