Gjekë Marinaj ((talaffuzi: Jeke Marinay); 1965-yil 26-may, Malësi e Madhe tumani (talaffuzi: Malesi e made), Albaniya) — alban-amerikalik shoir, yozuvchi, adabiy tanqidchi, noshir, falsafa fanlari doktori[1] va tarjimon[2]. Adib adabiy tanqidning bir shakli sifatida tinchlikni mustahkamlash va ijobiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan oʻz falsafasi — Protonizm nazariyasiga asos solgan[3]. Bu nazariya beshta tamoyilga asoslangan.

Gjekë Marinaj
Tavalludi 26-may 1965-yil (1965-05-26) (59 yosh)
Kasbi Shoir, adabiy tanqidchi, tarjimon
Ijod qilgan tillari Alban tili va ingliz tili
Fuqaroligi Albaniya bayrogʻi Albaniya
AQSH bayrogʻi AQSh
Yoʻnalish Postmodern adabiyoti
Mukofotlari „The Golden Pen Award“ — 2003,
„The Sojurin“ — 2006,
„The Pjetër Arbnori Prize“ — 2008,
„Albanian BookerMan“ — 2011,
„National Insignia“ mukofoti — 2015 va 2019,
„International Author“ — 2019
„World Poet“ — 2019
„Xalqaro madaniyatlararo tadqiqotlar va tashviqotlar jamiyati“ — 2019,
"Poet of the World" — 2020,
„Salutation to the World Poet“ — 2020,
„Suwon KS Xalqaro Adabiyot Mukofoti“ — 2020,
„Changwon KC Xalqaro Adabiy Mukofoti“ — 2021
Imzosi
Veb-sayti
marinaj.info

Marinaj 2001-yilda tashkil etilgan Alban-Amerika yozuvchilari jamiyatining birinchi prezidenti boʻlgan[4]. Bir nechta sheʼriy, nasriy va adabiy tanqidga oid kitoblari nashr etilgan[3][5].

Marinajning „Mos më ik larg“ (talaffuzi: Mos me ig lag — Mendan olis ketma), „Infinit“ (Cheksizlik), „Lutje në ditën e tetë të javës“ (talaffuzi: Luche ne diten e tete te yaves — Haftaning sakkizinchi kunidagi ibodat), „Ana tjetër e pasqyrës“ (talaffuzi: Ana tyeter e paschures — Koʻzguning aks tomoni), „Ca gjëra nuk mund të mbeten sekret“ (talaffuzi: Sanjere nuk mun te mbeten sekret — Sir tutib boʻlmaydigan baʼzi narsalar), „46 Sahifa“ nomli yigirmadan ortiq sheʼriy va nasriy kitoblari dunyoning oʻnlab davlatlarida, jumladan, alban, rumin, serb, nemis, italyan, rus, vyetnam, ozarbayjon, oʻzbek[6][7], fransuz, lao, bengal va ispan tillarida chop etilgan. U hozirda Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashaydi.

2008-yilda Marinaj Albaniyaning Turizm, Madaniy aloqalar, Yoshlar va Sport vazirligi qoshidagi „Qendra Ndërkombëtare e Kulturës“ (talaffuzi: Chendra derkombetare e kultures) tashkiloti tomonidan adabiyot boʻyicha „The Pjeter Arbnori Prize“ga loyiq koʻrilgan[8]. 2021-yilda u Janubiy Koreyaning „Changvon KC“ xalqaro adabiyot mukofotini qoʻlga kiritgan[9]. Uning asarlari va tinchlikparvarlik harakatlari Albaniya va Yevropaning boshqa joylarida, shuningdek AQSh va Osiyoning turli davlatlarida eʼtirofga sazovor boʻlgan[10]. U „Kuvendi“ jurnali tomonidan har yili oʻtkaziladigan „Adabiyot haftaligi“ nomli sheʼriyat va nasr tanlovlari, shuningdek, Albaniya-Amerika yozuvchilar assotsiatsiyasining „Golden Pen Award“ va amerikalik yoki xalqaro muallifga beriladigan „Gjenima“ adabiy mukofoti hayʼati tarkibida faoliyat yuritadi[11].

Gjekë Marinaj 1967-yilda asos solingan va hozirda AQShning Texas universiteti tarjima tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda ishlaydigan jahon adabiyoti nashriyoti — „Mundus Artium Press“ning direktori sifatida faoliyat yuritadi[12].

Hayoti va faoliyati

tahrir
 
1990-yil 11-sentyabr Albaniya hukumati tomonidan hibsga olinmaslik uchun Yugoslaviyaga qochish oldidan olingan surati

Gjekë Marinaj 1965-yilda Albaniya shimolidagi Malësi e Madhe hududida tugʻilgan. Marinaj yozuvchilik faoliyatini Albaniyaning bir qator ommaviy axborot vositalarida faoliyati cheklangan muxbir sifatida boshlagan. Dastlab Shkodërdagi mahalliy gazetalarda, keyin bir qator alban milliy nashrlarida, shu jumladan „Zëri i Rinisë“ (talaffuzi: Zeri i rinisa — Yoshlar ovozi), „Luftëtari“ (talaffuzi: Luftetari — Jangchi), „Vullnetari“ (talaffuzi: Vulnetari — Volontyor) va „Drita“ (Nur) kabilarda faoliyat olib borgan[13]. 1990-yil avgustda Marinaj „Horses“ nomli antikommunistik satirik sheʼrini nashr etgan (asli albancha: Kuajt)[14]. 1990-yil 12-sentyabrda Kommunistik tuzum tomonidan Marinaj hibsga olinishi mumkinligini bilib qoladi. Shundan keyin u noqonuniy yoʻl bilan Yugoslaviyaga qochib oʻtadi. Undan keyin AQShdan boshpana topadi[15][16]. Marinaj 1991-yil iyul oyida San Diegoga, keyin Texasning Richardson shahriga borgan. 2001-yilda adib Alban-Amerika Yozuvchilar Assotsatsiyasiga asos solgan[17] va 2009-yilga qadar Assotsatsiya prezidenti lavozimida ishlagan[18]. 2019-yilda Albaniya elchixonasida ishlagan[19][20]. Hozirda „Mundus Artium Press“ jahon adabiyoti nashriyotining direktori boʻlib ishlaydi[21].

Intervyulari

tahrir

Amerikada yangi hayotini davom ettirar ekan, Marinaj Albaniya ommaviy axborot vositalarining amerikadagi vakili sifatida jurnalistlik faoliyatini davom ettirgan. Uning jurnalistik faoliyati asosan Amerikaning sobiq prezidenti George H. W. Bush[22], Isroilning toʻqqizinchi prezidenti Shimon Peres, mashhur futbolchi Pele[3] va boshqalar bilan boʻlgan intervyularni oʻz ichiga olgan. Marinajning „Ana tjetër e pasqyrës“ (talaffuzi: Ana tyeter e paschures — Koʻzguning aks tomoni) kolleksiyasida ushbu intervyularning aksariyati keltirib oʻtilgan[23].

„Horses“ sheʼri

tahrir
 
1990-yil 19-avgust „Horses“ sheʼri „Drita“ gazetasida chop etilishi oldidan olingan surat (ammo shaxsiyatini himoya qilish maqsadida eʼlon qilinmagan).

„Horses“ sheʼri dastlab Albaniyaning „Drita“ gazetasida chop etilgan[24]. Bu bir qarashda uy hayvoni haqidagi oddiy sheʼr boʻlib koʻrinsada, aslida alban xalqining kommunistik tuzum tomonidan ezilgani bayon etilgan satirik ijtimoiy va siyosiy sheʼrdir[18]. Ushbu sheʼr 1990-yil 19-avgustda „Drita“ gazetasida eʼlon qilingan va gazetxonlar eʼtirofiga sazovor boʻlgan[25]. Bunday gʻoyadagi sheʼr alban nashriyotida ochiqchasiga eʼlon qilinishi albanlarni va keyinchalik xalqaro hamjamiyatni ham hayratda qoldirganligi aytilgan[26]. Nashrdan chiqqanidan keyin bir necha soat ichida „Drita“ning barcha nusxalari butun mamlakat boʻylab sotilgan[27]. Odamlar sheʼrni qogʻoz parchalariga yozib olib, metro va koʻchalarda bir-birlariga ulashishgan. Bir necha oy oʻtgach, odamlar hukumatga qarshi namoyishlar paytida megafonlar orqali ushbu sheʼrni aytishgan[28]. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Marinajning soʻzlari Albaniyada kommunizmni magʻlub etishga va ozodlik uchun kurashishga qaratilgan[29]. Shunga qaramay, erkinlik va ozodlik gʻoyalarini ilgari surgani uchun shahar markazida osishga mahkum etilgan boshqa shoirlarni koʻrgan Marinaj darhol mamlakatni tark etishga qaror qilgan. U bir nechta sevimli kitoblarini olib, doʻstlari va oilasiga taʼtilga ketayotganini aytgan va togʻli yoʻllar orqali Yugoslaviyaga joʻnab ketgan[18].

Amerikadagi taʼlimi

tahrir

Albaniyadagi taʼlimdan keyin, 2001-yilda Marinaj Brookhaven kollejida fan boʻyicha dotsentlik darajasini olgan[30]. U oʻqishini Dallasdagi Texas universitetida davom ettiradi va u yerda 2006-yil adabiyotshunoslikda Magna cum laude (lotin iboralari toʻplami) boʻyicha bakalavr darajasini, 2008-yilda xuddi shu yoʻnalish boʻyicha magistr darajasini oladi. Uch yil oʻtgach, Marinajga Ackerman Holocaust tadqiqotlari markazi tomonidan Holokost tadqiqotlari boʻyicha sertifikat topshirilgan[18].

Falsafa fanlari doktori

tahrir

2012-yilda Marinaj Dallasdagi Texas universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning Tarjima nazariyasi boʻyicha yozilgan dissertatsiyasi Bolqondagi ogʻzaki adabiyot falsafasi va tarixiga qaratilgan. Dissertatsiya mavzusi — „Alban va boshqa Bolqon mamlakatlari madaniyatida ogʻzaki adabiyot: ayrim soʻzlar tarjimasidagi murakkabliklar“ („Oral Poetry in Albanian and Other Balkan Cultures: Translating the Labyrinths of Untranslatability“)[31].

Protonizm nazariyasi

tahrir

The Dallas Morning News gazetasida yozilishicha Marinajning „Protonizm nazariya“si adabiy tanqid orqali „tinchlik va tiniq fikrlashni targʻib qiladi“[3]. 2011-yilda Marinajning „Protonism Theory, in Protonism: Theory Into Practice“ (Protonizmda Protonizm nazariyasi: Nazariyadan amaliyotga) mavzusidagi[32] ilk kitobi Albaniya poytaxti Tirananing Milliy Media Jamoasi tomonidan Adabiyot uchun „Albaniya BookerMan Mukofoti“ga sazovor boʻlgan[33].

Protonizm nazariyasiga koʻra, har bir tanqidchining shaxsiy manfaatlari va tarafkashliklari badiiy asardagi maʼlum bir kuchli va zaif tomonlarni tanqidiy baholashga qaratilgan eʼtibor darajasiga taʼsir qiladi[34]. Marinaj protonizm nazariyasini 2005-yilda kommunizmning qulashi ortidan Sharqiy Yevropa akademiyasida kuzatilgan haddan tashqari salbiy tanqidlar oqimiga javob sifatida shakllantirgan. Protonizmda asosan adabiy tanqidning muqobil shakli sifatida tanqidchilarning adabiy asarlarga xolisona baho berishi uchun umumiy asos yaratish maqsad qilingan[35].

Protonizm nazariyasi beshta asosiy prinsipni oʻz ichiga oladi: protonizmiotika, restitutsiya (qayta tiklash), tadqiqot, haqiqat va axloq[36].

Protismiotika Protonizm va semiotikani birlashtirib, asarga salbiy baho berish, muallifga qarshi fikr bildirish yoki noprofessional tanqidni aniqlash vazifasini bajaradi. Marinajning plyuralistik madaniy qarashlarining asosini tashkil etuvchi protonizm nazariyasi Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi va Osiyodagi universitetlarning oʻquv dasturlariga ham kiritilgan[37][38]. Protonizm nazariyasi professor Afrim A. Redzepi tomonidan Saint Cyril va Methodius (The University of Saint Cyril and Methodius) universitetida tanlov fani sifatida oʻqitiladi. Dars asosan uchta mavzuga qaratilgan: matn, kontekst va oʻzlashtirish. U madaniyatning turli jihatlarini, shu jumladan Gegelning ruh fenomenologiyasi, munosabat estetikasi va sanʼat asarlarini qamrab oladi[38]. Bundan tashqari, John Dewey va Nicolas Rorty nazariyalarini, shuningdek Protonizm nazariyasini tatbiq qiladi[38]. Asosiy darsliklar orasida Marinajning „Protonizm Theory“ (Protonizm nazariyasi), John McDermottning „The Philosophy of John Dewey“ (John Dewey falsafasi) va Kristen M. Walkerning „Hemisphere: Visual Culture of America, Protonism“ (Yarim shar: Amerikaning vizual madaniyati, protonizm) asarlari mavjud[38].

Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi protonizm nazariyasini oʻzining magistratura oʻquv dasturlariga kiritgan[39]. Marinaj ilk marta 2021-yil oktyabr oyida Janubiy Koreyaning Dankook universitetida „Protonizm nazariyasi: Adabiyotning ijtimoiy funktsiyasini rivojlantirish uchun yordam“ mavzusidagi maʼruzasini oʻqigan va bu dastlab koreys tilida nashr etilgan, shundan keyin dunyoning bir qancha tillarida nashr qilingan[40][41][42][43].

Adabiy etnografiya

tahrir

Marinajning „Sung Across the Shoulder: Heroic Poetry of Illyria“[44] (Mundus Artium Press, 2011; Frederick Turner bilan birgalikda tahrirlangan, tarjima qilingan va tatbiq qilingan) va dissertatsiyaga asoslangan „Oral Poetry in Albanian and Other Balkan Cultures: Translating the Labyrinths of Untranslatability“ (UMI, 2012; Pro Quest, Michigan, USA 2020) kabi asarlari oʻzining etnografik tadqiqotlari natijasida yozilgan. Ikkala asar ham ogʻzaki adabiyot vakillarini lingvistik, tarixiy, geografik, madaniy, ijtimoiy va estetik nuqtai nazardan oʻrganib chiqib, ogʻzaki adabiyotni tarjima qilish muammolarini tahlil qiladi[45]. Ushbu kitoblar alban ogʻzaki adabiyotining ingliz tilidagi antologiyasi hisoblanadi[46][47].

Marinaj alban tilshunosligiga, xususan, yangi soʻzlar va neologizmlarni yaratishda ham oʻz hissasini qoʻshgan. Ularning bir qanchasi „Lexico-phraseological and ethnolinguistic dictionary of the Malësi e Madhe“ga (Malësi e Madhening Leksiko-frazeologik va etnolingvistik lugʻati, albancha — „Fjalor leksiko — frazeologjik dhe etnoliguistik i Malësisë së Madhe“) kiritilgan[45].

Madaniy aloqalar

tahrir
 
Gjekë Marinaj Vyetnam prezidenti Truong Tan Sang bilan

2017-yildan boshlab, Marinaj Xalqaro Diplomatiya va Adliya Kengashida Madaniy va ilmiy aloqalar boʻyicha Oliy komissar lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda[48]. Ushbu kengash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy masalalar (DESA) departamenti NGO (nodavlat tashkilotlar) boʻlimida roʻyxatdan oʻtgan[49].

Marinaj shuningdek, Albaniyaning „Nation's Ambassador“ unvoniga ega[19]. Albaniya va AQSh oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirishdan tashqari u adabiyot va tinchlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻplab davlatlarda safarda boʻlgan[50][51]. Sobiq Yugoslaviya va Yevropaning tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan Sharqiy bloki (Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Kosovo, Ruminiya)[52][53], shuningdek, AQShdan mafkuraviy boʻlinishlar tufayli ajratilgan xalqlar (Vyetnam va Xitoy)[54][55][56][57][58][59][60][39] yoki milliy, etnik va plyuralistik jihatdan oʻziga xosliklari bilan ajralib turadigan davlatlarga (Janubiy Koreya, Hindiston, Meksika, Irlandiya, Italiya, Buyuk Britaniya) alohida eʼtibor qaratgan[61][62][63].

 
Gjekë Marinaj Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabalari bilan

Bugunga qadar ham Marinaj Ozarbayjon, Oʻzbekiston[64][65][66], Laos, Rossiya[67], Efiopiya[68] va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi yozuvchilar va madaniyat arboblari bilan inklyuziv professional hamkorlikni davom ettirmoqda. Uning faoliyatini nashrlarda, tarjimalarida va Mundus Artium Press jurnali sahifalarida kuzatish mumkin[69].

2019-yilda Hindistonning Kalkutta shahrida „Sayyoraviy inqiroz va inson ozodligi“ mavzusida boʻlib oʻtgan Jahon mutafakkirlari va yozuvchilari tinchlik uchrashuvida Xalqaro madaniyatlararo tadqiqotlar va tashviqotlar jamiyati Marinajning adabiyot orqali tinchlikka boʻlgan intilishini va umuminsoniy qarashlarini eʼtirof etgan[62].

Hozirgi faoliyati

tahrir

Hozirgi kunda Marinaj 1967-yilda Ogayo universitetida tashkil etilgan nodavlat notijorat „Mundus Artium Press“ jahon adabiyoti jurnalining direktori. Dallasdagi Texas universiteti Erik Jonsson akademik markazida va Claytonda ushbu matbuotning ofislari mavjud. Shu bilan birga u „Mundus Artium“ (xalqaro adabiyot va sanʼat jurnali) muharriri hamdir[21]. Marinaj har yili oʻtkaziladigan adabiyot boʻyicha „Gjenima mukofoti“ hakamlari hayʼati raisi etib tayinlangan. „Gjenima mukofoti“ mukofot homiysi „Mundus Artium Press“ jurnalida keltirilganidek „…bugungi kun tarixida tan olingan haqiqiy badiiy asar yoki bitta yirik adabiy yutuqning egasini tan oladi…“[70][71][72][73][74][75][76][77][78].

U 2001-yildan beri Dallas kollejida ingliz tili, xalqaro aloqalar va jahon adabiyoti fanlaridan dars beradi[79][80][81]. Professor sifatida doktor Marinaj dunyoning koʻplab universitetlarida doktorlik dissertatsiyalarining himoya qilinishini nazorat qiladi. Hozirda Oʻzbekiston Milliy universitetida ham faoliyat olib bormoqda[82].

Kitoblari

tahrir
 
Gjekë Marinajning dastxati

Marinajning sheʼriy, jurnalistika va adabiy tanqidga oid kitoblari koʻplab mamlakatlarda, turli tillarda nashr etilgan. Uning „Mos më ik larg“[83] (talaffuzi: Mos me ig lag — Mendan olis ketma), „Infinit“[84] (Cheksizlik), „Lutje në ditën e tetë të javës“[85][86][87] (talaffuzi: Luche ne diten e tete te yaves — Haftaning sakkizinchi kunidagi ibodat), „Prizonierul Absentei“[88] (talaffuzi: Prizonerul Absentey — Yoʻqlik asiri), „Dolazim da pozelenim“[89] (talaffuzi: Dolazim da pozelenim — Men yaproq toʻkishga keldim), „Nhung hy Vong Trong suot“[90] (talaffuzi: Nung ji vong jong souot — Shaffof umidlar), „Nhung Cay Lieu Ri Mau“[91] (talaffuzi: Nung say Lyu ri mau — Qonayotgan tollar), „Sevginin 24 Saati“[92] (Sevgining 24 soati), „46 Sahifa“[93], „Schizzi Dʼimmaginazione“[94] (talaffuzi: Sizi dimajinazione —Tasavvurdagi chizmalar), „ການສາລະພາບຂອງທະເລ“ (Dengiz olqishlari), „Humanizing Venus“, „대서양 연안에서 네루다와 함께“[95] (Atlantika sohilida Neruda bilan), „An Ell Above the Clouds“ kabi sheʼriy toʻplamlari bor[96][97][98][99][100][101][102]. Bundan tashqari, „Ana tjetër e pasqyrës“[103] (talaffuzi: Ana tyeter e paschures — Koʻzguning aks tomoni) nomli intervyular toʻplami, „Ca gjëra nuk mund të mbeten sekret“[23] (Sir tutib boʻlmaydigan baʼzi narsalar) nomli tanlangan maqolalar va esselar toʻplami, „Protonizmi: nga teoria në praktikë“[28] (Protonizm: nazariyadan amaliyotga) nomli adabiy tanqidga oid kitobi, „Inkshed: A poetʼs view on the Vietnam War“[104][105][106] nomli bir toʻplam ichidagi esse va sheʼriy kitoblari ham mavjud.

Tarjimalari

tahrir

Gjekë Marinaj „Translation Review“ jurnalining muharriri boʻlib ishlagan[107]. Shu bilan birga bir qancha kitoblarni ingliz tilidan alban tiliga va alban tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan[108][28]. Ular orasida alban ogʻzaki dostonlari toʻplami hamda „Frederick Turner“ nomli dostoni alohida ajralib turadi. U ingliz va alban tillarida oʻndan ortiq kitoblarni tahrir qilgan. Vyetnam tilidan alban tiliga[109] Mai Văn PhấnningVowels in the Dew[110][111] nomli tanlangan sheʼrlar toʻplamini va Ho Chi Minhning „Chess Lessons: Poetry from the Prison Diary“ kabi kitoblarini tarjima qilgan[112][113][114][115].

Eʼtiroflar va tanqidlar

tahrir

Marinaj 2008-yilda Albaniya Turizm, Madaniyat, Yoshlar ishlari va sport vazirligi qoshidagi Xalqaro madaniyat markazi tomonidan „Pjetër Arbnori“ mukofoti bilan taqdirlangan[16]. Bundan tashqari yana koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Post-Kommunistik tuzumdagi Albaniya va uning diasporasida qoʻlga kiritilgan Albaniya-Amerika yozuvchilari jamiyatining „The Golden Pen Award“ (2003), adabiyot yoʻnalishi boʻyicha „Albanian Booker Man“ (2011), Tirana Milliy Media jamoasi tomonidan „Protonism: Theory Into Practice“[33] nomli adabiy tanqidga oid kitobi uchun mukofot va „Malësi e Madhe's Honorary Citizen Award“ (2021) (Malësi e Madhening faxriy fuqarosi) kabilar shular jumlasidandir[116][117].

Shuningdek, Amerikada avval „Reunion“[118] deb nomlangan va keyinchalik „The Sojourn“ nomiga oʻzgargan mukofot (2006) bilan taqdirlangan. Janubiy Koreyaning „Suvon KS“[119] xalqaro adabiyot mukofoti (2020), „Changwon KS“ xalqaro adabiyot mukofoti[120][121][122][123][124][125][126][76][127] (2021), Italiyada „The International Author Prize“ (2019), Oʻzbekistonda „Jahon shoiri“ mukofoti (2020)[128][129], Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya shtatida „World Poet Prize“ (2019), madaniyatlararo tadqiqotlar va tashviqotlari uchun topshirilgan mukofot (2019), „Underground Literature“ (Mahfiy adabiyot) harakati va adabiy jurnal platformasi[130] tomonidan taʼsis etilgan „Salutation to the World Poet“ (Jahon shoiriga salom) (2020) kabilar Marinajning mukofotlar kolleksiyasidan oʻrin olgan. Vyetnam Yozuvchilar assotsiatsiyasi tomonidan ikki karra „National Insignia Prize“ bilan taqdirlangan (2015, 2019). Mukofotga „for the cause of Vietnamʼs Literature and Arts“ (Vyetnam adabiyoti va sanʼati uchun) deb maxsus jumla tushirilgan[131]. U bir necha marta adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofoti nominantlari roʻyxatiga kiritilgan[132][133][50][120][134][135][136][137][138][139][140][141][142][143][144][145][146].

Marinajning ijodiy faoliyati yuzasidan ilmiy ishlar ham olib borilgan. Senada Demushining „Shtigjeve letrare të Gjekë Marinaj“[147] (Gjeke Marinajning ijod yoʻli. Tirana: Botimet Nacional. 2016), Adnan Mehmetining „Gjekë Marinaj, me shume se poet“ (Gjekë Marinaj, shoir emas, dengiz. New York, London: Adriatic Press. 2007), fan doktori Ramesh Mukhopadhyayaning „Hidden in the Light of Thought: 22 of Gjeke Marinajʼs Poems Decoded“ (Oklahoma: Orpheus Texts, 2019) nomli ilmiy ishlari shular jumlasidandir[148].

Marinaj sheʼriyati va adabiy nazariyalari bir qancha tadqiqotchilar tomonidan tadqiq qilingan. Shefqet Dibranining „Libra dhe mbresa“ (Kitoblar va taassurotlar. Switzerland: Albanisches Institut. 2005), Mikel Gojanining „Traditë dhe bashkëkohësi“ (Milliylik va zamonaviylik. Kosovo. 2007), fan doktori Afrim A. Rexhepining „Aisthesis: studime nga estetika“ (Estetika: estetika boʻyicha izlanishlar. Shkup. 2013), Mimoza Rexhvelajning „Vështrim mbi Poezinë e Diasporës“ (Diaspora sheʼriyati tahlili. Shkoder. 2013), Anton Gojçajning „Biblioteka e hirushes“ (Zolushka kutubxonasi. USA: Art Club. 2011), Mai Văn Phấnning „Không Gian Khâc“ (Boʻshliqlar. Hanoi, Vyetnam: Yozuvchilar assotsiatsiyasi nashriyot uyi. 2016), Besim Muhadrining „Esencat e mendimit letrar“ (Badiiy fikr mohiyati. New York, London: Adriatic Press, 2020)[149] va Giovanni Romanoning „Poesia: Lʼivincibile Presente“ (Sheʼriyat: Yengilmas. Bari. Italiya: SECOP Edizioni. 2020) kabilar shular jumlasidandir[150].

Alban yozuvchisi Ismail Kadare (Xalqaro Booker mukofoti sohibi, 2005.) Marinajni „…zamonamizning eng taniqli alban shoirlaridan biri…“ va „…Yevropaning eng yaxshi shoirlaridan biri…“ deb eʼtirof etgan[102].

Italiyalik adabiyotshunoslardan biri „Marinaj Protonizm nazariyasining siyosatga, ijtimoiy hayotga, yosh avlod tarbiyasiga tatbiq etilishi favqulodda yangicha va muhim inqilobni yaratishi mumkin. Chunki hayot bor joyda goʻzallik, goʻzallik bor joyda sheʼriyat, sheʼriyat bor joyda erkinlik boʻladi. Erkinlik esa inson qatʼiyatining asosidir“, deb fikr bildirgan[63].

Manbalar

tahrir
  1. Marinaj, Gjeke. 46 Sahifa. Toshkent: Istiqlol, 06.01.2020. — 198-bet. ISBN 9789943572423. 
  2. Shin Yu Pai. „Editor's Note“. Locuspoint (21-iyul 2007-yil). Qaraldi: 17-aprel 2012-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Lindsey Bever. „Power of a poem“. Neighborgo (4-may 2012-yil). Qaraldi: 5-fevral 2013-yil.
  4. Visar Zhiti. „Me poetin Gjekë Marinaj dhe kuajt tanë“. ZSH (2-fevral 2022-yil). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
  5. Justin Stock. „Albanian-Americans Unite Through Love of the Written Word“. StamfordPatch (18-yanvar 2011-yil). 22-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-aprel 2012-yil.
  6. „American's poetry inspires in Uzbekistan“. issuewire.com. Qaraldi: 24-dekabr 2023-yil.
  7. „Gekyo Marinay. She’rlar. Mirzohid Muzaffar tarjimalari & Shoir, avvalo, shaxs bo’lmog’i lozim. Gekyo Marinay bilan suhbat“. Xurshid Davron kutubxonasi. Qaraldi: 12-iyul 2023-yil.
  8. „Professor and Student Cross the Balkans for Poetry“. The University of Texas at Dallas (23-iyun 2011-yil). Qaraldi: 17-aprel 2012-yil.
  9. Jeong Hyeon-soo. „평화와 희망으로 인간 노래하는 저항 시인“ (koreyscha). idomin.com (20-avgust 2021-yil). Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
  10. „Profiles and Book Reviews on Marinaj in PDF“ (inglizcha) (19-aprel 2020-yil). Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  11. Marinaj, Gjeke. 46 Sahifa. Toshkent: Istiqlol, 06.01.2020. — 198-bet. ISBN 9789943572423. 
  12. Marinaj, Gjeke. 46 Sahifa. Toshkent: Istiqlol, 06.01.2020. — 198-bet. ISBN 9789943572423. 
  13. Gary Montgomery. „Public Profile“. Alta. 8-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2013-yil.
  14. Cavalleri, Cesare „Gjekë Marinaj Il fondo senza fondo dell'amore“ (italyancha). avvenire.it. Avvenire (6-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 4-may 2022-yil.
  15. Shefqet Dibrani. „Sfidat e intelektualit“ (albancha). Bota Sot (15-dekabr 2003-yil). Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
  16. „testimonials“. Illyria. 9-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2013-yil.
  17. 18,0 18,1 18,2 18,3 Brent Flynn. „Albanian writers recognize 2 from UTD for translating poet“. The Dallas Morning News (18-avgust 2005-yil). 2017-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2013-yil.
  18. 19,0 19,1 „McKinney writer named home nation's ambassador“. McKinney Courier-Gazette. Qaraldi: 6-aprel 2022-yil.
  19. „Një nga shkrimtarët më të spikatur në botë, Gjekë Marinaj merr titullin Ambasadori i Kombit“. politiko.al. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  20. 21,0 21,1 „About Us“. Mundus Artium Press. Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
  21. Gjekë Marinaj. „Këlliçi i mikorofonit sportiv bën 70 vjeç, në SHBA.“ (albancha). Gazeta Shekulli (26-yanvar 2008-yil). Qaraldi: 12-iyun 2013-yil.
  22. 23,0 23,1 Arben Çokaj. „Ana tjetër e pasqyrës“ (albancha). Shkoder.net (26-noyabr 2003-yil). Qaraldi: 9-aprel 2022-yil.
  23. „Gjekë MARINAJ“. www.albanianliterature.net. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  24. „The Ofi Press Magazine“. The Ofi Press Magazine. 2004-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  25. Eva Dore. „Fenomeni "Gjekë Marinaj"“ (albancha). Shqip (11-noyabr 2011-yil). 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-fevral 2013-yil.
  26. „30 VITE ME PAS – Poezia "Kuajt" e Gjekë Marinjat, kur arti ndeshej me diktaturën“ (inglizcha). 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2022-yil.
  27. 28,0 28,1 28,2 Eric Nicholson. „Award carries poetic justice“. UTD Mercury (28-fevral 2010-yil). Qaraldi: 5-fevral 2013-yil.
  28. Lindsey Bever. „Power of a poem“. The Dallas Morning News (4-may 2012-yil). Qaraldi: 5-fevral 2013-yil.
  29. „News Note“. Brookhaven College (10-fevral 2011-yil). 24-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-aprel 2012-yil.
  30. „Doctoral degrees awarded by U.T. Dallas“. University of Texas (6-dekabr 2012-yil). 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-fevral.
  31. Marinaj, Gjeke. Protonizmi: Nga Teoria ne Praktike (sq). Albania: Shtepia Botuese Nacional, 2015 — 376-bet. ISBN 978-99956-89-02-5. 
  32. 33,0 33,1 Mujë Buçpapaj. „Marinaj merr Çmimin "Albanian BookerMan"“ (sq). Gazeta Nacional (2012-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  33. Marius Dobrescu. „Afinitatile culturale“ (ro). Prietenul Albanezului (2012-yil avgust). 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-fevral.
  34. Afrim A. Rexhepi. „Haiku and the theory of Protonism“ (mk). Spektar (2012-yil dekabr). Qaraldi: 2013-yil 5-fevral.
  35. Preç Zogaj. „teoria që sheh bardhë dhe lart“ (sq). Mapo (2012-yil 3-dekabr). 2017-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-fevral.
  36. admin „Inclusive Bio“ (en-US). GJEKË MARINAJ (2020-yil 20-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-fevral.
  37. 38,0 38,1 38,2 38,3 „Изборни предмети од втор циклус – Институт за македонска литература“ (mk-MK). Qaraldi: 2023-yil 28-fevral.
  38. 39,0 39,1 „Marinaj's Protonism is Accepted from the Ministry of Education of China“ (zh). Ministry of Education of China (2020-yil 19-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  39. „제20회 국제학술세미나 <접촉하는 예술들 : 기술과 예술의 공진화(共進化)>“ (ko). Dankook University. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  40. „Leksion Në Demokraci“ (sq). Fjala (2022-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  41. „'Thuyết Proton' của Gjeke – Marinaj“ (vi). Nguoi HaNoi (2020-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  42. „Khái lược về "thuyết proton" của Gjekë Marinaj“ (vi). VanViet. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  43. Marinaj, Gjeke; Turner, Frederick. Sung Across the Shoulder (en). USA: Mundus Artium Press, 2011 — 226-bet. ISBN 978-0-939378-11-1. 
  44. 45,0 45,1 „Gjovalin Shkurtaj: Metaforika origjinale dhe pasuria ligjërimore në poezinë e Gjekë Marinajt“ (2022-yil 14-dekabr).
  45. Frederick Turner. „The Folk and the Classics“ (en). American Arts Quarterly (winter 2012). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  46. „Marinaj, Gjekë 1965-“ (en). WorldCat. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  47. „Consiglio Internazionale per la Diplomazia e la Giustizia-STRUTTURA-Consiglio Internazionale per la Diplomazia e la Giustizia“ (en-US). www.icdj.eu. 2023-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  48. „Home-Consiglio Internazionale per la Diplomazia e la Giustizia“ (en-US). www.icdj.eu. 2023-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  49. 50,0 50,1 „A23 – Jeta e pazakontë e shqiptarit, një poezi, një arratisje dhe NOBEL-i – 26. Avgust 2021 ATV“ (sq). A23. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  50. „Gjekë Marinaj, midis mallit dhe nderimit – Tom Therçaj (Telereportazh)“ (sq). Malësi e Madhe. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  51. Дејана Ивановић. „Албански Књижевник:Да сам могао да бирам, живео бих у Србији“ (sh). Iskra (2015-yil 30-mart). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  52. Биљана Диковић. „Албански Књижевник: Да сам могао да бирам, живео бих у Србији“ (sh). Serbian FB Reporter (2015-yil 30-mart). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  53. Dinh Thuong. „Nói sao cho hết về người con gái Việt Nam – Gjekë Marinaj (Hoa Kỳ)“ (vi). Hoi Nha Van Hai Phong (2020-yil 17-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  54. „Grgjeke Marinaj (Hoa Kỳ - Anbani)“ (vi). Nguoi HaNoi (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  55. Nhu Quynh de Prelle. „Thơ Như Quỳnh de Prelle“ (vi). VanViet (2016-yil 17-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  56. Dong Thuy. „Ngày thơ Việt Nam lần thứ XVII với chủ đề 'Người Kinh Bắc'“ (vi). Tin Tuc (2019-yil 19-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  57. „Mai Văn Phấn – Gjekë Marinaj dịch sang Albania ngữ“ (vi). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  58. „17th Vietnam Poetry Day marked in Bac Giang“ (en). Vietnam Plus (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  59. Kim Hieu, Do Quyen, Tuyet Mai. „Ngày Thơ Việt Nam tại Bắc Giang: Xây dựng văn hóa, con người Việt Nam từ tinh hoa dân tộc và nhân loại“ (vi). Bac Giang (2019-yil 19-fevral). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  60. „진해구, 제26회 김달진 문학제 비대면 행사 개최“ (ko) (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  61. 62,0 62,1 „Literary Activist, Dr. Gjeke Marinaj, Awarded for Nurturing Peace“ (en). 2 News. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  62. 63,0 63,1 Rosanna Procacci. „Tour in Puglia (Bitonto inclusa) per il grande poeta americano Gjekë Marinaj della Secop edizioni“ (it). Da Bitonto (2019-yil 11-sentyabr). 2023-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  63. „Albanian-American Poet, Writer, Translator, Literary Critic, Publisher and Philosopher Gekyo Marinay Met With Students at the Nuuz“. National University of Uzbekistan (2022-yil 26-may). 2023-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-avgust.
  64. „Gekyo Marinay. She'rlar. Mirzohid Muzaffar tarjimalari & Shoir, avvalo, shaxs bo'lmog'i lozim. Gekyo Marinay bilan suhbat | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  65. „Universitetimizga jahonga mashhur ijodkor tashrif buyurdi | Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti“. tsuull.uz. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  66. „Gjeke Marinaj Archives“ (en-US). Апраксин Блюз. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  67. admin „Libër i Ri në Etiopi: "Një spik mbi re" nga Gjekë Marinaj“ (sq-AL). FJALA e LIRË (2022-yil 1-aprel). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  68. „Home“ (en). Mundus Artium Press. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  69. „Gjenima Prize“ (en). Mundus Artium Press. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  70. Bok Hyun-myung. „최동호 고려대 명예교수, 제18회 제니마 문학상 수상자 선정“ (ko). Daily Smart (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  71. Jung Min-kyu. „최동호 고려대 명예교수, 제18회 제니마 문학상 수상자로 선정 (The Gjenima prize for literature)“ (ko). The Leader (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  72. „최동호 수원문화도시포럼 이사장, 제니마문학상 수상“ (ko). Newsis (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  73. Eun-seop Shin. „최동호 수원문화도시포럼 이사장, 국내 최초 미국 '제니마 문학상' 수상“ (ko). Suwonibo (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  74. „최동호 명예교수, 제18회 제니마 문학상 수상“ (ko). KU News (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  75. 76,0 76,1 Hwang Yong-in. „박재규 경남대 총장 '창원KC국제문학상' 시상“ (ko). GN News (2021-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  76. „최동호 수원문화도시포럼 이사장, 제니마문학상 수상“ (ko). Cafe (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  77. „L'Incanto della poesia tra gelsi, fiori e ulivi“.
  78. Jenni Gilmer. „This week's RLC update – Marinaj awarded literature prize“. Richland College – Media & Newsroom (2009-yil 16-yanvar). 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-aprel.
  79. „Gjekë Marinaj receives the International Literary Award "Changwon" from South Korea“. Oculus News. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  80. „Gjekë Marinaj, Author at Diaspora Shqiptare“ (sq). Diaspora Shqiptare. 2022-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  81. „National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek“. nuu.uz. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  82. Marinaj, Gjeke. Mos me ik larg (sq). Albania: Shtepia Botuese e Lidhjes se Shkrimtareve, 1995 — 84-bet. 
  83. Marinaj, Gjeke. Infinit (sq). USA: Orpheus Texts, 2000 — 122-bet. ISBN 978-0-9728521-1-1. 
  84. Marinaj, Gjekë. Lutje në ditën e tetë të javës (sq). Kosovo: Fair Konica, 2008 — 160-bet. ISBN 978-9951-06-185-8. 
  85. „Poezia si fletë Bible e Gjekë Marinaj – Balli i Kombit në Internet“. www.ballikombit.org. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  86. paultedeschini „Bota e pasur shpirtërore e poetit Gjekë Marinaj çfaqet në çdo fjalë“ (sq-AL). EuroEmigrant (2008-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  87. Marinaj, Gjekë. Prizonierul absentei (ro). Rumania: Primavara, 2013. 
  88. Marinaj, Gjeke. Dolazim da pozelenim (sr-el). Serbia: Serbian Writers Association, 2014 — 142-bet. ISBN 978-86-81537-49-7. 
  89. Marinaj, Gjeke. Nhung hy Vong Trong suot (vi). Hanoi: Vietnam Writers Association, 2014 — 132-bet. ISBN 978-604531-297-1. 
  90. Marinaj, Gjeke. Nhung Cay Lieu (vi). Hanoi: Vietnam Writers Association, 2016 — 206-bet. ISBN 978-604-53-5956-3. 
  91. Marinaj, Gjeke. Sevginin 24 Saati (az). Baku: Seirlar — 93-bet. ISBN 978-9952-476-82-8. 
  92. Marinaj, Gjeke. 46 Sahifa (uz). Tashkent: Istiqlol, 2020 — 197-bet. ISBN 978-9943--5724-2-3. 
  93. Marinaj, Gjeke. Schizzi D'immaginazione (it). Corato: Secop edizioni, 2019 — 177-bet. ISBN 978-88-94862-60-7. 
  94. Marinaj, Gjeke. 대서양 연안에서 네루다와 함께 (ko). Seoul: Lyric Poetics, 2020 — 115-bet. ISBN 979-1-188-90352-8. 
  95. „Books written by Marinaj“ (en). Dr. Gjekë Marinaj. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  96. „Public Profile“. ALTA. 2012-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-may.
  97. „Да сам могао да бирам, живео бих у Србији“ (sh). Politika. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  98. „Албанска Књижевност“ (sh). Bibliografije. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  99. „Những cây liễu rỉ máu“ (vi). Tiki. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  100. „Il grande poeta americano Gjekë Marinaj a Bitonto per presentare il libro "Schizzi di immaginazione"“ (it). Da Bitonto. 2023-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  101. 102,0 102,1 „미국 시인 잭 마리나이 시집 '대서양 연안에서 네루다와 함께' 한국 발간“ (ko). KG News. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  102. Marinaj, Gjeke. Ana tjeter e pasqyres (Albanian). USA: Orpheus Texts, 2003 — 257-bet. ISBN 0-9728521-2-3. 
  103. Frederick Turner. „Inkshed: A poet's view on the Vietnam by Gjekë Marinaj is available on Amazon“ (en). Atunis Galaxy Poetry (2021-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  104. agronsh „Inkshed: A poet's view on the Vietnam by Gjekë Marinaj is available on Amazon“ (en). Atunis Galaxy Poetry (2021-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  105. Marinaj, Gjeke. Inkshed: A poet's view on the Vietnam War (en). USA: Orpheus Texts, 2020 — 192-bet. ISBN 978-0-939378-09-8. 
  106. „Guest Editor“. Translation Review (fall 2008). Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  107. Preç Zogaj. „Occurrence on Earth: Selected Poems“ (sq). Mundus Artium Press (2021-yil iyul). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  108. „Gjekë Marinaj sjell shqippoetin e shquar vietnamez – Shqiptarja“ (sq). shqiptarja.com. Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  109. „Nhà văn Bão Vũ trò chuyện với nhà thơ Gjekë Marinaj“ (vi). Hoi Nha Van Hai Phong. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  110. Mai Van Phan. „Con đường khác tìm đến thơ Việt hiện đại“ (vi) (2014-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  111. „Le „Carnet de prison“ de Hô Chi Minh traduit en albanais“ (fr). Musée National D'Histoire du Vietnam. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  112. „Le "Carnet de prison" de Hô Chi Minh traduit en albanais“ (vi) (2015-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  113. „Mãy Suy Nghĩ Vẽ Dịch Thuật Hiện Nay“ (vi). Câu lạc bộ Người (2016-yil 23-mart). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  114. „Books translated by Marinaj“ (en). Dr. Gjekë Marinaj. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  115. „Gjekë Marinaj – Qytetar Nderi "Malësi e Madhe"“ (sq). Malësi e Madhe. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  116. „Ceremonia e dhënies së titullit "Qytetar Nderi" për Gjekë Marinaj“ (sq). Zani Veriut. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  117. „Reunion: The Dallas Review Reunion: The Dallas Review“.
  118. „제3회 수원KS 세계 시 낭독회 열려“ (ko). Jonghap News (2021-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  119. 120,0 120,1 „작가 기본 의무는 진실을 말하는 것“ (ko). idomin.com (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  120. „[사랑방 잭 마리나이, KC국제문학상 수상“] (ko). The JoongAng (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  121. Choi Jae-bong. „'케이시 국제문학상'에 잭 마리나이“ (ko). Hani.co.kr (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  122. Park Dong-mi. „KC 국제문학상에 美 작가 잭 마리나이 선정“ (ko). Munhwa (2021-yil 31-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  123. Han Song-hee. „잭 마리나이 제12회 창원KC국제문학상 수상“ (ko). news-paper.co.kr (2021-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  124. Jeong Min-ju. „올해 창원KC문학상에 미국 시인 잭 마리나이 선정“ (ko). knnews.co.kr (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  125. Choi Jae-bong. „'케이시 국제문학상'에 잭 마리나이“ (ko). Nate (2021-yil 23-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  126. Hwang Min-seong. „제26회 김달진문학제 비대면으로 열려“ (ko). KN Daily (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  127. „Poeti Bashkëkohor i Botës“ (uz). Kitob Dunyosi (2020-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  128. Nikoll Lesi. „Gjekë Marinaj- "Poeti Bashkëkohor i Botës"“. Koha Jonë (2020-yil 19-avgust). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  129. „A Salutation to the World Poet“ (en). Underground Literature. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  130. „Ho Viet Chi Vi, Ho La Nha Van“ (vi). Van Nghe. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  131. „"Incontriamo la poesia" : Angela De Leo e Gjeke Marinaj svelano il segreto dei versi“ (2023-yil 30-may). 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  132. „Il candidato Nobel Gjeke Marinaj illustre ospite per "Incontriamo la Poesia"“ (2023-yil 30-may). 2023-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-iyul.
  133. „Prof. dr. Gjekë Marinaj merr titullin ; "Qytetarë Nderi " i Bashkisë M.Madhe“ (sq). Revista Fjala (2021-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.[sayt ishlamaydi]
  134. „Poeti i talentuar Gjekë Marinaj përballë shkrimtarit të regjimit komunist Ismail Kadare“ (sq). Radi and Radi. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  135. „CEZ deschide Festivalul Porțile Poeziei 2022 în calitate de partener tradițional“ (2022-yil 25-iyun).
  136. „CEZ a deschis, din nou, Festivalul "Porțile Poeziei" din Caraș-Severin, în calitate de partener tradițional“. Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
  137. „20 de poeți din întreaga lume bat anul acesta la "Porțile Poeziei" cărășene“ (2022-yil 23-iyun).
  138. „CEZ deschide pentru a X-a ediție consecutiv Festivalul "Porțile Poeziei" din Caraș-Severin, în calitate de partener tradițional“ (ro) (2022-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 24-iyun.
  139. „A X-a ediție consecutivă a Festivalului "Porțile Poeziei" din Caraș-Severin“.
  140. Frank Shkreli. „Gjekë Marinaj, poeti erudit malësor shqiptaro-amerikan po pushton botën me poezinë e tij“. Gazeta Telegraf (2022-yil 15-avgust). Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  141. Michael M. Core. „New textbook expands Gjekë Marinaj's role in diversity of world literature“. WH (2022-yil 15-iyul). 2022-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  142. „Prof. dr. Gjekë Marinaj merr titullin ; "Qytetarë Nderi " i Bashkisë M.Madhe“ (sq-AL). Revista FJALA (2021-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.[sayt ishlamaydi]
  143. „Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti“. nuu.uz. 2022-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  144. „Gjovalin Shkurtaj: Metaforika origjinale dhe pasuria ligjërimore në poezinë e Gjekë Marinajt“ (sq). Gazeta Express (2022-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
  145. „SPECIALE/ Gjekë Marinaj, sfidat e një arratie, një diell i poezisë shqipe në Amerikë – Shqiptarja.com“. shqiptarja.com. Qaraldi: 2023-yil 27-mart.
  146. P, Star Plus „Promovohet Libri "Shtigjeve Letrare Te Gjekë Marinaj"“ (en-US). Star Plus TV – Shkoder (2016-yil 11-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-avgust.
  147. „Books about Marinaj“ (en). Dr. Gjekë Marinaj. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  148. Muhardi, Besim. Gjekë Marinaj: Poeti I Shqar I Diasporës Shqiptare Në Amerikë. pp. 145–152. Archived from the original on 2023-07-25. https://web.archive.org/web/20230725140524/https://eprints.unite.edu.mk/541/1/34d7dfe6-bc42-45b8-b3e8-31b5b0aa1f5e_145-152.pdf. Qaraldi: 2023-06-04. Gjekë Marinaj]]
  149. „Strong emphasis in books“ (en). Dr. Gjekë Marinaj. Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (20 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 23-iyun, 2023-yil(2023-06-23) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.