Yoʻldosh Ashurov

oʻzbekistonlik kriminal avtoritet

Yoʻldosh Olimovich Ashurov (Юлдаш Алимович Ашуров, 1948-yil, 29-iyul, Toshkent viloyati — 2009-yil 12-iyul, Nukus) — Oʻzbekiston jinoyat olamining nufuzli shaxslaridan biri, Oʻzbekiston SSRda eng mashhur qonundagi oʻgʻrilardan biri boʻlgan. Yuldash Tashkentskiy, Yuldash Bustanlikskiy, Qoʻngʻiz nomlari bilan tanilgan[1][2][3].

Yoʻldosh Olimovich Ashurov
Tavalludi 29-iyul 1948-yil
Vafoti 12-oktyabr 2009-yil(2009-10-12)
(61 yoshda)

Biografiyasi

tahrir

Yoʻldosh Alimovich Ashurov 1948-yil 29-iyulda (ayrim manbalarda 1949-yil keltiriladi) Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shahrida tugʻilgan. 17 yoshida Ashurov sevgan qizi uchun mushtlashgan. Shu xatti-harakati uning tarjimai holida birinchi jinoiy javobgarlik paydo boʻlishiga olib keldi. Talonchilik, narkotik moddalar savdosi, bezorilik kabi bir qancha jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlangan va jazo oʻtagan[1]. 1974-yilda, 25 yoshligida oʻgʻrilar hayotining asosiy qoidalariga rioya qilgani uchun qamoqxonalardan birida unga „qonundagi oʻgʻri“ rutbasi berilgan[4]. 1982-yilning oʻrtalarida Tobolskdagi ST-2 qamoqxonasiga keltirilgan.

1991-yil avgust oyida „Strela“ laqabli Oleg Strelkovning „toj kiyish marosimida“ ishtirok etdi. U bilan birga Ozarbayjon poytaxtidagi oʻsha yigʻilishda 4 nafar qonundagi oʻgʻri ham bor edi. Oʻsha yili Komsomolsk-Amurga tashrif buyurdi — xususan, 20 ga yaqin jinoyat olami yetakchilari ishtirok etgan yigʻilishda qatnashdi.

1997-yilda Toshkent shahrining „Sangorod“ qamoqxonasida boʻlgan „sxodka“da (qonundagi oʻgʻrilar majlisi) Yoʻldosh Ashurov, Datiko Sixelashvili va Aslan Usoyan „Baxti Tashkentskiy“ laqabli Baxtiyor Qudratillayevni „podxod“ qilishgan („qonundagi oʻgʻri“ tojini kiyishga taqdim qilishgan)[5].

1998-yilda Toshkentda yana ikkita „toj kiydirish marosimi“da ishtirok etdi. Bu safar Rossiya Federatsiyasi poytaxtining oʻzida boʻlib oʻtdi. Uning qoʻllovi bilan „Botir Buxarskiy“ laqabli Botir Rahimov „toj kiygan oʻgʻri“ga aylandi. Keyingi uchrashuvda „Jora Tashkentskiy“ laqabli Georgiy Sorokin „qonundagi oʻgʻri“ martabasini oldi.

2001-yilda uning eng yaqin doʻstlaridan biri — „Jem“ laqabli Yevgeniy Vasin yurak xurujidan vafot etgan. Doʻstning oʻlimi Ashurovga shunchalik taʼsir qildiki, u nafaqat mast boʻlib, boshqa oʻgʻri bilan janjallashdi, balki yurak xurujini boshdan kechirishiga oz qolgan holatda kasalxonada deyarli bir hafta yotdi.

2007-yilda Ashurov mahalliy tadbirkor bilan janjallashib qolgan. Tergov maʼlumotlariga koʻra, Yoʻldosh pul bilan aloqador nizoda ishtirok etgan. Ehtiroslar asta-sekin qizib ketdi va tez orada ogʻzaki janjal haqiqiy janjalga aylandi. Janjalga sabab boʻlgan tadbirkor pichoqlangan, keyinroq vafot etgan. Ashurov hibsga olinib, uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Belgilangan jazoni Nukus shahridagi koloniyada oʻtagan[6].

Uning salomatligi qamoqda yomonlashgan. Ashurovning rafiqasi jazoni ijro etish xizmatiga erini tibbiy muassasaga oʻtkazish iltimosi bilan murojaat qilgan, biroq ular Ashurovning ahvoli qoniqarli ekanini aytishgan. 2009-yil 12-oktyabr kuni Nukus shahridagi 9-tergov izolyatorida Ashurovning oʻlimi qayd etildi. Rasmiy sabab sifatida jigar sirrozi keltirilgan. 14-oktyabr kuni Gʻazalkent shahrida oʻzining „yuksak maqomiga munosib sharaf bilan“ Oʻzbekiston poytaxtidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Gʻazalkent qabristoniga dafn etilgan[7].

Oilasi

tahrir

1987-yilda, 38 yoshida oʻsha paytdagi oʻgʻrilar anʼanalariga qarshi bordi va oila qurdi. Turmush oʻrtogʻi Hilola Ashurova bilan besh farzandni katta qilishga muvaffaq boʻlgan. Farzandlarni kattasi qiz, qolgan toʻrttasi oʻgʻil edi. Qizi Umida Yuldashevna Ashurova otasining „yaxshi inson boʻlganini va u haqida yomon gapirmaslik kerakligini“ aytgan[7].

Qarindoshlarining aytishicha, Ashurov 1996-yilda Gʻazalkentda otasining nomi bilan atalgan katta masjid qurdirgan. Bu Gʻazalkentdagi masjidlardan eng kattasi ekani aytiladi[7].

Manbalar

tahrir