Yekaterina kirpioʻti (lotincha: Acantholimon ekatherinae) – ikki urugʻpallalilar sinfi, karmakdoshlar oilasi, kirpioʻt turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Hayotiy shakli yarimbuta. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chatqol tizmasi, Katta Chimyon togʻida uchratish mumkin[1].

Yekaterina kirpio‘ti
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Kirpio‘t
Oila: Karmakdoshlar
Binar nomi
Acantholimon ekatherinae

Tavsifi

tahrir

Diametri 15-40 sm boʻlgan yerga yopishib oʻsuvchi oʻsimlik. Hayotiy shakli yarimbuta. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Poyasi koʻp, sershox, yerda oʻrmalab oʻsib yostiqcha hosil qiladi, yuzasi silliq tuksiz, qishda sovuq urib ketadi. Barglari yassi nashtarsimon, yoki uchli nashtarsimon, uzunligi 2 sm, eni 4 mm, yashil poyada ketma ket joylashgan. Gulpoyasining uzunligi 5-20 sm, bargidan biroz uzunroq. Gullari ikki jinsli, siyrak joylashib boshoq toʻpgulni hosil qiladi. Gultojibarglari pushti rangda. Gulkosachabarglari och qirmizi yoki yashil tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyul sentabr oylarida gullab mevasi oktabr oyida pishib yetiladi. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Yil bo‘yi yashil holatda saqlanib turishi mumkin.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda juda kam tarqalgan. Togʻlarning yuqori qismidagi yonbagʻirlarda oʻsadi. Toshkent viloyati Chatqol tizmasi Katta Chimyon togʻida uchratish mumkin. Inson omili va chorva mollarining koʻplab boqilishi natijasida oʻsimlik soni qisqarib ketgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Botanika bogʻida 1963-yildan beri ekib oʻstirilmoqda. Ekilganidan uch yil oʻtib unib chiqadi. Nam sharoitda yaxshiroq oʻsadi[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Acantholimon ekatherinae“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.