Yulduz Ergasheva
Yulduz Alimovna Ergasheva (1963-yil 28-sentyabr, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, tarix fanlari doktori, professor.
Yulduz Ergasheva | |
---|---|
Tavalludi |
28-sentyabr 1963-yil Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirYulduz Ergasheva 1963-yil 28-sentyabr Qarshi shahrida tugʻilgan. 1985-yilda Toshkent davlat universitetini tarix va jamiyatshunoslik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1985-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali (hozirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti) „Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi“ kafedrasi oʻqituvchisi lavozimida ish boshlagan. 1992—1993-yillarda Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi assistenti, 1993—1995-yillarda Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti doktoranti, 1997—2000-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Oʻzbekiston tarixi va davlat qurilishi kafedrasi dotsenti, 2000-yildan Oʻzbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1990-yilda „Деятельность компартии Узбекистана в области народного образования в годы Великой Отечественной войны (1941-1945 гг. )“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini[2], 1998-yilda „Oʻzbekiston madaniyati: holati, rivojlanish yoʻnalishlari va muammolari (50-60 yillar)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Respublika „Maʼrifat“ targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, 2012-yildan „Olima“ uyushmasi Qashqadaryo boʻlimi raisi. O‘zbekiston tarixi va madaniyati sohasida 320 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 3 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 16 ta monografiya, 7 ta risola, 17 ta o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 3 ta loyiha muallifi. Monografiyalari Angliya va Hindistonda, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari Xitoy, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Bolgariya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Qozogiston, Qirgiziston ilmiy jurnallarida chop etilgan. Shu jumladan, Forobiy nomli Qozog‘iston Milliy universiteti bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoning buyuk diniy allomalari (Velikiye religiozniye deyateli Sentralnoy Azii) mavzusida o‘quv qo‘llanmani chop ettirgan[1].
Mukofotlari
tahrir1999-yilda Oliy taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni, 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi, 2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 25 yilligi koʻkrak nishonlari, 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi, 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30 yilligi koʻkrak nishonlari[1] hamda 2020-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[3][4].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.
- ↑ „Эргашева, Юлдуз Алимовна. Деятельность компартии Узбекистана в области народного образования в годы Великой Отечественной войны (1941-1945 гг. )“.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма тўққиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, адабиёт, маданият, санъат ва оммавий ахборот воситалари соҳалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“ (2020-yil 27-avgust). 2023-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг 29 йиллиги муносабати билан Давлат мукофотлари билан тақдирланган 28 нафар қашқадарёликлар“.