Yu Hai
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yu Hai | ||
Tavallud sanasi | 4-iyun 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Luoyang, Henan, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shanghai SIPG | ||
Raqami | 21 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2006 | Shaanxi Chanba | 36 | (0) |
2007—2008 | Vitesse | 10 | (0) |
2009—2014 | Guizhou Renhe | 160 | (19) |
2015 | Shanghai SIPG | 127 | (6) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009 | Xitoy | 71 | (11) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020-yil 31-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 27-noyabr uchun) |
Yu Hai (talaffuzi: Yuy Hay) (xitoycha: 于海 1987-yil 4-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida „Shanghai SIPG“ jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
tahrirYu Hai futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Shaanxi Chanba“ jamoasida boshlagan va u klubdagi debyutini 2004-yilning 16-may kuni „Qingdao Etsong“ga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan[1]. Mavsum davomida asosan zaxira oʻyinida oʻynaganiga qaramay, mavsum oxirida Shaanxi uchinchi oʻrinni egallashida muhim rol oʻynagan. Keyingi 2005-yilgi mavsumda u jamoada oʻsib borayotgan salohiyatga ega futbolchi sifatida oʻzini namoyon qilgan va jamoada koʻproq oʻyinlarda maydonga tusha boshlagan.
2006—2007-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Yu Eredivizionning „Vitesse“ jamoasiga oʻtgan va u yerda 2007-yilning 18-martida „Utrecht“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub uchun debyut qilgan. Uning „Vitesse“dagi faoliyati omadsiz boʻlgan, chunki u jamoada oʻzini koʻrsata olmagan. Yu 2008-yil iyul oyida xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Vitesse jamosidan ozod qilingan.
Yu 2009-yilgi mavsum boshida Shaanxiga qaytgan, u yerda ligada 29 ta oʻyin oʻtkazgan va mavsum oxiriga qadar 3 ta gol urgan. Keyingi bir necha mavsumda u klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan. 2012-yilgi mavsum boshlanishiga kelib, Yu Guizhouga koʻchib oʻtishga qaror qilgan klubga ergashgan va oʻz nomini Guizhou Renhega oʻzgarttigan jamoa tarkibida qolgan[2].
2015-yilning 27-fevralida Yu Xitoy Superligasi vakili „Shanghai SIPG“ga o‘tgan[3]. U klub uchun birinchi golini 2015-yil 7-mart kuni Jiangsu Saintyga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[4]. 2018-yilgi Xitoy Superligasi mavsumiga kelib bosh murabbiy Viktor Pereira Yuni chap qanot himoyachisiga aylantirgan, buning natijasida Shanxay SIPG birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan[5].
Xalqaro faoliyati
tahrirYu 23 yoshgacha boʻlgan Xitoy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida jamoani sardori boʻlishi kutilgan edi, ammo xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun u Olimoiya oʻyinlarida ishtirok eta olmagan. Oxir-oqibat, u Xitoy Superligasiga qaytganidan soʻng Shaanxi Chanba bilan muntazam oʻyinlar oʻtkazgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2009-yilning 4-iyunida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan[6]. Magʻlubiyatga qaramay, Yu oʻzini kuchli futbolchi sifatida koʻrsatishni davom ettirgan va 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan tarkibga kiritilgan. Bu esa 2011-yilgi OFK Osiyo Kubogida ishtirok etgan terma jamoaga chaqirilishiga sabab boʻlgan.
2014-yilning 24-dekabrida Yu Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun terma jamoasiga kiritilgan[7]. Guruhning dastlabki oʻyinida Xitoy Saudiya Arabistoni ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganida u gʻalaba golini kiritgan[8].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Liga Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Shaanxi Chanba | 2004 | Xitoy Super Ligasi | 21 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | - | - | 24 | 0 | ||
2005 | 15 | 0 | 3 | 2 | 2 | 0 | - | - | 20 | 2 | ||||
2006 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 0 | 0 | |||||
Jami | 36 | 0 | 4 | 2 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 44 | 2 | ||
Vitesse | 2006—2007 | Eredivisie | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 2 | 0 | |||
2007—2008 | 8 | 0 | 0 | 0 | - | - | - | 8 | 0 | |||||
Jami | 10 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | ||
Guizhou Renhe | 2009 | Xitoy Super Ligasi | 29 | 3 | - | - | - | - | 29 | 3 | ||||
2010 | 29 | 4 | - | - | - | - | 29 | 4 | ||||||
2011 | 28 | 3 | 3 | 1 | - | - | - | 31 | 4 | |||||
2012 | 21 | 3 | 5 | 1 | - | - | - | 26 | 4 | |||||
2013 | 25 | 3 | 5 | 3 | - | 6 | 0 | - | 36 | 6 | ||||
2014 | 28 | 3 | 1 | 0 | - | 5 | 0 | 0 | 0 | 34 | 3 | |||
Jami | 160 | 19 | 14 | 5 | 0 | 0 | 11 | 0 | 0 | 0 | 185 | 24 | ||
Shanghai SIPG | 2015 | Xitoy Super Ligasi | 19 | 3 | 1 | 0 | - | - | - | 20 | 3 | |||
2016 | 29 | 1 | 2 | 0 | - | 10 | 1 | - | 41 | 2 | ||||
2017 | 20 | 1 | 6 | 0 | - | 8 | 0 | - | 34 | 1 | ||||
2018 | 22 | 1 | 3 | 1 | - | 8 | 1 | - | 33 | 3 | ||||
2019 | 26 | 0 | 3 | 0 | - | 9 | 1 | 1 | 0 | 39 | 1 | |||
2020 | 11 | 0 | 1 | 1 | - | 6 | 0 | - | 18 | 1 | ||||
Jami | 127 | 6 | 16 | 2 | 0 | 0 | 41 | 3 | 1 | 0 | 185 | 10 | ||
Karyerada jami | 333 | 25 | 34 | 9 | 4 | 0 | 52 | 3 | 1 | 0 | 424 | 36 |
Xalqaro statistikasi
tahrirMilliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2009 | 7 | 3 |
2010 | 12 | 3 |
2011 | 13 | 3 |
2012 | 4 | 0 |
2013 | 6 | 0 |
2014 | 7 | 0 |
2015 | 9 | 1 |
2016 | 7 | 1 |
2017 | 0 | 0 |
2018 | 6 | 0 |
Jami | 71 | 11 |
Xalqaro maydondagi gollari
tahrir# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 25.07.2009 | Olimpiya markazi stadioni, Tinjin, Xitoy | Qirgʻiziston | 3 — 0 | 3-0 | Oʻrtoqlik |
2. | 30.09.2009 | Xohxot shahar stadioni, Hohhot, Xitoy | Botsvana | 4 — 0 | 4-1 | Oʻrtoqlik |
3. | 14.11.2009 | Bayrut shahar stadioni, Bayrut, Livan | Livan | 1 — 0 | 2-0 | 2011-yilgi Osiyo kubogi saralashi |
4. | 10.02.2010 | Tokyo stadioni, Tokio, Yaponiya | Janubiy Koreya | 1 — 0 | 3-0 | 2010-yil EAFF chempionati |
5. | 11.08.2010 | Guangxi sport markazi, Nanning, Xitoy | Bahrayn | 1 — 0 | 1-1 | Oʻrtoqlik |
6. | 18.12.2010 | Chjuxay sport markazi, Chjuxay, Xitoy | Estoniya | 2 — 0 | 3-0 | Oʻrtoqlik |
7. | 16.01.2011 | Tani bin Jassim stadioni, Doha, Qatar | Oʻzbekiston | 1 — 0 | 2-2 | 2011-yilgi Osiyo kubogi |
8. | 2.09.2011 | Tuodong stadioni, Kunming, Xitoy | Singapur | 2 — 1 | 2-1 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
9. | 15.11.2011 | Jalan Besar stadioni, Kallang, Singapur | Singapur | 1 — 0 | 4-0 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
10. | 10.01.2015 | Lang Park, Brisben, Avstraliya | Saudiya Arabistoni | 1 — 0 | 1-0 | 2015-yilgi Osiyo kubogi |
11. | 1.09.2016 | Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya | Janubiy Koreya | 1 — 3 | 2-3 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrirGuizhou Renhe
- Xitoy FA kubogi : 2013[9]
- Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil
Shanghai SIPG
Xalqaro
tahrirXitoy terma jamaosi
- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „2-2 - 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (2004-yil 16-may). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Only in the CSL: Shaanxi Chanba Moving to Guizhou in 2012“. wildeastfootball.net (2011-yil 6-dekabr). 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.
- ↑ 上港宣布三新援:于海杨博宇埃弗拉加盟引援收官 at sports.sohu.com 2015-02-27 Retrieved 2015-02-27
- ↑ „中超-孔卡献助攻于海轰首球 上港2-1舜天“. sports.sohu.com (2015-yil 7-mart). Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
- ↑ „China 2018“. rsssf.com (2019-yil 7-mart). Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
- ↑ „China PR 1-4 Saudi Arabia“. teamchina.freehostia.com (2009-yil 4-iyun). Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Asian Cup 2015: Zheng Zhi bolsters China's squad“. Sydney Morning Herald (2014-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
- ↑ „Asian Cup: Saudi Arabia beaten 1-0 by China after missing penalty“. Australian Broadcasting Corporation (2015-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 17-yanvar.
- ↑ „足协杯-人和总分3-2恒大队史首夺冠 恒大三冠梦碎“. Sports.sina.com.cn (2013-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
- ↑ „上海上港夺中超首冠 纪录夜翻开历史新篇章“ (zh). Thecfa.cn (2018-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.
- ↑ „超级杯-王燊超传射侯永永首秀 上港2-0胜国安夺冠“ (zh). Sports.sina.com.cn (2019-yil 23-fevral). Qaraldi: 2020-yil 30-iyul.